«xdp» tegli maqolalar


Surxondaryodagi gazeta XDP yetakchisini iste’foga chiqishga chaqirdi
9 sentabr 2023, 15:52

Surxondaryodagi gazeta XDP yetakchisini iste’foga chiqishga chaqirdi

“Surxon ovozi” gazetasi Xalq demokratik partiyasi yetakchisini iste’foga chiqishga chaqirdi. Bosh muharrirning birinchi sahifadagi maqolasida saylovda siyosiy raqobat bo‘lmagani, Ulug‘bek Inoyatov olgan 4 foiz ovoz esa sharmandali ekani aytiladi.

“Ijtimoiy davlat sari”. Ulug‘bek Inoyatovning saylovoldi dasturi
12 iyun 2023, 14:37

“Ijtimoiy davlat sari”. Ulug‘bek Inoyatovning saylovoldi dasturi

XDPdan prezidentlikka nomzod Ulug‘bek Inoyatov eng kam iste’mol xarajatlarini qonun darajasida belgilash, kommunal xizmatlar tariflari ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, tibbiy xizmatlarni raqamlashtirish, “maktab solig‘i”ni joriy etish kabi masalalarini o‘z saylovoldi dasturida ilgari surdi.

XDP O‘zbekiston prezidentligiga nomzod va uning dasturini tasdiqladi
29 may 2023, 14:46

XDP O‘zbekiston prezidentligiga nomzod va uning dasturini tasdiqladi

Ulug‘bek Inoyatov prezidentlik saylovlarida XDPdan nomzod sifatida tasdiqlandi. Partiya qurultoyida nomzodning qimmat mol-mulk uchun soliq joriy etish, sudlov hay’ati institutini tashkil qilish va boshqalarni nazarda tutuvchi dasturi ham tasdiqlandi.

XDP Ulug‘bek Inoyatovni prezidentlikka nomzod sifatida ma’qulladi
12 may 2023, 11:46 1

XDP Ulug‘bek Inoyatovni prezidentlikka nomzod sifatida ma’qulladi

Xalq demokratik partiyasidan partiya raisi Ulug‘bek Inoyatov prezidentlikka nomzod sifatida Qurultoyda ko‘rib chiqish uchun ma’qullandi.

Daraxtlarni noqonuniy kesganlik uchun javobgarlikni yanada kuchaytirish taklif qilinmoqda
6 iyun 2022, 19:09

Daraxtlarni noqonuniy kesganlik uchun javobgarlikni yanada kuchaytirish taklif qilinmoqda

O‘zbekistonda noqonuniy daraxt kesganlik uchun jarimalar miqdorini oshirish hamda o‘n besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olish chorasini belgilash taklif qilinmoqda.

«Sabablari asosli ochib berilmagan». XDP fraksiyasi YPX xodimlarini suratga olishni taqiqlashga oid qonun loyihasini rad etdi
30 may 2022, 18:59

«Sabablari asosli ochib berilmagan». XDP fraksiyasi YPX xodimlarini suratga olishni taqiqlashga oid qonun loyihasini rad etdi

IIV YPX xodimlarini suratga olib internetda tarqatganlik uchun 15 mln so‘m jarima yoki 15 sutka ma’muriy qamoq bilan jazolashga oid qonun loyihasini Qonunchilik palatasiga kiritdi. XPD fraksiyasi takliflar bo‘yicha sabablar asosli ochib berilmaganligi uchun mazkur qonunni birinchi o‘qishda ko‘rib chiqishni rad etib, uni kun tartibidan chiqarib tashladi. Bu xodimlarni tasvirga olishni taqiqlashga bo‘lgan navbatdagi urinish, avvalroq vazirlik taklif etgan hukumat qarori loyihasi jamoatchilik e’tirozlariga sabab bo‘lgandi.

«„Yangi O‘zbekiston Strategiyasi“ xalqimiz qalbidan chuqur o‘rin egalladi» — Vorisova Mirziyoyevni g‘alaba bilan tabrikladi
25 oktabr 2021, 19:08

«„Yangi O‘zbekiston Strategiyasi“ xalqimiz qalbidan chuqur o‘rin egalladi» — Vorisova Mirziyoyevni g‘alaba bilan tabrikladi

XDPdan nomzod Maqsuda Vorisova Shavkat Mirziyoyevni prezidentlik saylovida g‘olib bo‘lgani bilan tabrikladi. U «saylov natijalarini to‘la-to‘kis tan olishini» aytdi. «Shavkat Mirziyoyev tomonidan ishlab chiqilib, e’lon qilingan „Yangi O‘zbekiston Strategiyasi“ xalqimizning qalbidan chuqur o‘rin egalladi», — deya qo‘shimcha qildi Maqsuda Vorisova.

Maqsuda Vorisova prezidentlik saylovlarida ovoz berdi
24 oktabr 2021, 10:45

Maqsuda Vorisova prezidentlik saylovlarida ovoz berdi

Xalq demokratik partiyasidan nomzod Maqsuda Vorisova prezidentlik saylovlarida o‘z ovozini berdi.

XDP deputati Shavkat Mirziyoyevning ishonchli vakili bo‘ldi
23 sentabr 2021, 11:30

XDP deputati Shavkat Mirziyoyevning ishonchli vakili bo‘ldi

Xalq demokratik partiyasi deputati Ra’no Turdiboyeva O‘zLiDePdan prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyevning ishonchli vakili bo‘ldi. XDP axborot xizmatining “Gazeta.uz"ga ma’lum qilishicha, Ra’no Turdiboyeva 3 oy avval partiya a’zoligidan chiqqan.

«Barchaga g‘amxo‘rlik — davlatning burchi!» — XDP nomzodi Maqsuda Vorisovaning saylovoldi dasturi
9 sentabr 2021, 16:47

«Barchaga g‘amxo‘rlik — davlatning burchi!» — XDP nomzodi Maqsuda Vorisovaning saylovoldi dasturi

Xalq demokratik partiyasi nomzodi Maqsuda Vorisova saylovoldi dasturini e’lon qildi. Prezidentlikka nomzod pensiya tayinlash tizimini isloh qilish, qimmatbaho mulklarga «hashamat solig‘i»ni joriy etish, shifokorlarning ish haqini 3 barobarga oshirish, 6 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarni bepul 100 foiz maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish, xususiy shifoxonalarda 25% bepul tibbiy xizmat ko‘rsatish kabi takliflarni ilgari surdi. Nomzodning to‘liq dasturi.

Tashkent City`ga kirish bepul bo‘lishi shart — XDP
17 avgust 2021, 16:46

Tashkent City`ga kirish bepul bo‘lishi shart — XDP

Xalq demokratik partiyasi ta’kidlashicha, Tashkent City majmuasiga pul to‘lab kirish — Konstitutsiya tamoyillariga zid va jamiyatda tabaqalashuvga olib keladi. «O‘zbekistonda moliyaviy belgilarga, shuningdek, ayrim imtiyozlarga ko‘ra tabaqalanishga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Shuning uchun Tashkent City`ga kirish bepul bo‘lishi shart», — deyiladi xabarda.

XDP prezidentlik saylovlariga Maqsuda Varisovani nomzod sifatida ko‘rsatmoqchi
7 avgust 2021, 11:06 1

XDP prezidentlik saylovlariga Maqsuda Varisovani nomzod sifatida ko‘rsatmoqchi

Qonunchilik palatasi deputati Maqsuda Varisova oktyabr oyidagi prezidentlik saylovlarida «Xalq» demokratik partiyasining nomzodi sifatida qatnashishi kutilmoqda.

«To‘lovni kechiktirgan fuqaro jarima to‘laydi, lekin ogohlantirishsiz elektr ta’minotini uzgan ta’minotchiga chora ko‘rilmaydi» — deputat
8 iyul 2021, 16:01

«To‘lovni kechiktirgan fuqaro jarima to‘laydi, lekin ogohlantirishsiz elektr ta’minotini uzgan ta’minotchiga chora ko‘rilmaydi» — deputat

Qonunchilik palatasi deputati Maqsuda Vorisova barcha kommunal xizmatlar uchun aholi va ta’minotchi o‘rtasida tuziladigan shartnomalar qayta ko‘rib chiqilishi kerakligini ta’kidladi. «Elektr ta’minoti uchun to‘lovni 5 kunga kechiktirgan fuqaro jarima to‘laydi yoki ta’minotdan uzib qo‘yiladi. Lekin hech qanday ogohlantirishsiz elektr ta’minoti to‘xtatilsa yoki kuchlanish ortib ketgani sababli xonadonlardagi elektr asboblar ishdan chiqsa, ta’minotchiga chora ko‘rishning imkoni yo‘q», — dedi u.

XDP Samarqand viloyat kengashiga O‘zLiDeP deputati rais etib saylangan — OAV
5 may 2021, 14:29

XDP Samarqand viloyat kengashiga O‘zLiDeP deputati rais etib saylangan — OAV

XDP Samarqand viloyat kengashiga O‘zLiDeP deputati rais etib saylanganligi, partiya xodimlari buni sharmandalik deb baholashayotgani aytilmoqda. XDP bergan bayonotga ko‘ra, deputat partiyaning viloyat kengashi rahbari etib saylanishidan oldinroq fevral oyida XDP a’zoligiga qabul qilingan. U O‘zLiDeP a’zoligidan chiqqarilganligi ham ta’kidlanmoqda.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting