«shakar» tegli maqolalar


“Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kirganlar sotib olganda QQS qaytariladigan tovarlar ro‘yxati kengaydi
10 yanvar 2024, 17:30

“Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kirganlar sotib olganda QQS qaytariladigan tovarlar ro‘yxati kengaydi

“Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan jismoniy shaxslarning xaridlari uchun QQS qaytarib beriladigan tovarlar ro‘yxatiga un, shakar, dori vositalari va tibbiy xizmatlar ham kiritildi.

O‘zbekistonda 1-apreldan gazli va energetik ichimliklarga aksiz solig‘i joriy etiladi
4 yanvar 2024, 19:54

O‘zbekistonda 1-apreldan gazli va energetik ichimliklarga aksiz solig‘i joriy etiladi

1-apreldan tarkibida shakar bo‘lgan gazlangan ichimliklar litri uchun 500 so‘m, energetik ichimliklar uchun 2000 so‘m miqdorida aksiz solig‘i joriy etiladi. Avvalroq ichimlik ishlab chiqaruvchilar ularning investitsion rejalariga ta’sir qiluvchi bu chora oldindan muhokama qilinmaganiga e’tiroz bildirgandi.

Ichki bozorlarda shakarning chakana narxi yil boshiga nisbatan 10 foizga pasaydi — Raqobat qo‘mitasi
5 iyul 2023, 15:11

Ichki bozorlarda shakarning chakana narxi yil boshiga nisbatan 10 foizga pasaydi — Raqobat qo‘mitasi

O‘zbekistonda shakarning chakana narxi ichki bozorlarda yil boshiga nisbatan 10 foizga arzonlashdi. Yanvar-iyun oylarida birja savdolariga jami 336,7 ming tonna shakar qo‘yilib, uning 83 foizi sotilgan.

O‘zbekistonda shakar zaxirasi mavjud va hech qanday xavotirga o‘rin yo‘q — Raqobat qo‘mitasi
19 aprel 2023, 12:44

O‘zbekistonda shakar zaxirasi mavjud va hech qanday xavotirga o‘rin yo‘q — Raqobat qo‘mitasi

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi mamlakatda zarur darajada shakar mavjudligi va hech qanday xavotirga o‘rin yo‘qligini bildirdi. Unga ko‘ra, shakar xomashyosi Braziliyadan jahon narxiga nisbatan arzonroq xarid qilinmoqda, ehtimoliy xavf-xatarlar hukumat nazoratida.

Birjada shakar narxi 26,1 foizga arzonlashdi
14 iyun 2022, 14:09

Birjada shakar narxi 26,1 foizga arzonlashdi

Birjadagi uch savdo kuni yakunlari bo‘yicha shakarning o‘rtacha narxi 26,1 foizga — 1 kg uchun 10,7 ming so‘mgacha tushdi. Shu bilan birga, shakar zavodlari mazkur davrda taklif hajmini oshirmadi.

O‘zbekistonda shakar tanqisligi mavjud emas — Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi
2 iyun 2022, 10:48

O‘zbekistonda shakar tanqisligi mavjud emas — Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi

Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi shakar narxi o‘sishiga munosabat bildirib, bunga asosan logistikadagi muammolar va yoqilg‘i narxlarining o‘sishi ta’sir qilayotganini qayd etdi. Shunga qaramasdan, respublikada shakar tanqisligi mavjud emasligi, yil yakunigacha yetarli darajada zaxiralar yaratilgani ta’kidlanmoqda.

«Bu bizga ham ta’sir qilmay qolmaydi». Shavkat Mirziyoyev — dunyo bozoridagi vaziyat haqida
21 aprel 2022, 17:27

«Bu bizga ham ta’sir qilmay qolmaydi». Shavkat Mirziyoyev — dunyo bozoridagi vaziyat haqida

«Shakar zavodlarimiz ishlashi uchun xomashyoni Braziliyadan keltirar edik. Afsuski, hozirgi ayrim siyosiy vaziyatlar tufayli yo‘llar yopilib qolib, ishlar to‘xtadi», — deya ma’lum qildi prezident. U neft mahsulotlari 50 foiz, o‘simlik yog‘i esa 70 foizga qimmatlashganini qayd etdi. Shavkat Mirziyoyev narx oshishi va inflyatsiyaning odamlar hayotiga salbiy ta’sirining oldini olish uchun yanada ko‘proq harakat qilish kerakligini ta’kidladi.

«Hokimlar va prokurorlar qayoqqa qaragan?» — prezident shakar «ajiotaji» haqida
31 mart 2022, 17:41

«Hokimlar va prokurorlar qayoqqa qaragan?» — prezident shakar «ajiotaji» haqida

Shavkat Mirziyoyev Jizzax, Samarqand hamda Toshkent shahrida zaxiralar o‘z vaqtida tarqatilmagani sababli, shakar narxi keskin oshganini tanqid qildi. «Ushbu hududlarning hokimlari va prokurorlari qayoqqa qaragan?», — dedi u. Ta’kidlanishicha, Ramazon oyida narxlarning barqarorligini ta’minlash uchun tadbirkorlarga amaliy yordam ko‘rsatiladi.

Shakarning birja narxlari tushdi. Narxlar oshishiga «vahimachi tadbirkorlar» sababchi qilib ko‘rsatildi
24 mart 2022, 15:34

Shakarning birja narxlari tushdi. Narxlar oshishiga «vahimachi tadbirkorlar» sababchi qilib ko‘rsatildi

Oxirgi ikki savdo kunida shakarning birja narxi qariyb 30 foizga — 8735 so‘mgacha arzonlashdi. Xorazm shakar zavodi vakili narxlarning oshishida «vahima ichida katta hajmdagi mahsulotlarni sotib olib, narxlarning sun’iy ravishda oshishiga sabab bo‘lgan» tadbirkorlarni aybladi.

Shakarning birjadagi narxlari pasayishni boshladi
19 mart 2022, 00:43

Shakarning birjadagi narxlari pasayishni boshladi

18 mart kuni birja auksionlarida shakarning o‘rtacha qiymati o‘tgan kunga nisbatan 15,3 foizga — 1 kg uchun 11 921,9 so‘mdan 10 101,3 so‘mga arzonlashdi. Shu kuni 2100 tonna shakar sotildi. Xaridorlar soni ham ortdi.

Shakar zavodlari birja savdolariga qo‘yiladigan shakar hajmini oshirdi
18 mart 2022, 09:32

Shakar zavodlari birja savdolariga qo‘yiladigan shakar hajmini oshirdi

Mart oyi boshidan beri birja savdolarida shakar narxi 21,6% ga ko‘tarilib, bir kilogrami uchun 10 ming so‘mdan ziyodga yetdi. Vaziyatni barqarorlashtirish maqsadida shakar zavodlari tomonidan birja savdosiga qo‘yiladigan shakar hajmi o‘rtacha 30 foizga oshirildi. Rossiya, Qozog‘iston va Qirg‘izistonda, mamlakatlar rasmiylarining ma’lum qilishicha, spekulyatsiyalar va sun’iy ravishda yuzaga keltirilgan tanqislik natijasida mazkur mahsulotga bo‘lgan talab borasida ajiotaj kuzatilmoqda.

Rossiya shakar va g‘alla eksportini vaqtinchalik taqiqladi. Bu O‘zbekistonga qanday ta’sir qilishi mumkin?
15 mart 2022, 22:09

Rossiya shakar va g‘alla eksportini vaqtinchalik taqiqladi. Bu O‘zbekistonga qanday ta’sir qilishi mumkin?

14 mart kuni Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin shakar va don eksportini vaqtincha taqiqlash bo‘yicha farmonni imzoladi. Unga ko‘ra, shakar mahsulotlari eksporti 31 avgustgacha amal qiladi. Shuningdek, don mahsulotlarini YeOII mamlakatlariga olib chiqish ham 30 iyungacha taqiqlandi. Shakar eksportining cheklanishi O‘zbekistonga to‘g‘ridan-to‘g‘ri (biroq oz miqdorda) ta’sir qilsa, don eksportining cheklanishi Qozog‘iston orqali bilvosita ta’sir qilishi mumkin.

Shakar zavodlari bizga kerakmi?
8 fevral 2022, 18:00 1

Shakar zavodlari bizga kerakmi?

Proteksionizm har doim ta’kidlanganidek, yomon va zararli qaror. Uning qanchalar zararli ekanligini 2020−2021 yilgi shakar bozoridagi tendensiyalardan ham ko‘rish mumkin. Mahalliy ishlab chiqaruvchilarni himoya qilish iste’molchilarning kambag‘allashishiga olib kelishi haqida — «Gazeta.uz» kolumnisti Mirkomil Xolboyev maqolasida.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting