O‘zbekistonga 90 ming doza “Sputnik V” vaksinasi olib kelindi

Toshkentga Rossiyadan “Sputnik V” vaksinasining 70 ming dozalik 1-komponenti, 20 ming dozalik 2-komponentini yetkazib berildi.

Toshkentdagi ommaviy to‘planishga sababchi bo‘lgan rossiyalik bloger jarimaga tortildi

Amir Temur xiyobonida 150−200 ga yaqin fuqarolar to‘planishiga sababchi bo‘lgan rossiyalik bloger Subxan Mamedov (Subo) ma’muriy javobgarlikka tortildi. Unga 1 mln 225 ming miqdorida jarima jazosi tayinlandi.

“AQShning Markaziy Osiyo mamlakatlari mustaqilligini qo‘llab-quvvatlashdagi pozitsiyasini qadrlaymiz” — Abdulaziz Kamilov

“Markaziy Osiyo Mamlakatlari — AQSh” formati mintaqada hamkorlikni rivojlantirishning noyob modeli hisoblanadi. U iqtisodiyot, energetika va savdo sohasidagi aloqalarni yaxshilashga, xavfsizlikka tahdidlarga birgalikda javob berishga yordam berdi, deya ta’kidladi O‘zbekiston TIV rahbari Abdulaziz Kamilov.

O‘zbekiston oltin zaxirasi bo‘yicha dunyoda 17-o‘rinni egalladi

O‘zbekiston Markaziy banki oltin zaxirasi bo‘yicha dunyoda 17-o‘rinni egalladi. Mamlakat oltin-valyuta zaxirasining 60,5 foizi oltinda. Birinchi o‘rinni 8,1 ming tonna zaxiralari bilan yana AQSh egallamoqda. Oltin sotib olish bo‘yicha eng faol markaziy banklar beshtaligiga O‘zbekiston ham kirgan.

Otabek Sattoriy ishi: sud hukmi o‘z kuchida qoldirildi

Apellyatsiya sudi avvalroq 6,5 yilga ozodlikdan mahrum qilingan surxondaryolik bloger Otabek Sattoriy uchun jazo muddatini o‘z kuchida qoldirdi. Blogerga ikkita uyi qaytariladi.

Shavkat Mirziyoyev Xitoy tashqi ishlar vazirini qabul qildi

O‘zbekiston prezidenti Xitoy tashqi ishlar vaziri Van Ini qabul qildi. Uchrashuvda Afg‘onistondagi vaziyat yuzasidan fikr almashilgan.

Abdulla Azizov davlat xizmatchilarining dam olish kunlari ishlashi haqida

Sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari Abdulla Azizov O‘zbekiston endi oyoqqa turayotganini, shuning uchun davlat xizmatchilari dam olish kunlari ham ishlashga majburligini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bitta odamga bog‘lanib qolgan boshqaruv tizimdan bosqichma-bosqich voz kechish kerak.

Toshkentda xalqaro forum sababli tirbandliklar yuzaga kelmoqda

Toshkentning markaziy ko‘chalari xalqaro konferensiyaga tashrif buyurgan delegatsiyalar sababli vaqti-vaqti bilan yopilmoqda. Ularga tutash ko‘chalarda katta tirbandliklar yuzaga kelmoqda. Haydovchilarga navigatorlarga qarab harakatlanish, jamoat transporti yo‘lovchilariga esa manzilga borish uchun odatdagidan uzoqroq vaqt ketishini inobatga olish tavsiya etiladi.

Hukumat emlanmaganlarning erkini cheklashi kerak — Alisher Qodirov

“Milliy tiklanish” partiyasi rahbari Alisher Qodirov ta’kidlashicha, tashkilotlarda majburiy emlash tizimini yo‘lga qo‘yish mumkin. Bundan tashqari, u vaksina olmagan fuqarolarning erkini cheklash kerakligini aytdi. “Bizning ishonchimiz bilan vakolatli bo‘lgan hukumat, epidemiologik xavfsizlikni ta’minlash maqsadida, emlanmaganlarning erkini cheklashi kerak”, — deydi Alisher Qodirov. Avvalroq, deputat Rasul Kusherbayev ham “ommaviy emlashni ixtiyoriylikdan majburiylikka o‘tkazish kerakligi"ni ta’kidlagan edi.

Toshkentda Markaziy Osiyo xalqaro instituti ochildi

Toshkentda Markaziy Osiyo xalqaro institutining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ushbu muassasa mintaqaviy hamkorlik istiqbollarini ekspertlar muhokama qiladigan maydonga aylanadi.

Qashqadaryoda bemordan 5000 so‘m so‘ragani uchun bo‘shatilgan feldsher ishga qayta tiklandi

Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumani yuqumli kasalliklar shifoxonasi xodimi bemorni ro‘yxatga olish uchun 5000 so‘m so‘ragani uchun ishdan bo‘shatilgan edi. “Adolat” SDP Chiroqchi tuman Kengashi raisi Sobir Axmedov va mutasaddi tashkilotlar hamkorligida olib borilgan tushuntirish ishlari natijasida feldsher ishga qayta tiklandi.

“Bizda svet avval „tekin“ edi, lekin bo‘lmagan. Hozir svet qimmat, lekin baribir yo‘q” — Otabek Bakirov Gruziya jamoat transporti, svet va gaz tizimi haqida

Iqtisodchi Otabek Bakirov Gruziya jamoat transporti, ekologiyasi hamda svet va gaz tizimi haqida fikr bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi 5−6 yil davomida O‘zbekistonning yirik shaharlaridagi asosiy ikki muammo jamoatchilik makoni yo‘qligi va jamoatchilik transportidagi inqiroz. Bakirov Gruziyadagi islohotlarning O‘zbekistondagi bilan farqini ikkala mamlakatdagi elektr energiyasidagi holat bilan qiyosladi.

Shavkat Mirziyoyev Ashraf G‘ani bilan uchrashdi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Afg‘oniston rahbari Ashraf G‘ani Toshkentdagi uchrashuvda afg‘on mojarosini harbiy yo‘l bilan hal qilishning imkoni yo‘qligi ta’kidlandi. Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Afg‘onistonda barqaror tinchlikka erishilishiga faol ko‘maklashishga tayyorligini tasdiqladi.