Samarqanddagi kafelardan birining yosh xodimi keksa odamni masxara qilganini videoga olib, TikTok ijtimoiy tarmog‘iga joylashtirdi. IIB u bilan profilaktik suhbat o‘tkazib, ma’muriy bayonnoma tuzdi.
Bayram kunlarida yo‘lovchilarni tashish maqsadida 17−23 mart kunlari Samarqand-Toshkent va 20−21 mart kunlari Toshkent-Qarshi yo‘nalishida qo‘shimcha poyezd qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi. Qolaversa, 20 martdan Shahrisabz-Samarqand yo‘nalishida tezyurar yo‘lovchi poyezd harakati ish boshlaydi.
Kattaqo‘rg‘onlik ayol qiziga o‘qituvchi tegajog‘lik qilganini aytgandi. Sud buning tuhmat ekanini bildirib, ayol va o‘qituvchi bilan yoqalashgan qizning otasiga jarima belgiladi.
Oqdaryo tumanida 18 yoshli talaba qiz ko‘prikdan o‘zini daryoga tashlab, halok bo‘ldi. Uning o‘lim sababini aniqlash uchun sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlandi.
Samarqand shahrida Nexia-3 haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, qurilishi tugallanmagan bino yerto‘lasiga tushib ketdi. Oqibatda u yengil jarohat oldi. YTH bo‘yicha surishtiruv olib borilmoqda.
Samarqandda o‘zini taksichi deb tanishtirgan 38 yoshli mast erkak 14 yoshli qizni olib qochdi. Viloyat IIBga ko‘ra, u pastga tushib, g‘ildiraklarga qarayotgan vaqtida qiz mashinadan qochishga erishgan. Ayni paytda erkak ushlangan bo‘lib, unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Samarqand filiali yuristi ayol hamkasbini to‘shakka taklif etib, unga tahdid qilishi ortidan ishdan olingandi. Viloyat prokuraturasiga ko‘ra, yurist juda ko‘p miqdorda o‘zlashtirish va hujjatlarni qalbakilashtirish kabi jinoyatlarda gumonlanib, qamoqqa olindi.
Samarqand shahrida sobiq ichki ishlar xodimi fuqarodan ishini hal qilib berish evaziga 5000 dollar olishda gumonlanib ushlandi. Tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.
Jomboy tumanida fuqarolarni qo‘rqitib, yalang‘och holatda tasvirga tushirish va ulardan pul undirish bilan shug‘ullangani aytilgan ayol va sportchilar ushlandi. Samarqand IIB ular bir yigitni shantaj qilib, 1500 dollar olayotganda qo‘lga tushganini ma’lum qildi.
Bulung‘ur tumanidagi 74 yillik kutubxona yopilib, bino auksionda sotib yuborilgani va xodimlar ishsiz qolgani haqida xabar tarqalgandi. Samarqand davlat arxitektura va qurilish universiteti bino eskirgani uchun yopilishi, kitoblar makulaturaga topshirilmasligi va xodimlar ishsiz qolmasligini bildirdi.
Bulung‘ur tumanidagi 13-maktabda bolalarga ta’mirtalab xonada yaroqsiz doskada dars o‘tildi. Samarqand XTB doska yangisiga almashtirilganini ma’lum qildi.
«Hududiy elektr tarmoqlari» AJning Samarqand hududiy filiali yuristi shu yerda direktor o‘rinbosari sifatida ishlovchi ayolni to‘shakka taklif qilgani, rozi bo‘lmasa, unga qarshi jinoyat ishi ochish bilan qo‘rqitgani aytilmoqda. Viloyat hokimi o‘tkazgan yig‘ilishda yurist ishdan olindi. Ayolning murojaati o‘rganilmoqda.
Urgut tumanidagi maktabda direktor o‘quvchini urgani oqibatida bolaning quloq pardasi yirtilgandi. Sud hukmiga ko‘ra, sobiq direktorga nisbatan 2 yilga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi. Shuningdek, uning 3 yilga ta’lim sohasida mansabdor sifatida ishlashi taqiqlandi.
Sirdaryo viloyatidagi bir oilani 40 ming dollar evaziga AQShga yuborishini va’da qilgan shaxs qo‘lga olindi. O‘tkazilgan tezkor tadbir davomida u fuqarodan 12 ming dollar olayotgan vaqtida ushlandi. Holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Samarqand shahridagi gaz quyish shoxobchasida Nexia-3 mashinasi gaz ballonining yorilib ketishi tufayli portladi. Oqibatda MCHJ ishchisi kuyish jarohatini olib, voqea joyida halok bo‘ldi.
Samarqand shahrida 7,6 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan mehmonxona aniqlangani aytilmoqda. Ushbu hajmdagi elektr energiyasi o‘rtacha 85 mingta xonadonning bir oylik iste’molini tashkil qiladi.
Payariq tumanidagi Chelak shifoxonasi xodimlari o‘rtasida janjal sodir bo‘ldi. Tarmoqlarda shifoxona bosh shifokorining o‘g‘li va kelini ikki hamshirani urib, jarohat yetkazgani aytilmoqda. Janjalda tan jarohati yetkazishda gumonlanayotgan fuqaroga jinoyat ishi ochildi.
Samarqandda fuqarolarni Yevropa va Meksika orqali AQShga yuborishni va’da qilib, 27 ming dollar talab qilganlikda gumonlanayotgan 2 nafar shaxs qo‘lga olindi. Ular yana bir kishidan 22 500 dollar olgani aytilmoqda.
FlyArystan aviakompaniyasi 18 martdan Olmaotadan Samarqandga parvozlarni tiklaydi. Jazeera Airways aviakompaniyasi esa Al-Kuvayt va Samarqandni 15 fevraldan to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar bilan bog‘laydi.
Samarqandda fuqaro 2 kg opiy giyohvandlik moddasini sotayotgan vaqtda qo‘lga olindi. Uning xonadoni tekshirilganda yana 8 kg shunday modda topildi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov olib borilmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting