Surxondaryodagi magistral gaz quvurida avariya yuz berdi

Magistral gaz quvurida avariya yuzaga kelgani sababli Surxondaryoning 6 ta tumani va Termiz shahrida gaz ta’minoti to‘xtatildi. “Hududgaz Surxondaryo” muammoni bartaraf etish choralari ko‘rilayotganini bildirdi.

“Bizga kafolatli va barqaror energiya resurslari suv bilan havodek zarur” — prezident

Kelgusi 6 yilda O‘zbekistonda elektrga bo‘lgan talab 83 mlrd dan 120 mlrd kilovatt-soatgacha o‘sishi kutilmoqda. “Buni, birinchi galda, qayta tiklanadigan energiya hisobidan qoplaymiz”, — dedi prezident. U, shuningdek, Osiyo va Yevropa bozorlariga “yashil” energiya yetkazib berish rejalarini ham ma’lum qildi.

Markaziy Osiyo iqtisodiyotlarining o‘sishi Rossiyadagi tiklanishga bog‘liq — Jahon banki

Jahon banki o‘zining yangi hisobotida Markaziy Osiyo iqtisodiyotlarining o‘sishi Rossiya iqtisodiyoti tiklanishiga bog‘liq ekani, uzoq muddatli istiqbolda esa eng muhim omillardan biri iqlim o‘zgarishiga moslashish bo‘lishini qayd etdi.

Bekobod tumaniga yangi hokim tayinlandi

Shuhrat Do‘sbekov Toshkent viloyatining Bekobod tumaniga hokim etib tayinlandi. U bu lavozimda 4 oy ishlagan va mablag‘larni o‘zlashtirganlikda gumonlanib ushlangan Shuhrat Mirzayevning o‘rnini egalladi.

O‘zbekistonda yil boshidan buyon 355 mingdan ortiq avtomobil ishlab chiqarildi

11 oy yakunlariga ko‘ra, O‘zbekistonda 355,2 ming dona yoki 2022-yilning shu davriga nisbatan 25,9 foizga ko‘p avtomobil ishlab chiqarildi. Eng ko‘p Cobalt avtomobili ishlab chiqarilgan (104,6 mingta). Shuningdek, Chery ishlab chiqarish keskin o‘sdi va avtobuslar ishlab chiqarish importning ko‘payishi fonida kamaydi.

O‘zbekistonda “Ko‘cha san’ati va musiqasi” loyihasi amalga oshiriladi

O‘zbekistonda 1-apreldan tegishli manzillarda “Ko‘cha san’ati va musiqasi” loyihasi amalga oshiriladi. Unda har chorak yakunida har bir hududdan 10 nafar faol ijodkor BHMning kamida 20 baravari miqdoridagi pul mablag‘lari bilan rag‘batlantirib boriladi.

OCHL nimchorak finalida “Nasaf” “Al Ayn” bilan, “Navbahor” esa “Al Ittihod” bilan o‘ynaydi

Malayziya poytaxtida Osiyo Chempionlar ligasining nimchorak final bosqichi uchun qur’a tashlash marosimi bo‘ldi. “Nasaf” mazkur bosqichda BAAning “Al Ayn” jamoasi bilan o‘ynasa, “Navbahor” Karim Benzema yetakchiligidagi “Al Ittihod"ga qarshi maydonga chiqadi.

Toshkentda 31-dekabr kuni metrodan foydalanish bepul bo‘ladi

31-dekabr kuni Toshkent metropolitenidan foydalanish bepul bo‘ladi. Barcha bekatlar soat 05:00 dan 1-yanvar soat 01:00 gacha xizmat ko‘rsatadi.

“Mahalla yettiligi” uchun KPI belgilandi

Prezident farmoni bilan “mahalla yettiligi” (sobiq “beshlik”) har bir a’zosining vazifalari belgilab berildi. Ularning faoliyati asosiy samaradorlik ko‘rsatkichlari (KPI) bo‘yicha baholanadi. Hukumatda “yettilik"ni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi tashkil etiladi.

UzAuto Motors xaridorlar “sotuvga” joylayotgan shartnomalarni monitoring qilayotganini bildirdi

UzAuto Motors kompaniyasi xaridorlar tomonidan “sotuvga” joylanayotgan shartnomalar monitoringini olib borayotgani va ularning maxsus ma’lumotlar bazasini shakllantirilishini ma’lum qildi. Kompaniya xaridorlardan uchinchi shaxslardan to‘lov qilinmagan avtomobil shartnomalarini “sotib olmasliklikni” so‘radi.

O‘zbekistonda mahallalar uyushmasi tashkil etilmoqda

Prezident Respublika mahallani qo‘llab-quvvatlash kengashi va Mahallalar uyushmasini tashkil etishni ma’qulladi. Mahalla “aholi muammolarini hal etishning tayanch bo‘g‘ini” sifatida qayd etilgan. Yangi yildan boshlab barcha tuman va shaharlarda “Mahalla budjeti” tizimi joriy etiladi.

Yangi Toshkent direksiyasi rahbari ta’sischisi uning qarindoshi bo‘lishi mumkin bo‘lgan bosh pudratchi bilan 350 mlrd so‘mlik shartnoma tuzdi

Yangi Toshkent direksiyasi rahbari Davronjon Adilov Gold Step Invest kompaniyasi bilan poytaxt va Yangi Toshkent o‘rtasida transport kesishmasini tashkil etish bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma tuzdi. Kompaniyaning hammuassisi uning qarindoshi bo‘lishi mumkin. Loyiha qiymati 350 mlrd so‘mga baholanmoqda.

UzAuto Motors 25−27-dekabr kunlari tuzilgan shartnomalar bo‘yicha to‘lov muddatini 10-yanvargacha uzaytirdi

UzAuto Motors 2023-yilning 25−27-dekabr kunlari tuzilgan shartnomalar bo‘yicha to‘lov muddati bayram kunlari munosabati bilan 2024-yilning 10-yanvar kuniga qadar uzaytirilganini ma’lum qildi.

2024-yildan jismoniy shaxslar uchun ijara haqining yangi minimal stavkalari belgilandi

O‘zbekistonda 2024-yil 1-yanvardan bino yoki avtomashinani ijaraga beradigan jismoniy shaxslar uchun eng kam ijara haqi stavkasi oshiriladi. Iqtisodiyot va moliya vazirligi stavkalar Toshkent shahrida deyarli 50 foizga oshayotganiga izoh berdi.

Shaxmatchi Magnus Karlsen rapid bo‘yicha jahon chempioni unvonini saqlab qoldi

Norvegiyalik grossmeyster Magnus Karlsen rapid bo‘yicha besh karra jahon chempioni bo‘ldi. Samarqanddagi turnirda Nodirbek Abdusattorov so‘nggi partiyada durang o‘ynab, kuchli uchlikka kirish imkoniyatidan mahrum bo‘ldi. O‘zbekistonlik shaxmatchi 11-o‘rinni egalladi.

O‘zbekistonliklar 2024-yilda korrupsiyaga qarshi qattiq kurash, barqaror energiya ta’minoti va ta’lim yaxshilanishini kutmoqda — so‘rovnoma

Faol o‘zbekistonliklardan 2023-yilda O‘zbekistonda sodir bo‘lgan o‘zgarishlar, yangi yil uchun kutilmalari haqida so‘raldi. Asosiy o‘zgarishlar: yangilangan Konstitutsiya, ayollar va bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risidagi qonun, Ijtimoiy himoya milliy agentligi. Asosiy kutilma — korrupsiyaga qarshi kurash.