10 sentyabr kuni O‘zbekistonda 749 ta yangi koronavirus holati qayd etildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

Toshkent viloyatida 4 nafar, Toshkent shahrida 3 nafar, jami 7 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Bugun Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent, Samarqand, Namangan, Buxoro, Surxondaryo, Qashqadaryo hamda Andijon viloyatlarida jami 343 nafar bemor sog‘aydi.

️Hozirda kasallik qayd etilgan jami 45 679 nafar bemordan 42 555 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 93 foizni tashkil etmoqda.

️Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 2 751 nafar bemordan 439 nafari og‘ir, 219 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.