Referendum o‘tkazish uchun 182,3 mlrd so‘m ajratildi — MSK

O‘zbekistonda referendumga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish uchun 182 milliard 386 million so‘m ajratildi.

Referendumda 19−26 aprel kunlari muddatidan oldin ovoz berish mumkin

Konstitutsiyaviy qonun loyihasi bo‘yicha respublika referendumi 30 aprel — yakshanba kuni o‘tkaziladi. Muddatidan oldin ovoz berishni istaganlar 19−26 aprel kunlari jarayonda qatnashishlari mumkin.

Markaziy bank asosiy stavkani 1 foizga tushirib, 14 foiz etib belgiladi

Markaziy bank asosiy stavkani 1 foiz bandga pasaytirib, yillik 14 foiz darajada belgilash to‘g‘risida qaror qabul qildi.

Markaziy bank inflyatsiya ko‘rsatkichi pasayishini prognoz qildi

O‘zbekiston Markaziy banki ma’lum qilishicha, yillik inflyatsiya ko‘rsatkichi pasaygan, bu esa uning ikkinchi chorakda yanada pasayishi ehtimolini oshirgan. Anomal sovuq savdo va sanoatga salbiy ta’sir ko‘rsatdi, lekin Markaziy bank birinchi yarim yillikning oxirigacha sohalardagi ko‘rsatkichlar tiklanishini kutmoqda.

Vayner Dili.me va sheriklari fuqaroni kaltaklagani aytilmoqda

Vayner Dili.me va uning sheriklari fuqaroni urib, jarohat yetkazgani aytilmoqda. Bosh prokuratura ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani va bloger 10 mart kuni ushlanganini ma’lum qildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Bayram kunlarida Toshkentdagi jamoat transporti harakati tartibi ma’lum qilindi

Toshkent shahrida avtobuslar 19, 20, 21, 22 mart kunlari shanbalik, 25 mart kuni esa ish kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida harakatlanadi.

Bolani chet elda nazoratsiz qoldirish endilikda jinoyat hisoblanadi

O‘zbekiston prezidenti bolani xorijda nazoratsiz qoldirganlik uchun ma’muriy va jinoiy javobgarlikni belgilovchi tuzatishlar aks etgan qonunni imzoladi.

«Oldinda hali ishlar ko‘p». BMT Inson huquqlari bo‘yicha oliy komissarining O‘zbekistonga tavsiyalari

BMT inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari O‘zbekistondagi muzokaralarda gender tafovutiga chek qo‘yish, qamoqda saqlash joylarida shafqatsiz munosabatga barham berish, NNTlarning erkin faoliyat yuritishi, OAV va so‘z erkinligini himoya qilish, shuningdek, Qoraqalpog‘iston voqealari kabi masalalarni muhokama qildi.

O‘zbekiston Turkiyaning Hatay viloyatida uy-joy, maktab va infratuzilma obyektlari qurib beradi — prezident

Shavkat Mirziyoyev Turkiy davlatlar tashkilotining navbatdan tashqari sammitida tashkilotning tizimli hamkorlik platformasi, shuningdek, Tabiiy ofatlar monitoringi markazini yaratishni taklif qildi. O‘zbekiston Hatay viloyatining Ovakent tumanini qayta tiklashga ham yordamlashadi.

Shavkat Mirziyoyev va Viktor Orban Turkiyada uchrashdi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Vengriya bosh vaziri Viktor Orban to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish hamda ikki davlat korxonalari o‘rtasida hamkorlik qilish uchun ishlab chiqarish maydonini tashkil etish masalalarini muhokama qildi.

O‘zbekiston prezidenti Turkiya vitse-prezidentini orden bilan taqdirladi

Turkiya vitse-prezidenti Fuat Oktay O‘zbekistonning «Do‘stlik» ordeni bilan taqdirlandi. Mukofotni Anqarada prezident Shavkat Mirziyoyev topshirdi.

Qoraqalpog‘istonda 123 mlrd so‘mga yangi sanatoriy quriladi

Bo‘zatov tumanida 200 o‘ringa mo‘ljallangan sanatoriyning qurish ishlari boshlandi. U O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan moliyalashtirilgan bo‘lib, uning bahosi 123 mlrd so‘m. Olti qavatli imorat qurilganidan so‘ng 120 ta yangi ish o‘rni yaratiladi.

O‘zbekistonda energiya resurslari o‘g‘riliklari haqida xabar berish uchun Telegram-bot ishga tushirildi

Bosh prokuratura energetika sohasidagi qonunbuzarliklar haqida xabar berish mumkin bo‘lgan Telegram-botni ishga tushirdi.

Toshkent yaqinidan tarixiy ko‘za topildi

Toshkent shahri yaqinidagi To‘qaytepa yodgorligidan balandligi 80 sm bo‘lgan tarixiy ko‘za yaxshi holatda topildi. Ilmiy xodimlar topilmaning yasalgan davrini aniqlamoqda.

The Economist Rossiyaga do‘st davlatlar indeksini tuzdi. Ular orasida O‘zbekiston ham bor

O‘zbekiston The Economist jurnalining Rossiyaning geosiyosiy ittifoqdoshlari indeksiga kiritilib, 12 davlat ichida oxirgi o‘rinda qayd etildi. Nashr ro‘yxatni tuzishda mamlakatlarning diplomatik, harbiy, shuningdek, energetika va iqtisodiy aloqalarini tahlil qilgan.

EastFruit portali — O‘zbekistonda pomidor narxining keskin oshishi sabablari haqida

O‘zbekistonda issiqxona pomidorining narxi keskin ko‘tarildi, buning sababi sifatida yanvar oyidagi anomal sovuq paytida issiqxonalarda hosilning nobud bo‘lgani ko‘rilmoqda. 10 martga qadar qizil pomidorning ulgurji narxi 27 ming so‘mga, pushti ranglisi esa 33 ming so‘mgacha ko‘tarilgan.

Surxondaryo viloyati hokimiga o‘rinbosarlar tayinlandi

Anvar Oripov Surxondaryo viloyati hokimiga moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosar, Farhodjon Ismoilov esa qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosar etib tayinlandi.

ITB Qoraqalpog‘istondagi qishloq joylarni rivojlantirish uchun $200 mln ajratdi

Islom taraqqiyot banki Qoraqalpog‘istondagi qishloq joylarni rivojlantirish uchun 200 mln dollar ajratdi. Loyihada 113 ta qishloqni rivojlantirish rejalari ishlab chiqilgan bo‘lib, ulardan 31 tasi 160 ta ijtimoiy infratuzilma obyektini yaxshilashga qaratilgan.