dayjest

Hafta davomida harorat ko‘tarilib boradi

O‘zbekistonda hafta davomida harorat jadal ravishda ko‘tarilib boradi, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Kechalari −2…+5, kunduz kunlari +4…+18 daraja atrofida bo‘lishi kutilmoqda. 8-martda ba’zi joylarda shamol kuchayib, yomg‘ir yog‘ishi mumkin.


dayjest

Qashqadaryoda kuchsiz zilzila qayd etildi

Qashqadaryo viloyatining Mirishkor tumanida zilzila sodir bo‘ldi. Uning kuchi 2−3 ballni tashkil etdi.


dayjest

“Mingdan ziyod o‘zbeklar qamoqxonada o‘tiribdi”. AQShga noqonuniy yo‘l bilan borib, deportatsiya qilinganlar boshdan kechirganlari haqida

AQShga noqonuniy yo‘llar bilan kirgan 74 nafar O‘zbekiston fuqarosi 3-mart kuni vatanga qaytarilgandi. Ulardan ba’zilari yo‘l va qamoqxonalardagi qiyinchiliklar haqida so‘zlab berishdi.


dayjest

Toshkentda o‘tgan “Katta dubulg‘a” turnirida o‘zbekistonliklar 6 ta medal oldi. Sovrindorlar haqida nimalar ma’lum?

Toshkentda o‘tgan dzyudo bo‘yicha “Katta dubulg‘a” turnirida o‘zbekistonliklar avvalgiga qaraganda kattaroq natijaga erishdi. Ular 6 ta medal olib, Fransiya va Yaponiyadan keyin umumhisobda 3-o‘rinda bo‘ldi. Doston Ro‘ziyev va Muzaffarbek To‘raboyev oltin medal oldi, Davlat Bobonov bronza bilan turnirni yakunladi.


dayjest

Daniyar Kamilovning kompaniyasi Chinoz neftni qayta ishlash zavodi egasiga aylandi

Sobiq tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilovning o‘g‘li Daniyar Kamilovning kompaniyasi Chinoz neftni qayta ishlash zavodi egasiga aylandi. Avvalroq UNG Petro yoqilg‘i quyish shoxobchalari tarmog‘i “O‘zbekneftgaz"dan ushbu kompaniya tarkibiga o‘tkazilgan edi.


dayjest

MSK rahbari AQShda prezidentlik saylovlari bo‘yicha praymeriz kuzatuvida ishtirok etmoqda (+foto)

Markaziy saylov komissiyasi raisi Zayniddin Nizomxodjayev va komissiya vakillari AQShda prezidentlik praymerizlarida ovoz berishga tayyorgarlik ko‘rish jarayoni bilan tanishish maqsadida Kaliforniya shtatida bo‘ldi. Tashrif davomida ular AQShda qo‘llaniladigan zamonaviy saylov texnologiyalarini ham o‘rganadilar.


dayjest

Yangiyo‘l tumanida er-xotin is gazidan vafot etdi

3-mart kuni ertalab Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanida yashovchi erkak va uning turmush o‘rtog‘i o‘z xonadoni yotoqxonasida is gazidan zaharlanib, hodisa joyida vafot etdi. Hozirda holat bo‘yicha tergovga kadar tekshiruv ketmoqda.


dayjest

Olmaota yaqinida kuchli zilzila sodir bo‘ldi, aholi vahima sabab ko‘chaga chiqdi

Olmaota yaqinida 6,1 magnitudali zilzila yuz berdi, shaharda zilzila kuchi 5 ballni tashkil etdi. Metro faoliyati to‘xtatildi, politsiya kuchaytirilgan ish tartibiga o‘tkazildi. Ko‘plab shaharliklar vahima ichida ko‘chaga chiqdi.


dayjest

AQSh elchixonasi Amerikaga noqonuniy ravishda borganlarni deportatsiya qilish davom etishini bildirdi

AQShning Toshkentdagi elchixonasi O‘zbekiston fuqarolarini Qo‘shma Shtatlarga xavfsiz va qonuniy yo‘llar orqali safar qilishga chaqirdi. Elchixona Qo‘shma Shtatlarda qolish uchun qonuniy asosga ega bo‘lmaganlarni deportatsiya qilish ishlari davom ettirilishini bildirgan.


dayjest

Xorazmda mahsulotlarga bojxona to‘lovlari to‘lanmaydigan “O‘zbekiston-Turkmaniston” erkin savdo zonasi yaratiladi

Prezident qarori bilan Shovot tumanida 3,1 gektar yerda “O‘zbekiston-Turkmaniston” savdo zonasi tashkil qilinadi. Unda faqat 2 mamlakat mahsulotlari sotiladi. Mahsulotlarni kiritishda bojxona to‘lovi to‘lanmaydi. Turkmaniston orqali keluvchi chet elliklar vizasiz, pasport bilan 15 kun hududda bo‘lishi mumkin.


dayjest

Qanot Sharq aviakompaniyasi Toshkentdan Pragaga muntazam reyslarni yo‘lga qo‘yadi

Apreldan Qanot Sharq aviakompaniyasi Toshkent-Praga yo‘nalishida muntazam aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yadi. Reyslar haftaning payshanba kunlari amalga oshiriladi. Bu yo‘nalishdagi parvoz oxirgi marta 2014-yilda amalga oshirilgandi.


dayjest

Sug‘urta polislarini qog‘oz shaklida rasmiylashtirish amaliyoti bekor qilinadi

O‘zbekistonda 1-sentabrdan barcha sug‘urta turlari bo‘yicha sug‘urta polislarini faqat qog‘oz shaklda rasmiylashtirish amaliyoti bekor qilinadi. Sug‘urta polislarini yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali rasmiylashtirmaslik ularni haqiqiy emas deb topishga asos bo‘ladi.


dayjest

Yakshanba kuni yanada kamroq AGTKSHlar faoliyat yuritdi, elektr energiyasi cheklovlari oshdi

O‘zbekistonda 3-mart kuni ish faoliyatidagi AGTKSHlar soni kamaydi. Elektr ta’minoti cheklovlari 960 MVtga yetdi. Energetika vazirligining ma’lum qilishicha, benzin va dizel yoqilg‘isi talabga mos hajmda yetkazib berilmoqda.


dayjest

Nodirbek Abdusattorov dunyoning eng kuchli 5 nafar shaxmatchisi qatoriga kirdi

Grossmeyster Nodirbek Abdusattorov Chexiyada o‘tkazilayotgan superturnirda uchta g‘alaba qayd etganidan so‘ng onlayn reytingda dunyoning eng kuchli besh shaxmatchisidan biriga aylandi.


dayjest

O‘zbekiston Freedom House erkinlik reytingida yana 12 ball to‘pladi

Freedom House`ning yangi erkinlik reytingida O‘zbekiston 100 balldan 12 ball to‘pladi — mamlakat hali ham “erkin emas” maqomida. Markaziy Osiyoning boshqa davlatlari ham shu toifada qolmoqda. Finlyandiya eng yuqori o‘rinni oldi.