Issiqxonalarning gazdan qarzdorligi uchun penya 2023 yil 1 aprelgacha hisoblanmaydi

Prezident qarori bilan issiqxona xo‘jaliklariga gaz to‘lovini o‘z vaqtida amalga oshirmaganlik uchun penya 2022 yil 1 oktabrdan 2023 yil 1 aprelgacha hisoblanmaydi. Issiqxona xo‘jaliklarini aylanma mablag‘ bilan ta’minlash uchun banklar tomonidan 1 yil muddatga 6 oylik imtiyozli davr bilan kredit ajratiladi.

Andijonda o‘quvchilarga viloyat hokimi savollariga «shukronalik hissi bilan javob berish» buyurildi

Jalaquduq tumanidagi maktabda «Hokim va yoshlar» uchrashuvida ustozlardan o‘quvchilari hokim savollariga «shukronalik hissi bilan javob berishi» so‘ralgan xabar tarqaldi. XTV matbuot kotibi o‘qituvchilardan bunday narsalarni talab qilmaslikni so‘radi. Tuman hokimligi esa bunday topshiriq berilmaganini aytdi.

O‘zbekiston va Qirg‘iziston Andijon suv omborini birgalikda boshqaradi

O‘zbekiston TIV rahbari Vladimir Norov qirg‘izistonlik hamkasbi Jeenbek Kulubayev bilan Andijon (Kampir-Obod) suv ombori bo‘yicha bitimni imzoladi. Bundan tashqari, vazirlar prezident Shavkat Mirziyoyevning Qirg‘izistonga tashrifiga tayyorgarlik ko‘rish masalasini ham muhokama qildi.

«Boshqalar O‘zbekistonni o‘z ta’sir doirasi ostiga olishni istaydi. Biz esa teng hamkorlikni xohlaymiz» — Germaniya TIV rahbari

Germaniya TIV rahbari Annalena Berbok O‘zbekistonga tashrifi chog‘ida, uning kelishi — O‘zbekiston va Qozog‘iston uchun hamkorlikni kengaytirish uchun signal ekanini ta’kidladi. Shuningdek, u Markaziy Osiyoda Rossiya va Xitoy ta’sirining to‘g‘ridan-to‘g‘ri ortishiga yo‘l qo‘ymaslikka chaqirdi.

2023 yil 1 iyuldan suv va salqin ichimliklarni majburiy raqamli markirovkalash boshlanadi

Suv va salqin ichimliklarni majburiy raqamli markirovkalash tizimi 2023−2024 yillarda bosqichma-bosqich joriy qilinadi. Birinchi bosqich 2023 yilning 1 iyulidan boshlanadi.

«G‘ishtko‘prik» postining o‘tkazuvchanlik quvvati oshiriladi (foto)

Qozog‘iston bilan chegarada joylashgan «G‘ishtko‘prik — Jibek joli» nazorat-o‘tkazish punktini modernizatsiya qilish ishlari boshlandi. Postga olib boruvchi yo‘l ham ta’mirlanadi. Ta’mirlash ishlari vaqtida post yopilmaydi.

13 noyabr kuni O‘zbekiston bo‘ylab «Yangi nafas» yugurish musobaqalari o‘tkaziladi

O‘zbekiston davlat bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan 13 noyabrda mamlakatning 15 ta shahri va poytaxtning uch nuqtasida ommaviy yugurish musobaqalari bo‘lib o‘tadi. Buning uchun homiylar va davlat budjeti hisobidan 3 mlrd so‘mdan ko‘proq mablag‘ ajratildi.

Wizz Air aviakompaniyasi Abu-Dabi — Toshkent reyslarini yo‘lga qo‘yadi

Yanvar oyining oxiridan Vengriyaning Wizz Air aviakompaniyasi Abu-Dabi — Toshkent reyslarini yo‘lga qo‘yishni rejalashtiryapti. Samolyot haftasiga uch marta — dushanba, chorshanba va juma kunlari uchadi. Avvalroq WizzAir Abu Dhabi BAA poytaxtidan Samarqandga parvozlarni amalga oshirishi xabar qilingandi.

O‘zbekistonliklarni haqorat qilgani uchun «Indorama agro» xodimiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

«Indorama agro»ning hindistonlik ishchisi Telegram`dagi guruhda O‘zbekiston fuqarolari va pasportini haqorat qilgani aytilmoqda. IIV unga nisbatan jinoyat ishi ochilganini ma’lum qildi. Gumondorning aybi isbotlansa, jarimaga tortilishi yoki ahloq tuzatish ishlari bilan jazolanishi mumkin.

Pskent tumani prokurori yordamchisi pora bilan ushlandi

Pskent prokurori yordamchisi 1500 dollar olayotgan vaqtda qo‘lga olindi. Ma’lum qilinishicha, u sudya orqali sudlanuvchiga yengil jazo tayinlanishiga erishishni va’da qilgan.

Geografik obyektlarga nom berishda aholining fikri o‘rganiladi

Prezident imzolagan qonunga ko‘ra, geografik obyektlarga jahon tarixida chuqur iz qoldirgan shaxslarning ismi-sharifini berishga yo‘l qo‘yiladi. Geografik obyektlarga nom berish va ularning nomlarini o‘zgartirish to‘g‘risida takliflar tayyorlash jarayonida mahalliy aholining fikri hisobga olinadi.

Samarqandda 4 nafar egizak tug‘ildi

Samarqandda 32 yoshli ayol 4 nafar egizak (2 o‘g‘il, 2 qiz) farzandli bo‘ldi. Jarrohlik amaliyoti bilan bajarilgan tug‘ruq jarayonidan so‘ng, Sog‘liqni saqlash vazirligi ona va bolalarni nazoratga oldi.

O‘zbekistonda jahon telekanallari efirga uzatila boshladi

O‘zbekistonliklarda endi Rossiya televideniyesiga muqobil variant bor. IP-televideniye operatorlari paketi qatoridan BBC, CNN, Bloomberg, France 24, Xitoyning CGTN, Turkiyaning TRT Avaz, «Belarus 24» telekanallari ham o‘rin oldi.

Toshkent shahar va 4 ta viloyat qurilish bosh boshqarmasiga yangi rahbarlar tayinlandi

Toshkent shahri, Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo va Farg‘ona viloyatlarining qurilish bosh boshqarmasiga yangi rahbarlar tayinlandi. Namangan viloyati qurilish bosh boshqarmasining boshlig‘i o‘z arizasiga asosan ishdan olindi.

Andijonda «Moskvich» bosib ketgan 9 yoshli bola vafot etdi

Andijon viloyati Ulug‘nor tumanida tirkamaga osilib chiqmoqchi bo‘lgan 3-sinf o‘quvchisi mashina tagida qolib, vafot etdi.

YeTTB 18 ming talabaga yotoqxonalar qurish bo‘yicha maslahat xizmatini ko‘rsatadi

Oliy ta’lim vazirligi talabalarga $115 mln qiymatidagi 18 ming o‘rinli 17 ta yotoqxona qurishga Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankini maslahatchi sifatida jalb qilmoqda. Bank turar-joylarni qurish uchun investorlarni topishda yordam beradi.

O‘zbekistonda kripto-do‘kon faoliyatini tashkil etish va amalga oshirish tartibi tasdiqlandi

Adliya vazirligida kripto-do‘kon tashkil etish va uning faoliyatini tartibga solish qoidalari ro‘yxatdan o‘tkazildi. Unga ko‘ra, kripto-do‘kon elektron platforma va savdo obyekti orqali mijozlarga xizmat ko‘rsatishi mumkin bo‘ladi. Qonunchilikda bunday faoliyat turi uchun har oy 6 mln so‘m to‘lov belgilangan.

«Gazeta.uz»da e’lon qilingan maqolalar:

JCH-2022: Faqat sof pragmatizm, hech qanday siyosat yo‘q

«Gazeta.uz» futbol bo‘yicha 2022 yilgi Jahon chempionati boshlanishiga haftalar, kunlarni sanashda davom etmoqda. «B» guruhi bilan tanishtirsak: Eron va AQSh pley-off yo‘llanmasi uchun kurashadi, Uels terma jamoasi 64 yillik tanaffusdan so‘ng qaytmoqda, Angliya esa muxlislarni zeriktirmaslikka harakat qiladi.