Prezidentlik muddati 7 yilga uzaytiriladi — O‘zbekiston Konstitutsiyasi loyihasi

Parlament tomonidan ma’qullangan yangi tahrirdagi Konstitutsiya loyihasida prezident vakolat muddatini 5 yildan 7 yilgacha uzaytirish taklif etilmoqda. Avvalroq Konstitutsiya yangilanganidan keyin prezident va qator boshqa mansabdorlar ham xuddi shu lavozimlarga qayta saylanishi mumkinligi xabar qilingandi.

Parlament va prezidentning vakolatlarida qanday o‘zgarish bo‘lmoqda? O‘zbekistonning yangi Konstitutsiyasi loyihasi

O‘zbekiston Konstitutsiyasi loyihasida parlament va prezident vakolatlarini kengaytirish ko‘zda tutilmoqda. Bosh vazir nomzodi barcha siyosiy partiyalar fraksiyalari bilan maslahatlashuvdan so‘ng prezident tomonidan taklif etiladi. Palata va Senat o‘z-o‘zini tarqatib yuborish qarorini qabul qilishi mumkin bo‘ladi.

Hokimlar kengashga rahbar bo‘la olmaydi, lekin senator etib saylanishi mumkin

2024 yildan Toshkent shahri va viloyatlar hokimlariga kengash raisi lavozimini egallashi taqiqlanishi mumkin. Konstitutsiya loyihasida ularning deputat va senator etib saylanishi taqiqlanmagan. Anchadan beri muhokama qilinayotgan hokimlarni saylash amaliyoti esa loyihada aks etmagan.

Shavkat Mirziyoyev BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissarini qabul qildi

Prezident 15 mart kuni BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari Folker Turk bilan uchrashdi.

O‘zbekistonda aholining 41 foizi kavlama ko‘rinishidagi hojatxonalardan foydalanadi — PMTI

PMTI tahliliga ko‘ra, O‘zbekistonda aholining 41 foizi chuqur kavlama ko‘rinishidagi hojatxonalardan foydalanadi. Ekspertlar sanitariyaga zid bunday hojatxonalarni ventilyatsiya qilinadigan va plitalar bilan qoplangan holga keltirishni tavsiya etdi. Bunda tashviqot emas, moliyaviy yordam samara berishi bildirildi.

Toshkent viloyatida poyezd ustiga chiqqan ikki bolani tok urdi

Chinoz bekatida ijtimoiy tarmoqlar uchun video olish maqsadida poyezd vagoni ustiga chiqqan ikki bolani tok urdi. Oqibatda ulardan biri 20 foiz, ikkinchisi esa 80 foiz tana kuyishi bilan shifoxonaga yotqizildi.

Pensionerlar kun davomida Toshkent metrosida bepul yurishlari mumkin bo‘ladi

1 apreldan Toshkent metropolitenining to‘liq faoliyat ko‘rsatishi vaqti davomida pensiya oluvchilarga bepul xizmat ko‘rsatiladi. Avval bu imtiyoz faqat 10:00 dan 16:00 gacha amal qilgan.

O‘zbekistonda har to‘rtinchi ayol zo‘ravonlikka duch keladi. Natijalar 1 yilda umuman o‘zgarmagan

«Oila va xotin-qizlar» ilmiy-tadqiqot instituti 800 nafar xotin-qiz o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazdi. Natijalar 59 foiz ayol turmushida zo‘ravonlikka duch kelmagani, 40 foizi esa kamsitishlarga uchrashini ko‘rsatdi. 7 foiz ayol uchun bu hamon odatiy hol. Vaziyat o‘tgan yil bilan solishtirganda, umuman o‘zgarmagan.

Jenevada O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishi bo‘yicha ishchi guruhining oltinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda

Shveysariyada O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lish bo‘yicha ishchi guruhi oltinchi yig‘ilishini o‘tkazmoqda. Unda mamlakat savdo rejimining barcha jihatlariga taalluqli 10 dan ortiq yangi hujjatlar ko‘rib chiqiladi.

Qator agentliklar rahbarlari lavozimidan ozod qilindi

Hukumat qarori bilan Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligi, Xalqaro hamkorlik va rivojlanish agentligi hamda Tibbiy- ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi direktorlari lavozimlaridan ozod etildi.

Interpol qidiruviga berilgan shaxs Latviyadan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi

O‘ta yirik miqdorda firibgarlik sodir etgani uchun qidiruvga berilgan shaxs Latviyadan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi. Xabarlarga ko‘ra, u o‘zini AQSh elchixonasi xodimi sifatida tanishtirib, hujjatlarni rasmiylashtirish, xorijga chiqishga ruxsat olishda o‘z xizmatlarini taklif qilib kelgan.

Video: Qizilqum qo‘riqxonasi kameralariga tushgan bo‘rsiq va to‘qay mushugi

Tabiat resurslari vazirligi Qizilqum qo‘riqxonasida bo‘rsiq va to‘qay mushugi tushib qolgan fotoqopqon tasvirlarini namoyish etdi.

Prezident tashrifidan bir kun ham o‘tmay, Surxondaryoda yo‘l ta’mirlash ishlari boshlandi

Seshanba kuni O‘zbekiston prezidenti Surxondaryodagi buzilgan yo‘l bo‘ylab harakatlanib, 15 kun ichida uni rekonstruksiya qilish loyihasini ishlab chiqishni topshirgandi. Shu kunning o‘zidayoq viloyatda umumiy uzunligi 111 kilometr bo‘lgan yo‘lni ta’mirlash ishlari boshlandi.

«Gazeta.uz»da e’lon qilingan maqola:

Shavkat Mirziyoyev — rulda

Shavkat Mirziyoyev Surxondaryoga tashrifi vaqti aholining yo‘llar bo‘yicha e’tirozlari tasdig‘ini «o‘z ko‘zi bilan ko‘rish» maqsadida ta’mirtalab yo‘lda mashina haydadi. Prezident rulda o‘tirgan holda ommaga birinchi marta ko‘rinish berayotgani yo‘q.

Silicon Valley Bank`ning qulashi: Kremniy vodiysining asosiy kreditorlaridan biri qanday qilib kasodga uchradi?

Silicon Valley Bank`ning to‘satdan bankrot bo‘lishi 2008 yildan beri eng yirik va AQSh tarixidagi ikkinchi yirik bankrotlik bo‘ldi. Bankning qulashi moliya va texnologiya sohalaridagi shokni keltirib chiqardi. Bu haqda «Gazeta.uz» sharhi.