Shubhali operatsiyalar bo‘yicha yangi qoidalar omonatlar yoki kreditlarga tatbiq etilmaydi — Markaziy bank

Markaziy bank shubhali operatsiyalar ro‘yxati kengaytirilganiga izoh berib, ular orasida noqonuniy qimor o‘yinlari, firibgarlik holatlari va boshqalar borligini ma’lum qildi. Yangi qoidalar ipoteka yoki avtokredit bo‘yicha boshlang‘ich badal to‘lovi bilan bog‘liq operatsiyalarga tatbiq etilmaydi.

O‘zbekistonning barcha shaharlarida tezlikni 60 km/soatgacha pasaytirish belgilandi

O‘zbekistonning yo‘l harakati qoidalariga o‘zgartirishlar kiritildi, unga ko‘ra, mamlakatning barcha shaharlarida harakat tezligi soatiga 60 km/soatdan oshmasligi kerak. Ilgari bu ko‘rsatkich 70 km/soat edi.

BP Xorazmda voyaga yetmagan qiz zo‘rlangani bo‘yicha 11 kishini tergov qilmoqda

2022-yilda bir necha erkak tomonidan zo‘rlangan 15 yoshli qiz voqeasida 3 nafar shaxs ayblanmoqda, yana 8 kishi gumonlanuvchi sifatida jalb etildi. Holatga aloqador shaxslar batafsil so‘roq qilinmoqda, deya xabar berdi Bosh prokuratura.

15 yoshli qizning qarindoshi voqea tafsilotlarini so‘zlab berdi

Xorazmning Yangiariq tumanida 11 nafar erkak 15 yoshli qizni bir necha bor zo‘rlagani aytilmoqda. Qizning qarindoshi so‘zlariga ko‘ra, huquq-tartibot idoralari ish bo‘yicha tergovni kechiktirgan va bolalar ombudsmani tashrifidan keyingina 3 nafar gumonlanuvchini hibsga olgan. “Gazeta.uz” vaziyatni o‘rgandi.

“O‘zbekneftgaz” Ai-80 benzini narxini manipulyatsiya qilish bo‘yicha ayblovni rad etdi

Jahonda neft narxi pasaysa ham, O‘zbekistonda benzin narxi tushmagani uchun “monopolistlar o‘z qoidalariga sodiq” deya ayblangan UNG Petro bu da’volarni “noo‘rin” deb atadi.

Endi fuqarolarga ma’muriy va fuqarolik ishlarida ham davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatiladi

Senat ma’muriy va fuqarolik ishlarida ham davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatilishini ko‘zda tutuvchi qonunni ma’qulladi. Bungacha davlat hisobidan yuridik yordam faqat jinoyat ishlarini yuritishda ko‘rsatilib kelinardi.

O‘zbekistonda qurilish uchastkalarida muhandislik-geologik ekspertiza o‘tkazish majburiy bo‘ladi

O‘zbekistonda 1-maydan boshlab qurilish boshlanishidan oldin tanlangan yer uchastkalarida muhandislik-geologik ekspertiza o‘tkazish majburiy bo‘ladi. Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrining drenaj tizimidagi muammolarni bartaraf etish bo‘yicha zudlik bilan dastur qabul qilish bo‘yicha topshiriq berdi.

Farhod Mannopovni operatsiya qilgan shifokorda malakaviy toifa bo‘lmagan — SSV

SSV vayner Farhod Mannopovning o‘limi yuzasidan Star Med Center klinikasida o‘tkazilgan tekshiruv natijalarini e’lon qildi. Xususan, bemorga tibbiy xizmat ko‘rsatishda qator litsenziya talab va shartlari buzilgani, uni operatsiya qilgan shifokorda malakaviy toifa bo‘lmagani aniqlandi.

Navoiyda o‘qituvchilarni Open budget`ga ovoz to‘plashga majburlagan maktab direktori jazolandi

Navbahor tumanidagi 9-maktab direktori o‘qituvchilarni Open budget`ga 100 tadan ovoz yig‘ishga majburlagani aytilgan ovozli xabar tarqaldi. Unga nisbatan intizomiy jazo chorasi qo‘llanib, xatti-harakatlarida ma’muriy huquqbuzarlik alomatlari bor-yo‘qligi o‘rganilmoqda.

Qashqadaryoda ayiq IIB rahbari buyrug‘i bilan otib o‘ldirildi

Chiroqchi tumanidagi qishloqlardan biriga kelib qolgan qo‘ng‘ir ayiq harakatsizlantirilib, tabiatga qaytarilishi rejalashtirilgandi. Biroq tuman IIB boshlig‘i buyrug‘i bilan jonivor “aholi xavfsizligi uchun” otib o‘ldirildi. Voqeaga sababchi mas’ullarga intizomiy jazo choralari ko‘rilishi belgilandi.

YeTTB Masdar kompaniyasi O‘zbekistonda uchta fotoelektr stansiyasini qurishi uchun 205 mln dollar ajratadi

YeTTB Masdar kompaniyasi uchun O‘zbekistonda umumiy quvvati qariyb 900 MVt bo‘lgan uchta quyosh elektr stansiyasini qurish uchun 205 million dollarlik moliyalashtirish paketi ajratadi.

Xorazmda mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarini zo‘rlaganlar ishi qayta ko‘riladi

Xorazmdagi mehribonlik uyi qizlarini 10 oy davomida zo‘rlaganlikda ayblanib, 1,5 yil muddatga ozodligi cheklangan ikki shaxsning ishi qayta ko‘riladi. Oliy sud Xorazm prokuraturasi protestini qanoatlantirdi va ishni apellyatsiya instansiyasida yangitdan ko‘rishga yubordi.

Senat zo‘ravonlikka oid qonunni ma’qulladi. Endi jinoyatchilarga insonparvarlik akti qo‘llanilmaydi

Senatorlar xotin-qizlar va bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qiluvchi qonunni ma’qulladi. Endi jinsiy zo‘ravonlikda ayblanganlar muddatidan ilgari ozodlikka chiqmaydi va ularning ro‘yxati tuziladi. Zo‘ravonlikka uchraganlarning yosh chegarasi bekor qilinadi. Jinoyatchining muayyan joylarga borishi ta’qiqlanadi.

Qamchiq dovonida to‘rtta avtomashina to‘qnashishi oqibatida 6 kishi jarohatlandi

Qamchiq dovonida yuk mashinasi va uchta yengil avtomobil to‘qnashdi. Oqibatda yuk mashinasi yonib ketdi, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 6 kishi jarohatlandi.