9 sentyabr kuni soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 44 557 nafarni tashkil etmoqda, deya xabar berdi Sog‘liqni saqlash vazirligi.

Unga ko‘ra, yangi kasallanish holatlarining 91 nafari Toshkent shahrida, 12 nafari Samarqand viloyatida, 11 nafari Andijon viloyatida, 9 nafari Namangan viloyatida, 6 nafari Farg‘ona viloyatida, yana 6 nafari Xorazm viloyatida hamda 4 nafari Toshkent viloyatida tana harorati ko‘tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Hozirda mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan 2 297 kishi davolanmoqda. Ulardan 402 nafari og‘ir, 226 nafari o‘ta og‘ir ahvolda, deya baholanmoqda.

Ayni paytda kasallik qayd etilgan jami 44 557 nafar bemordan 41 898 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 94 foizni tashkil etmoqda.

Shu bilan birga, Mirzo Ulug‘bek tumanida yashagan 83 yoshli M.M. (ayol) hamda Yangiyo‘l tumanida yashagan 56 yoshli E.D. (erkak), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.