Yunusobod tumanida 6 ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Hech kimga tan jarohati yetmagani ma’lum qilindi.
Toshkentlik fuqaro kvartirasi balkoniga Ukraina bayrog‘ini ilib qo‘ygan edi. U yo‘qligida huquq-tartibot idoralari xodimlari kran bilan 8-qavatga ko‘tarilib, bayroqni olib tashlashdi. “Gazeta.uz” xonadon egasi bilan suhbatlashdi. U uy-joy daxlsizligi buzilgani yuzasidan IIBga murojaat qilmoqchi.
Toshkentdagi chiqindi moy mahsulotini qayta ishlash zavodida tunda kuchli yong‘in sodir bo‘ldi. Voqea joyiga 8 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji yuborilgan. Qurbonlar yo‘q.
Quvurlarda olib borilayotgan ta’mirlash ishlari sababli poytaxtning 8 ta tumanidagi ayrim joylarda 23-may soat 20:00 gacha issiq suv ta’minoti to‘xtatildi. Ro‘yxat.
Toshkentda navbatdagi Mercedes-Benz rusumli avtobusda yong‘in sodir bo‘ldi. Transport vositasi deyarli butunlay yonib ketdi. Hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘q.
1-iyundan boshlab poytaxtda 50, 103, 105, 110-avtobus yo‘nalishlarining grafigi o‘zgaradi. Shuningdek, 19-maydan 119-sonli avtobus yo‘nalishida endi o‘ta katta sig‘imli, “King Long” rusumli avtobuslar harakatlana boshlaydi.
Olmazor tumanida odam o‘g‘irlash, bosqinchilik va boshqa jinoyatlarni sodir etgan 4 nafar sudlanuvchi 13,5 yildan 15 yilgacha bo‘lgan muddatlarga qamaldi. Ular YPX xodimi kiyimida fuqaroni o‘g‘irlab, pullarini olib qo‘ygan, shuningdek, o‘ldirish bilan tahdid qilgan.
Toshkent hokimi v.b., prokurori, IIBB boshlig‘i va soliq boshqarmasi rahbari (shaharning “to‘rt sektor” rahbarlari) ota-onalarni bolalarga ko‘proq e’tibor qaratishga chaqirib, o‘z yordamlarini taklif qilishdi: “Biz doimo siz bilan yelkadoshmiz”
Boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi JCHda o‘zbekistonliklar hisobida yana 9 ta g‘alaba va bitta mag‘lubiyat bor. 11 nafar bokschi yarim final yo‘llanmasi uchun kurashmoqda.
Avgust oyiga qadar Toshkent shahridagi barcha — 160 ta avtobus yo‘nalishida naqd pul tushumlari bo‘yicha kunlik reja bekor qilinishi rejalashtirilmoqda. Hozirda poytaxt transport boshqarmasi ularning narxini hisoblab chiqmoqda, yozda tenderlar o‘tkaziladi.
Ekobloger “O‘rikguli” poytaxtdagi daraxtlar “pala-partish” sug‘orilib, suv “isrof qilinayotganini” tanqid qildi. “Gazeta.uz” bunga mas’ul tashkilot bilan bog‘landi. Boshqarma boshlig‘i buni tizimda xodim yetishmasligi, qolaversa ko‘plab yangi obyektlar boshqarma balansiga hali beri kiritilmagani bilan izohladi.
Olmazor tumanida savdo qilish uchun joy talashgani aytilgan ayol ustiga benzin quyib, o‘zini yoqib yubordi. U 35 foiz termik kuyish tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan. Shahar IIBB ayol bundan avval ham o‘zini yoqishga uringani, hozirda prokuratura ishni tekshirayotganini bildirdi.
Toshkent shahrida avtobusni ehtiyotsizlik bilan boshqargan haydovchi, shuningdek, bir qator avtobus saroylari rahbar xodimlari ishdan olindi, ayrimlariga hayfsan berildi. Bunga ularning transport vositalari ish tartibini to‘g‘ri tashkil etmagani kabi sabablar asos bo‘ldi.
Yashnobod tumanida 21 yoshli Gentra haydovchisi piyodalar o‘tish joyidan o‘tayotgan ayolni urib yubordi. YTH oqibatida piyoda shifoxonaga yotqizildi. Tarmoqlarda tarqalgan videoda boshqa avtomobillarning yo‘lovchini o‘tkazib yuborish uchun to‘xtab turganini ko‘rish mumkin.
“Gazeta.uz” muxbirlari Toshkentdagi referendum uchastkalarida bir qator qoida buzilishi holatlarini qayd etdi. Eng ko‘p kuzatilgan holat — oila a’zolari uchun ovoz berishdir. Shuningdek, jurnalistlar kuzatuvchilarning sust ekanligiga ham e’tibor qaratgan.
Toshkentdagi bir qator uchastkalarda ovoz berish jarayonining ilk soatidayoq “10−15 foiz saylovchi ovoz berib bo‘ldi”. Ayrim referendum uchastkalari gavjum. Ovoz berishga farzandlari bilan kelayotganlar kam emas. “Gazeta.uz” fotoreportaji.
Bahor-yoz mavsumiga tayyorgarlik uchun ta’mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan Toshkentning turli hududlarida navbat bilan sovuq suv o‘chiriladi.
Yunusobodda salkam 30 yil “Shodlik” deb nomlangan mahalla nomi “tarixiy ahamiyat kasb etishi uchun” 2016-yili “Yo‘layriq” deb o‘zgartirilgan. Oradan yetti yil o‘tib, mahalla nomini endi “Obihayot” deb o‘zgartirishmoqchi. Ta’kidlanishicha, mahallaning hozirgi nomi yosh oilalarning totuvligiga xalal bermoqda.
28-aprel — 1-may kunlari Toshkentdan Samarqand va Qarshi shaharlariga qo‘shimcha “Afrosiyob” yo‘lovchi poyezdlari qatnovi yo‘lga qo‘yiladi.
Shayxontohur tumanidagi maktabning 5 nafar o‘quvchi qizi uy yerto‘lasida bir qizni kaltakladi. Holatga izoh bergan Toshkent shahri maktab ta’limi boshqarmasi ichki ishlar xodimlari tergov-surishtiruv ishlarini olib borayotganini bildirdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting