10 sentyabr kuni soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 45160 nafarni tashkil etmoqda, deya xabar berdi Sog‘liqni saqlash vazirligi.

Unga ko‘ra, yangi kasallanish holatlarining 150 nafari Toshkent shahrida, 36 nafari Toshkent viloyatida, 16 nafari Samarqand viloyatida, 9 nafari Namangan viloyatida, 8 nafari Xorazm viloyatida, 5 nafari Buxoro viloyatida, yana 5 nafari Surxondaryo viloyatida, hamda 1 nafari Qoraqalpog‘istonda tana harorati ko‘tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Hozirda mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan 2 580 kishi davolanmoqda. Ulardan 427 nafari og‘ir, 224 nafari o‘ta og‘ir ahvolda, deya baholanmoqda.

Ayni paytda kasallik qayd etilgan jami 45 160 nafar bemordan 42 212 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 94 foizni tashkil etmoqda.

Shu bilan birga, Zangiota tumanida yashagan 79 yoshli S.J. (ayol) hamda Olmazor tumanida yashagan 70 yoshli B.U. (erkak), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.