16 sentyabr kuni O‘zbekistonda 597 holatda koronavirus infeksiyasi qayd etildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

Shu bilan birga, Toshkent shahrida 4 nafar, Toshkent viloyatida 2 nafar, jami 6 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.️

Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent, Namangan, Buxoro, Andijon, Samarqand, Sirdaryo, Surxondaryo hamda Qashqadaryo viloyatlarida 416 nafar bemor tuzaldi.

️Hozirda kasallik qayd etilgan jami 49 162 nafar bemordan 45 474 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 92 foizni tashkil etmoqda.

️Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 3 279 nafar bemordan 469 nafari og‘ir, 259 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.