Nukus voqealari bo‘yicha gumonlanuvchilarga qo‘yilgan ayblovlar e’lon qilindi

Oliy sud Nukus voqealari ishi bo‘yicha sudlanuvchilar, jumladan Dauletmurat Tajimuratov, Lolagul Qallixanova, Azamat Turdanov va boshqalarga qo‘yilgan ayblovlarni e’lon qildi. Ular orasida Qoraqalpog‘iston IIV bo‘lim boshlig‘i, universitet o‘qituvchisi hamda Nukus olimpiya zaxiralari kolleji direktori ham bor.

Nukus voqealarida 6,7 mlrd so‘m zarar yetkazilgan — ayblov

Buxoro viloyati sudida Nukus voqealarida qatnashganlikda gumonlangan 22 kishiga qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi xulosalarida tartibsizliklar natijasida 6,7 mlrd moddiy zarar yetkazilgani aytildi. Gumonlanuvchilarning shaxsi aniqlandi. Ularga yaqinlari bilan navbatma-navbat qisqa suhbat o‘tkazishga ruhsat berildi.

O‘zbekistonda qish o‘z vaqtida boshlanadi — O‘zgidromet

O‘zbekistonda kuzning oxirgi kunlari ob-havo salqin va yomg‘irli bo‘lishi kutilmoqda. Yog‘ingarchilik dushanbadan boshlanadi. 29−30 noyabr kunlari hududlarda yomg‘ir kuchayib, qishning dastlabki kunlarida qorga aylanadi. Hafta oxiriga kelib havo harorati kechasi -5 darajagacha, kunduzi +5 darajagacha pasayadi.

Ichki ishlar vazirligi har payshanba kuni OAV bilan muloqot qiladi

IIV matbuot kotibi har payshanba kuni AOKAda ochiq muloqotni ta’minlash uchun matbuot anjumani o‘tkazilishini ma’lum qildi. Bundan bir hafta oldin publitsist va bloger Shokir Sharipov tizimda davom etayotgan muammolar tufayli IIV rahbari iste’fosini talab qilib, piket uyushtirgandi.

O‘zbekiston TIV Belarus tashqi ishlar vaziri Vladimir Makeyning vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi

«So‘nggi yillarda u ikki mamlakat o‘rtasidagi do‘stona aloqalarni mustahkamlashga katta hissa qo‘shdi», — deyiladi xabarda. Vladimir Makey 27 noyabr kuni noma’lum sabablarga ko‘ra vafot etgandi.

«Omadingizni bersin» teleo‘yini g‘oliblari 2 mlrd so‘mlik sovrinlarni ololmayotgani ma’lum bo‘ldi

Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligiga Zo’r TV kanalida namoyish etilgan «Omadingizni bersin» o‘yinida jami 2 mlrd so‘mlik yutuqlarni ololmayotgan fuqarolar murojaat qildi. Holat yuzasidan ko‘rsatuv homiysi bo‘lgan «MIA- MAA» korxonasiga ish ochilib, hujjatlar tegishli organlarga yo‘naltirildi.

O‘zbekiston Pfizer vaksinasining yana 143 mingga yaqin dozasini qabul qildi

O‘zbekistonga koronavirusga qarshi Pfizer vaksinasining qariyb 143 ming dozasi keltirildi. Dekabr oyida yana 3 mln doza vaksina kelishi kutilmoqda.

Toshkentda xorijlik fuqarolar uchun «O‘zbek maktabi» ochildi

Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida xorijlik fuqarolar uchun «O‘zbek maktabi» ochildi. Tayyorlov kurslarida o‘zbek tili o‘rganuvchilar xohishiga ko‘ra kichik, o‘rta guruhlarda yoki individual tarzda o‘rgatiladi.

Navoiy kon metallurgiya kombinatida mashinist halok bo‘ldi

Navoiy kon metallurgiya kombinatida portlatish ishlari davomida ekskavator kabinasida bo‘lgan mashinist halok bo‘ldi. Uning yordamchisi 1 va 2-darajali kuyish jarohatini oldi. Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari boshlandi va sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlandi.

Qashqadaryoda 11 ta arxeologik obyektga 6 mlrd so‘mga yaqin zarar yetkazilgani aniqlandi

Qashqadaryoda 11 ta arxeologiya merosi obyektiga 6 mlrd so‘mga yaqin zarar yetkazilgani aniqlanib, jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Qolaversa, V-VIII asrlarga oid obyektlarga 1 mlrd 488 mln so‘mlik zarar yetkazilgani ma’lum bo‘ldi. Holatlar bo‘yicha 37 nafar shaxs ma’muriy javobgarlikka tortildi.

Xorazmda IIB xodimi o‘zini otib o‘ldirdi

Yangiariqda IIB xodimi xizmat quroli bilan o‘zini otib o‘ldirdi. Bunga turmush o‘rtog‘ining farzandlarini olib, otasining uyiga ketgani oqibatida kelib chiqqan ruhiy siqilish sabab bo‘lgani aytilmoqda. Holat yuzasidan ekspertiza

tayinlanib, tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.

Farg‘onada ayol kishi 3 nafar qizni pichoqladi

Farg‘onada ayol kishi o‘ziga tanish bo‘lgan 3 nafar qizni janjal oqibatida pichoqladi. Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Toshkentdagi 4 ta tumanning ayrim hududlarida issiq suv ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi

28 noyabr kuni Yakkasaroy, Shayxontohur, Yunusobod va Chilonzor tumanlarining ayrim hududlarida issiq suv ta’minoti cheklanmagan holda issiqlik ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.

Qashqadaryoda Nexia kanalga ag‘darildi

Kasbi tumanida Nexia yo‘l chetidagi kanalga ag‘darildi. Tuman FVB xodimlari mashinani maxsus texnika yordamida kanaldan olib chiqdi.

Xorazmda er-xotinga tegishli bo‘lgan mashinalar yonib ketdi

Xorazm viloyati Urganch shahrida er-xotinga tegishli bo‘lgan Malibu va Hongqi T55 mashinalari yonib ketdi. Hozirda yong‘in sababi va zarari aniqlanmoqda. Hodisa oqibatida tan jarohat olganlar va halok bo‘lganlar yo‘q.

Xitoyda sodir bo‘lgan zilzila O‘zbekiston hududlarida ham sezildi

Xitoyda sodir bo‘lgan 5,2 ballik zilzila O‘zbekiston hududlarida ham sezildi. Farg‘ona vodiysida uning kuchi 3 balni tashkil etdi.

Bir kunda koronavirus aniqlangan bemorlar soni 140 nafarga yaqinlashdi

O‘zbekistonda koronavirus yuqtirganlarning kunlik soni yana ortib, yakshanba kuni respublikada 137 kishida (bir kun avval 129 kishi) koronavirus aniqlandi. Kasallik yuqtirganlarning eng ko‘pi poytaxtda (81 kishi).

Banklar dollarni 11 300 so‘mdan sotishni boshladi

28 noyabr kuni tijorat banklari 1 AQSh dollarini 11 300 so‘mdan sotishni boshladi. Sotib olish esa 11 210 — 11 280 so‘m oralig‘ida.

«Gazeta.uz»da e’lon qilingan maqola:

«Bu mustaqillik deklaratsiyasi ham emasdi». Amerikalik tarixchi Adib Xolid bilan Turkiston muxtoriyati haqida suhbat

Bundan 105 yil avval Qo‘qonda Turkiston muxtoriyati e’lon qilingan edi. Ammo oradan hech qancha o‘tmay hammasi tugatiladi — harakat qonga botiriladi. «Gazeta.uz» sana munosabati bilan amerikalik tarixchi olim Adib Xolidga yuborgan savollariga qisqa, lo‘nda javoblar oldi.