Qashqadaryo viloyati 1-sonli asab-ruhiy kasalliklar dispanseri bosh shifokori vazifasini bajaruvchi shaxs fuqaroning kasallik tarixini to‘ldirib, uni ruhiy kasal sifatida qayd etish uchun 4,3 mln so‘m olayotgan vaqtida gumondor sifatida qo‘lga olindi.
Tarmoqlarda Qashqadaryodagi tug‘uruqxona xodimlarining bemorlardan pul ta’ma qilayotgani aks etgan video tarqaldi. SSV tug‘uruq bo‘limi akusher-ginekologi va doya ishdan bo‘shatilganini ma’lum qildi. Holat yuzasidan huquq-tartibot idoralari tomonidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
Senatorlar tibbiyot xodimlari faoliyatiga to‘sqinlik qilganlik uchun ma’muriy javobgarlikni joriy etishni ma’qulladi — BHMning 5−10 miqdorida jarima yoki 15 sutkagacha qamoq. Avvalroq SSV shifokorlarga qilingan hujumni jinoiy javobgarlikka tortishni taklif qilgandi.
Prezident farmoni bilan 1 iyundan boshlab davlat tibbiyot muassasalaridagi tibbiyot, farmatsevtika va boshqa xodimlarining oylik lavozim maoshlari oshiriladi. Bir qancha ustamalar ham joriy etiladi. 1 sentabrdan boshlab tibbiy-profilaktika muassasalari xodimlari ilmiy daraja uchun maoshining 30 foizidan 60 foizigacha qo‘shimcha oylik oladi.
Konstitutsiyaga o‘zgartirishlar kiritishni taklif qilgan Shavkat Mirziyoyev, 2025 yilgacha QQS va bojxona bojidan ozod qilingan import tibbiy jihozlar, ish vaqti soat 20:00 gacha uzaytirilgan poliklinikalar, Ohangaronda 20 ming dollar pora olayotganda ushlangan hokimlik xodimi, ayrim shifokorlarga belgilanadigan 100 foizgacha oylik ustama, Samarqand aeroporti ochilgani, Navro‘zda qor yog‘ishi va boshqalar — «Gazeta.uz» ning 18 martdagi eng muhim xabarlari dayjestida.
Navoiy viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi Nevrologiya bo‘limi mudiri bemor bolaning onasini kasallik varaqasini berish evaziga jinsiy aloqa qilishga majburlab kelganlikda gumonlanib, hibsga olingandi. Mazkur voqea ortidan xodimlari ustidan yetarli nazorat o‘rnatmagani uchun tibbiyot markazi direktori ishdan bo‘shatildi.
Kasbi tumani tibbiyot birlashmasi boshlig‘i o‘rinbosari fuqaroning o‘g‘liga nogironlik nafaqasini chiqarib berishni va’da qilib, buning evaziga 500 ming so‘m pora olgani aytilmoqda. Kitob tuman sudi shifokorni aybli deb topib, unga 5 yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinladi.
Shavkat Mirziyoyev navbatdagi ochiq muloqotni tibbiyot sohasi vakillari, jumladan, olimlar, shifokorlar, farmatsevtlar, hamshiralar va tizim xodimlari bilan o‘tkazadi. Shundan kelib chiqib, SSV aholi va tibbiyot xodimlarining taklif, muammo va kamchiliklarini o‘rganish maqsadida maxsus «Call-markaz»ni ishga tushirdi.
2025 yilga borib, oliy toifali o‘qituvchilarning oylik maoshini ekvivalent hisobida 1ming dollarga yetkazish choralari ko‘riladi, deya ma’lum qildi Shavkat Mirziyoyev inauguratsiya marosimidagi nutqida. 2020 yilda xalq ta’limi tizimida 13407 nafar oliy toifali o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatayotgan edi, bu umumiy o‘qituvchilar sonining 2,8 foizdan kamini tashkil etadi. E’lon qilingan ko‘rsatkichga erishish uchun ularning ish haqini qariyb 3,5 barobarga oshirish kerak.
Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona viloyati saylovchilari bilan uchrashuvda, agar prezidentlikka saylansa, alohida ta’lim dasturi qabul qilinishini va’da qildi. “Men muallimning maoshini 1000 dollarga yetkazmaguncha to‘xtamayman”, — dedi u. Prezidentlikka nomzod tibbiyotda yangi tartibni joriy etish rejalari haqida ham gapirdi. Unga ko‘ra pul kasalxonalarga emas, balki bemorlarning o‘ziga ajratiladi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev pandemiyani jilovlashda fidoyilik ko‘rsatgan bir guruh shifokorlar, IIV, FVV, Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiya xodimlari va boshqalarni faxriy unvon, orden va medallar bilan mukofotlash to‘g‘risidagi farmonni imzolaganini ma’lum qildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting