2024-yil bahoridan Qirg‘iziston kinoteatrlarida namoyish etilayotgan barcha xorijiy filmlar qirg‘iz tilidagi subtitrlar bilan birga namoyish etiladi. Bu haqda “Kыrgыztasmasы” davlat kinomarkazi xabar berdi.

Regulyatorning ma’lum qilishicha, bu borada Qirg‘izistondagi xorijiy filmlarning eng yirik distribyutorlari bilan kelishuvga erishilgan.

“Kыrgыztasmasы” direktori Talantbek Tolobekov chet el filmlarini subtitr bilan berishni ularni qirg‘iz tiliga dublyaj qilish masalasidagi “birinchi qadam” deb atadi.

“Bu birinchi bosqichda eng maqbul variant, chunki dublyaj va sinxron ovozli tarjima katta budjetlarni talab qiladi”, — dedi u.

Iyul oyida Qirg‘izistonda qirg‘iz tilining maqomini mustahkamlovchi davlat tili haqidagi yangilangan qonun kuchga kirdi. Unga ko‘ra, ta’lim, fan, madaniyat, ommaviy axborot vositalari, hujjat aylanishi hamda boshqa soha va yo‘nalishlarda qirg‘iz tilidan foydalanish majburiy bo‘ldi. Qonun shuningdek, barcha davlat xizmatchilariga qirg‘iz tilini bilish majburiyatini yukladi.