12 sentyabr kuni O‘zbekistoda 578 ta holatda koronavirus qayd etildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

Shu bilan birga, Toshkent shahrida 4 nafar, Toshkent viloyatida 2 nafar, jami 6 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.️ Bugungi ko‘rsatkich bilan SSV rasman e’lon qilgan o‘limlar soni 386 taга yetdi.

Toshkent shahri, Toshkent, Samarqand, Namangan, Buxoro, Andijon, Qashqadaryo, Surxondaryo, Farg‘ona hamda Xorazm viloyatlarida jami 488 nafar bemor sog‘aydi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 46 850 nafar bemordan 43 511 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 93 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 2 953 nafar bemordan 475 nafari og‘ir, 231 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.


Qayd etish joizki, bugungi kunda O‘zbekiston aniqlangan koronavirus holatlari soni bo‘yicha MDH davlatlari orasida to‘rtinchi (Rossiya, Qozog‘iston va Belarusdan keyin), dunyoda esa 57-o‘rinni egallab turibdi.