Zominda prokuror yordamchisi boshqaruvidagi Lacetti avtomobilining daraxtga borib urilishi natijasida haydovchi va yana bir prokuratura xodimi halok bo‘ldi. Yana biri tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizildi.
Toshkentning Sergeli tumanida beshta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Bir necha jarohatlangani ma’lum qilindi, biroq ularning soniga aniqlik kiritilmadi.
Olmazor tumanida Epica, 2 ta Cobalt va Matiz to‘qnashib ketdi. YTH oqibatida 2 haydovchi va yo‘lovchilar jarohatlandi.
Xatirchi tumanida Matiz va Damas o‘rtasida yo‘l transport hodisasi sodir bo‘ldi. Voqea sabab 49 yoshli Matiz haydovchisi vafot yetdi.
Samarqand shahrida Nexia-3 haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, qurilishi tugallanmagan bino yerto‘lasiga tushib ketdi. Oqibatda u yengil jarohat oldi. YTH bo‘yicha surishtiruv olib borilmoqda.
Qozog‘istonning Aktobe viloyatida «KamAZ» va Cobalt ishtirokida sodir bo‘lgan YTHda 4 nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi.
16−23 fevral kunlari Farg‘ona, Qashqadaryo, Xorazm va Samarqand viloyatlarida o‘lim bilan bog‘liq 4 ta YTH sodir bo‘ldi. Ularda 6 nafar inson vafot etdi.
Qarshi tumanida Cobalt piyodalar o‘tish joyidan o‘tayotgan 33 yoshli ayolni urib ketdi. Piyoda vafot etdi. Hududda piyodalar o‘tishi uchun yer osti yo‘li qurilgan, lekin u yer qarovsiz holatda. Aholi vakillari ushbu tunnelni yaroqli holatga keltirib berilishini so‘ramoqda.
Beruniy tumanida Opel Astra va Matiz ishtirokida yo‘l transport hodisasi sodir bo‘ldi. Voqea sabab Matiz avtomobilidagi yo‘lovchi vafot etdi. Ikkita haydovchi jarohatlari sabab shifoxonaga yotqizildi.
Sergeli va Yunusobod tumanlarida ro‘y bergan 2 YTHda jami 5 kishi jarohat oldi. Mashinalardan biri yonib ketdi. Holatlar yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Zangiota tumanida «Volga» avtomobili haydovchisi tezlikni oshirib, boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida Bo‘zsuv kanaliga tushib ketdi. 23 yoshli haydovchi mashinadan chiqolmay, suvda cho‘kib vafot etdi.
Yakkabog‘ tumanida Gentra avtomobili haydovchisi piyodani urib qochib ketdi. Oqibatda jabrlanuvchi voqea joyida vafot etdi. Tezkor surishtiruv davomida YTHni 27 yoshli yigit sodir etgani aniqlandi.
Toshkentning Amir Temur ko‘chasida yana bir yirik YTH sodir bo‘ldi — birdaniga to‘rtta avtomobil to‘qnashdi, ulardan biri yonib ketdi. Ikki haydovchi jarohatlangan.
Amudaryo tumanida Damas va Lacetti o‘rtasida bo‘lgan yo‘l transport hodisasi oqibatida Lacetti boshqaruvidagi 28 yoshli yigit vafot yetdi. Damas haydovchisi va yo‘lovchisi esa og‘ir tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizildi.
2−6 fevral oralig‘ida Samarqand, Xorazm va Farg‘onada sodir bo‘lgan 3 ta yo‘l-transport hodisalari oqibatida 4 kishi vafot etdi.
O‘zbekistonda 2022 yilda 2021 yilga nisbatan YTHlar soni 1 foizga kamaydi. Ularda halok bo‘lganlar soni 3 foizga kamaygan bo‘lsa, jarohatlanganlar soni 4 foizga oshdi. Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati 2023 yilga borib YTH va o‘limlar sonini 15 foizga kamaytirishni maqsad qilgan.
27−30 yanvar kunlari oralig‘ida Toshkent shahri va Jizzax viloyatida odam o‘limi bilan bog‘liq 4 ta yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan. Oqibatda 4 nafar fuqaro vafot etgan, 2 nafari jarohatlangan.
Qo‘ng‘irot tumani «Jasliq» posyolka fuqarolar yig‘inida Nexia 3 va yuk mashinasi o‘rtasida avtohalokat yuzaga kelib, 5 nafar odam vafot etdi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Andijon tumanida yuk mashinasi haydovchisi yo‘lning belgilanmagan qismidan o‘tayotgan 21 yoshli ayolni bosib ketdi. Ko‘rsatilgan yordamga qaramasdan u shifoxonada vafot etdi.
Samarqand shahrida avtobus yo‘lning belgilanmagan joyidan kesib o‘tayotgan 64 yoshli ayolni urib yubordi. YTH oqibatida piyoda voqea joyida halok bo‘ldi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting