O‘zbekistonga yil oxirigacha 20 ta qo‘shimcha zamonaviy samolyot olib kelinadi

Shavkat Mirziyoyev yil yakunigacha 20 ta qo‘shimcha zamonaviy samolyot olib kelib, milliy aviatsiya parkini 64 taga yetkazish topshirig‘ini berdi. Shuningdek, 1 maydan vodiydan Urganch, Termiz, Buxoro va Samarqandga va boshqa mahalliy yo‘nalishlar bo‘yicha muntazam aviareyslarni yo‘lga qo‘yish topshirildi.

«Biz uchun faktlar gapiradi». DIIHB O‘zbekistonda referendumni kuzatish missiyasini ishga tushirdi

YeXHTning Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi O‘zbekistondagi konstitutsiyaviy referendumni kuzatish uchun missiya ochdi. «Bizning rolimiz aralashish emas, balki jarayonni kuzatish va hisobot berish. Missiya uchun faktlar gapiradi», — dedi harakat rahbari Albert Yonsson.

«Azimut» aviakompaniyasi O‘zbekistonga yangi yo‘nalish ochdi

Rossiyaning «Azimut» aviakompaniyasi Sochi va Urganchni to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar bilan bog‘ladi. Parvozlar haftada bir marta — chorshanba kuni amalga oshiriladi. Kompaniya Urganchga Moskva va Mineralniye Vodidan ham yo‘lovchi tashiydi.

O‘zbekistonda YPX xodimlariga narkotesterdan foydalanishga ruxsat etildi

28 maydan kuchga kiradigan Vazirlar Mahkamasi qaroriga asosan, YPX xodimlari haydovchilarning giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar iste’mol qilgani holatini aniqlashda narkotester maxsus moslamasidan foydalanadi.

O‘zbekistonda 1 sentabrgacha davlat ixtiyoridagi istirohat bog‘lari xatlovdan o‘tkaziladi

Prezident qaroriga ko‘ra, 1 iyuldan jismoniy shaxslarga ayrim davlat ko‘chmas mulklarini xususiylashtirish uchun onlayn auksionga chiqarish bo‘yicha ariza berish huquqi beriladi. Shuningdek, 1 sentabrgacha davlat ixtiyoridagi istirohat bog‘lari xatlovdan o‘tkaziladi.

O‘zbekistonda aholi uchun «svet» va gaz narxlari bu yil oshmaydi — Iqtisodiyot va moliya vazirligi

O‘zbekistonda aholi uchun tabiiy gaz va elektr energiyasi narxlarini 2023 yilda oshirish rejalashtirilmagan. «Lekin bu mazkur masalani muhokama qilmayapmiz degani emas. Turli variantlarni ko‘rib chiqyapmiz, ijtimoiy normalar muhokama qilinyapti», — dedi vazir o‘rinbosari.

Bojlarning nolga tushirilishi oziq-ovqat va tovarlar narxi hamda iqtisodiyotga qanday ta’sir qiladi?

«Yil oxirigacha ayrim oziq-ovqat va tovarlar importi bojlarining nolga tushirilishi narxlar pasayishiga olib keladi. Aholidan tushayotgan mablag‘lar iqtisodiyotda talabning o‘sishini rag‘batlantiradi», — dedi O‘zITIM rahbari Obid Hakimov. Iqtisodchi Otabek Bakirov chora nega vaqtincha ekani bo‘yicha savol qoldirdi.

Toshkent viloyatida Open budget`ga ovoz to‘plash uchun o‘quvchilardan pul yig‘ilgani aytilmoqda

Tarmoqlarda Oqqo‘rg‘on tumanida o‘quvchilarning Open budget loyihasiga ovoz ko‘paytirish maqsadida zarur bo‘lgan sim-kartalarni sotib olish uchun maktabga pul olib borayotgani aks etgan video tarqaldi. Toshkent viloyati hokimligi holat o‘rganilayotganini bildirib, bunday harakatni qoraladi.

O‘quvchilari Open budget uchun SIM-karta olishga pul yiqqan maktab direktori ishdan bo‘shatildi

Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumanida o‘quvchilari «Ochiq budjet» loyihasida ovoz to‘plashga SIM-karta sotib olish uchun pul yig‘ishga jalb qilingan maktab direktori ishdan bo‘shatildi. Viloyat hokimi haqiqatan ham ehtiyoj bo‘lsa, maktabni mahalliy budjet hisobidan jihozlash bo‘yicha topshiriq berdi.

Nukus voqealari bo‘yicha mahkumlarning yaqinlari ular bilan qo‘shimcha uchrashuvlar tashkil etishni so‘ramoqda — komissiya

Nukus voqealarini o‘rganish bo‘yicha komissiya mahkumlarning yaqinlari ular bilan qo‘shimcha uchrashuvlar tashkil etishni so‘rab murojaat qilganini va masala ko‘rib chiqilayotganini bildirdi. «Gazeta.uz»ga ma’lum bo‘lishicha, sudlanganlarning aksariyati apellyatsiya arizasi bilan murojaat qilgan.

Toshkentda 6 yoshli qizga tegajog‘lik qilgan erkakka nisbatan jazo kuchaytirildi

Prokuror protestidan so‘ng apellyatsiya sudi avvalroq 6 yoshli qizchaga tegajog‘lik qilib, 10 yilga qamalgan Toshkentda yashovchi erkakka nisbatan jazoni kuchaytirdi. U 15 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi.

Poytaxtda 32 yoshli erkak buvisini o‘ldirib qo‘ydi

Mirobod tumanida 32 yoshli fuqaro mast holatda o‘zining 84 yoshli buvisini o‘ldirib qo‘ydi. Ayblanuvchi 8 yilga ozodlikdan mahrum etildi.

«Yoshlar» telekanali Qoraqalpog‘istonni viloyat sifatida ko‘rsatgani uchun uzr so‘radi

«Yoshlar» telekanalida efirga uzatilgan «Biz tomonlarda» ko‘rsatuvida Qoraqalpog‘iston Respublikasi nomi «Qoraqalpoq viloyati» tarzida namoyish etildi. Telekanal xatolik montaj jarayoni bilan bog‘liq ekanini bildirib, uzr so‘radi va «aybdorlarga nisbatan tegishli choralar ko‘rilayotganini» qo‘shimcha qildi.

Og‘ir atletikachi Diyorbek Ermatov jahon chempionatida 3 ta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekistonlik og‘ir atletikachi Diyorbek Ermatov Albaniyada o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionatida uchta — bitta oltin va ikkita bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Farg‘onada korxona salkam bir yildan beri tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelgani aniqlandi

Quvasoy shahridagi korxona 2022 yilning iyunidan beri tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelgani oqibatida davlat manfaatlariga 18 mlrd 314 mln so‘m zarar keltirdi.

O‘zbekiston Turkiyaning Hatay viloyatida 100 ta turar joy konteyneri o‘rnatadi

Turkiyadagi Sayhun ta’lim va madaniyat uyushmasi Hatay viloyatida 100 ta yig‘ma turar joy konteyneri o‘rnatadi. Konteynerlarda yotoqxona, oshxona, hammom va hojatxona bor. Unga bemalol bir oila sig‘ishi mumkin.

Noqonuniy ushlab qolingan 27,1 mlrd so‘m foyda solig‘i tadbirkorlarga qaytarildi — Soliq qo‘mitasi

Soliq qo‘mitasi budjetdan noqonuniy undirilgan 27,1 mlrd so‘mlik foyda solig‘i tadbirkorlarga qaytarilishini ma’lum qildi. Qo‘mita ma’lumotlariga ko‘ra, bunday hisobdan chiqarish 367 ta korxonaga ta’sir ko‘rsatdi.

Banklarda dollar kursi biroz tushdi

Tijorat banklari 29 mart kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 280 — 11 400 so‘mdan sotib olmoqda, sotish kursi esa 11 420 — 11 470 so‘m.