3-yanvar kuni kechki payt Farg‘ona-Chimyon avtomobil yo‘lida Nexia-3 va Tracker mashinalari to‘qnashdi, deb xabar bermoqda Farg‘ona viloyati IIB matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, Farg‘ona tumani Yangiobod MFY hududida Nexia-3 ikkinchi darajali yo‘ldan asosiy yo‘lga shoshilib chiqqan, so‘ng harakatlanib ketayotgan Tracker avtomashinasiga urilib, YTH sodir qilgan.

йтҳ

Oqibatda Nexia`da bo‘lgan 2 nafar yo‘lovchi jarohat olib, voqea joyida vafot etgan. Yana 3 yo‘lovchi shifoxonaga yotqizilgan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi (Odamlar o‘limiga sabab bo‘lgan holda transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Qonunchilikda bu jinoyat uchun muayyan huquqdan mahrum etilgan holda 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi ko‘rsatib o‘tilgan.