Intermed Innovation kompaniyasi tibbiy faoliyatni yuritish bo‘yicha litsenziyasining bekor qilinishi yuzasidan izoh berdi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi Intermed Innovation xususiy klinikasi litsenziyasini sud orqali bekor qilishga erishgan edi. Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, muassasa Chirchiq shahridagi 3-oilaviy poliklinika binosida litsenziyasiz tibbiy faoliyat bilan shug‘ullangan, shuningdek, boshqarma ko‘rsatmalariga amal qilmagan.

Kompaniya 2021-yil sentabr oyida Sog‘liqni saqlash vazirligi tender o‘tkazmasdan, biroq konsessiya shartnomasiga muvofiq Toshkent shahri va Toshkent viloyatidagi 178 ta klinikalarni laboratoriya xizmati markazlashtirish va raqamlashtirishni ko‘zda tutuvchi “Toshkent shahridagi Markazlashtirilgan klinika diagnostika laboratoriyasi” (MKDL) davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirish uchun operator sifatida tayinlanganini eslatib o‘tdi.

Intermed Innovation kompaniyasi bir yil avval “Gazeta.uz”ga yo‘llagan maktubida MKDL loyihasi doirasida laboratoriya faoliyati monopoliyasini qo‘lga kiritganini rad etgan edi. Ta’kidlash joizki, tadbirkorlar monopoliyaga emas, balki kompaniyaning ustun mavqeiga ishora qilgan edi.

Loyiha hukumat tashabbusi bilan ishlab chiqilgan (Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 17-avgustdagi qarori) va prezident tomonidan (2022-yil 26-yanvardagi qarori) Toshkent shahri va Toshkent viloyati klinikalarida laboratoriya va diagnostika xizmatini isloh qilish hamda aholiga bepul va tijoriy hammabop tahlil xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha birinchi davlat-xususiy sheriklik loyihasi sifatida qabul qilingan.

Loyiha 2021-yil 27-oktabrda Moliya vazirligi huzuridagi DXSHlarni rivojlantirish agentligida rasman ro‘yxatga olingan.

Korxonani operator etib tayinlash va davlat poliklinikalarida ishlashga ruxsatnomalar berish Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan 2021-yil 24-sentabrda sog‘liqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatov tomonidan imzolangan shartnoma asosida rasmiylashtiriladi. Bitim ilovasida Toshkent shahri va Toshkent viloyatidagi barcha 178 ta davlat poliklinikalari, jumladan, Toshkent viloyatidagi Chirchiq shahridagi 3-sonli oilaviy poliklinikalar ro‘yxati keltirilgan bo‘lib, ularda operatorga laboratoriya faoliyatini amalga oshirishga ruxsat berilgan, deyiladi xabarda.

Intermed Innovation ma’lumotlariga ko‘ra, ikki sobiq sog‘liqni saqlash vazirlari Abduhakim Hojiboyev va Behzod Musayevning buyruqlari bilan kompaniyaga 2022-yilning birinchi choragidan boshlab 178 ta davlat poliklinikasida laboratoriya faoliyatini boshlashni tezlashtirish topshirilgan.

“Toshkent shahar sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi boshlig‘i A.Alimovning 2022-yil 8-yanvardagi 2-son buyrug‘i bilan va Toshkent viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i T.Arziqulovning 2022-yil 8-yanvardagi 5a-sonli buyrug‘i bilan xam operatorga 2022-yilning 1-choragidan boshlab loyihaga biriktirilgan Toshkent shahri va Toshkent viloyatidagi 178 ta davlat poliklinikalarida laboratoriya faoliyatini oborishga to‘g‘ridan-to‘g‘ri savolsiz ruxsatlar berilgan”, — deyiladi xabarda.

Kompaniyaning ma’lum qilishicha, Toshkent shahri va Toshkent viloyati davlat poliklinikalarida ishlash uchun yuqorida berilgan qonuniy ruxsatnomalarga muvofiq hamda mavjud tibbiy litsenziyasi asosidaIntermed Innovation DXSH loyihasi bo‘yicha davlat poliklinikalarida laboratoriya faoliyatini 2022-yil fevral oyida rasman boshlab, “loyiha bo‘yicha quyidagi investitsiyalarni kiritgan holda shartnoma majburiyatlarini muvaffaqiyatli bajargan”:

  • Toshkent shahridagi Markazlashtirilgan klinik-diagnostiga laboratoriyasi (MKDL)ning zamonaviy ko‘p qavatli binosini qurib, uni soatiga 3 mingta biomateriallarni tahlil qilish quvvatiga ega laboratoriya liniyasi bilan jihozlangan;
  • Toshkent shahri va Toshkent viloyatidagi barcha poliklinikalarda aholiga 239 turdagi tahlillarni eng arzon narxlarda yetkazib berish quvvatiga ega 178 ta biomateriallarni qabul qilish punktlari tashkil etilib, ular tibbiy asbob-uskunalar va buyumlar, reaktiv materiallar, tashkiliy va kompyuter uskunalari bilan jihozlangan;
  • Toshkent shahri va Toshkent viloyatidagi 178 ta poliklinika tezlikdagi GPON internet tarmog‘i bilan jihozlantirilib, elektron laboratoriya hisobi va hisoboti dasturi (LIT) o‘rnatilgan holda barcha topshirilgan tahlillar sonini hisobga olish jarayoni hamda ularni davolash uchun birlamchi chora-tadbirlarni belgilagan holda aholi kasalliklari umumiy statistikasi hamda shaffoflikni shakllantirish bo‘yicha raqamlashtirilgan tizim yaratilgan;
  • Toshkent shahri va Toshkent viloyatidagi 178ta davlat poliklinikalari hamda biomateriallarni qabul qilish punktlariga (I-II darajali laboratoriyalar) 364 nafar xodim ishga qabul qilingan va ularni MIS ORIGO dasturida ishlash, kompyuterning asosiy ko‘nikmalari, biomaterialdan to‘g‘ri namuna olish texnikasi va vakuumli qon namunalarini olish tizimlari bilan ishlash bo‘yicha o‘qitish choralari ko‘rilgan;
  • 2023-yildan boshlab vazirlik tomonidan belgilangan Yunusobod va Olmazor tumanlari aholisiga tasdiqlangan kafolatlangan paketdagi 24 ta bepul tahlillar ro‘yxatidan 250 mln so‘m miqdorida bepul tahlillar hizmati qo‘rsatib berilgan.

Intermed Innovation shartnoma bo‘yicha investitsiya majburiyatlarini to‘liq bajarganligi quyidagi hujjatlar bilan tasdiqlanadi:

  • 2021-yil 24-sentabrdagi operator va O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi nomidan amaldagi sog‘liqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatov tomonidan Konsessiya faoliyati obyektini yaratish bo‘yicha ishlarni yakunlanganli to‘g‘risidagi imzolangan qo‘shma dalolatnoma;
  • 2022-yil 6-avgustdagi O‘zbekiston Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligining va Toshkent shahar sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasining tashrif buyuruvchi komissiyasi va operator tomonidan imzolangan investor/operator tomonidan Konsessiya faoliyati obyektini moliyalashtirish va yaratish bo‘yicha majburiyatlarning bajarilishini tasdiqlovchi qo‘shma dalolatnoma;
  • Sog‘liqni saqlash vaziri Bexzod Musayev tomonidan tasdiqlangan Loyixa bo‘yicha operator majburiyatlari muvofaqiyatli bajarilganligini tasdiqlovchi Boshqaruv qo‘mitasining 2022-yil 25-sentabrdagi 12-sonli bayon.

“Biroq birlamchi tibbiy yordam laboratoriya xizmatini isloh qilish va takomillashtirish operatorning butunlay xususiy investitsiyalar hisobidan amalga oshirgan bo‘lsa-da, barcha bajarilgan ishlarga qaramay va sog‘liqni saqlash vazirining 2022-yil 27-dekabrdagi 336-son buyrug‘iga asosan aholini bepul tahlillar bilan ta’minlashni kengaytirish va operator tomonidan Toshkent shahri va Toshkent viloyatidagi barcha poliklinikalarda 2023-yil 1-yanvardan boshlab 24 ta bepul tahlillarni aholiga taqdim etishni ta’minlanishini nazarga olmasdan Sog‘liqni saqlash vazirligining ayrim mansabdor shaxslari 2023-yil boshidan boshlab ushbu loyihaning operator tomonidan amalga oshirilishiga faol to‘sqinlik qila boshladilar”, — deyiladi xabarda.

Shu munosabat bilan operator tomonidan vazirlikka barcha loyiha muammolari, aholiga bepul tahlillarni tashkillashtirish masalalari bo‘yicha muhokama qilish va hal etish uchun ikki tomonlama uchrashuvlarni tashkil etish bo‘yicha 6 ta yozma so‘rov yuborilgan.

“Afsuski, operatorni uchrashuvlarni tashkil etish bo‘yicha barcha murojaatlari javobsiz qolib, e’tiborga olinmadi, bu esa aslida “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘RQ-445-son Qonuni talablarini buzadi. 2023-yil boshidan buyon loyihani amalga oshirish bilan bog‘liq vaziyatga oydinlik kiritish uchun vazirlikka kelgan operator vakillari, tashrif maqsadi aholini bepul tahlillari bilan ta’minlash va aholi manfaatlari bilan bog‘liq bo‘lishiga qaramay, na vazir, na uning o‘rinbosarlari tomonidan qabul qilindi. Bundan tashqari, ma’lum bo‘lishicha, loyihaga biriktirilgan poliklinika shifokorlariga 2023-yil 29-martda loyiha doirasida bemorlarni bepul tahlillarga yuborish bo‘yicha taqiqlovchi og‘zaki ko‘rsatmalar berilgan ekan, bu esa sog‘liqni saqlashni boshqarish tizimi xodimlarining xolisligi haqida savollar tug‘diradi”, — dey qayd etdi kompaniya.

Bundan tashqari, kompaniyaning tasdiqlashicha, loyihaga biriktirilgan poliklinika shifokorlariga 2023-yil 29-martda loyiha doirasida bemorlarni bepul tahlillarga yuborish bo‘yicha taqiqlovchi og‘zaki ko‘rsatmalar berilgan, “sa sog‘liqni saqlashni boshqarish tizimi xodimlarining xolisligi haqida savollar tug‘diradi”.

“Loyiha muvaffaqiyatli bajarilayotganini ko‘rib, o‘zining shaxsiy maqsadlari bilan turtki bo‘lgan sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Ulug‘bek Sobirov 2023-yil 3-yanvardagi 33−05606-son qarori bilan Toshkent viloyati Chirchiq shahridagi 3-sonli oilaviy poliklinika manzili rasmiy xatolik sababi orqali operatorning yagona litsenziyasiga kiritilmaganligini vaj qilib, operator tomonidan 2022-yildan buyon Sog‘liqni saqlash vazirligiga „Litsenziya“ tizimi orqali bir necha bor so‘ralgan va uning bajarilishiga Ulug‘bek Sobirovning o‘zi mas’ul bo‘lganligiga qaramay, loyiha operatori Intermed Innovation MCHJ QKga asossiz ravishda 90 million so‘m miqdorida jarima solgan”, — deyiladi xabarda.

Intermed Innovation qo‘llangan jarima laboratoriya standartlari yoki tahlil olish tibbiy protokollari buzilgani uchun emas, balki Toshkent viloyati Chirchiq shahridagi 3-oilaviy poliklinikaning manzili litsenziyaga ilova qilinmagani uchun qo‘yilganini ta’kidladi. Aslida esa bu poliklinika manzili 2021-yildan boshlab DXSH loyihasi doirasida sog‘liqni saqlash vazirining 2021-yil 24-sentabrdagi buyrug‘i, konsessiya shartnomasi va operatorlik bitimi bilan loyihaga biriktirilgan va unda ishlashga ruxsat berilgan.

“Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Ulug‘bek Sobirov DXSH loyihasi bo‘yicha ruxsatnomalar mavjudligidan bexabar bo‘lishi mumkin emas, chunki poliklinikalarda tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlash bo‘yicha ishlar 2021-yilda, to‘g‘ridan-to‘g‘ri laboratoriya faoliyati esa 2022-yilning fevralida boshlangan bo‘lsa-da, davlat poliklinikalarida faoliyatni olib borishga xech qanday e’tiroz yoki ta’qilovchi hujjat operatorga kelmagan.

“Shundan so‘ng operator bunday asossiz jarimani ixtiyoriy ravishda to‘lashga rozi bo‘lmaganligi sababli sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari Ulug‘bek Sobirov bunday hollarda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibga asosan operatorni oldindan ogohlantirmasdan va qaror qabul qilmasdan, operatorni 2026-yil 18-fevralga qadar amal qiluvchi № 043023-sonli tibbiy faoliyatni oborish uchun litsenziyasini to‘liq mahrum qilish bo‘yicha sudga da’vo kiritib, bir vaqtda 90 million so‘m jarima undirivchi va litsenziyani bekor qiluvich qonunga xilof ravishda operator vakillari ishtirokisiz o‘tkazilgan sud jarayonida sud qarorini olgan. Bu esa sud qarorining xolisligi bo‘yicha adolatli shubhalarni kelib chiqaradi”, — deyiladi xabarda.

Operator shahar iqtisodiy apellyatsiya sudi 2023-yil 31-may kuni DXSH loyihasi uchun operatorning ruxsatnomalari mavjudligiga e’tibor bermasdan hamda O‘zbekiston Respublikasining 14.07.2021-yildagi O‘RQ-701-son “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi Qonunining 10-moddasida belgilangan “yuridik shaxslarning filiallari va vakolatxonalari alohida litsenziya va ruxsatnomalar olishni talab qilmasligiga, elektron shaklda bildirishnoma taqdim etishning o‘zi kifoya ekanligini ko‘rsatilganligiga” qaramay, sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari Ulug‘bek Sobirov foydasiga qaror qabul qilib, litsenziyalarni berish va bekor qilish Sog‘liqni saqlash vazirligini mutlaq vakolatiga kirishini vaj qilib, loyiha operatorning litsenziyasini bekor qiluvchi qarorni o‘z kuchida qoldirganini qayd etdi.

“Intermed Innovation tomonidan davlat poliklinikalarida tibbiy faoliyat yuritish uchun ruxsatnomalar yo‘qligi haqidagi barcha dahshatli ayblovlar aslida Toshkent viloyati Chirchiq shahridagi 3-sonli oilaviy poliklinika manzili bilan bog‘liq bitta rasmiy ish atrofida qurilgan va umuman asossizdir, chunki 2021-yilda loyiha boshlanishiga qadar operatorga Sog‘liqni saqlash vazirligidan laboratoriya diagnostikasi, qon namunalarini olish bo‘yicha tibbiy standartlarning buzilishi, DXSH loyihasiga biriktirilgan davlat poliklinikalarining laboratoriyalarida zarur tibbiy asbob-uskunalar yoki jihozlarning mavjud emasligi to‘g‘risida birorta rasmiy e’tiroz yoki ko‘rsatma olmagan”, — deyiladi kompaniya munosabatida.

“Operatorning fikricha, Sog‘liqni saqlash vazirligi mansabdor shaxsining bunday noxolis xatti-harakati uchun asosli sabab, bu — manfaatlar to‘qnashuvining mavjudligi bo‘lib, loyiha bo‘yicha poliklinikalarda aholiga bepul tahlillar ko‘rsatilishi natijasida tegishli xususiy poliklinikalar mijozlar oqimisiz va tijorat faoliyati foydasiz qolishi mumkin. Chunki davlat poklinikalarida xususiy klinikalardan past bo‘lmagan sifatda taqdim etiladigan deyarli 24 ta tahlillar bepul olish mumkin bo‘lsa, analiz topshirish uchun xususiy klinikalarga borishning hojati qolmaydi”, — deya qayd etdi kompaniya.

Ta’kidlashicha, o‘tgan oydan buyon operator Sog‘liqni saqlash vazirligi mansabdor shaxslarining operatorga nisbatan sodir etgan harakatlariga hamda Vazirlar Mahkamasi va prezident qarori bilan tasdiqlangan DXSH loyihasiga to‘sqinliklar tug‘dirayotganiga huquqiy baho berish uchun tegishli nazorat organlariga murojaat qilgan.

“Operator amaldagi kelishuvlar doirasida, ayniqsa, aholi uchun bepul tahlillarni taqdim etish bo‘yicha loyiha ishlarini amalga oshirish bo‘yicha davom ettirishga tayyorligini bildirib Sog‘liqni saqlash vazirligini o‘zini olib qochmasdan, o‘zining huquqiy sherigi bilan muzokaralar stoliga o‘tirishni hamda imzolangan shartnoma va kelishuvlar majburiyatlarini bajarilishi lozimligini so‘raydi”, — deya qayd etdi kompaniya.

Kompaniyaning eslatishicha, sog‘liqni saqlash vaziri 12-aprel kuni investorlar va tadbirkorlar ishtirokida bo‘lib o‘tgan “Tibbiyot transformatsiyasi” anjumanida DXSH doirasida birlamchi tibbiy yordam laboratoriyalarini isloh qilish bo‘yicha DXSH loyihasi muvaffaqiyatli amalga oshirilganini yuqori baholagan.