27-may kuni Samarqand shahrida katta bosimdagi markaziy suv quvurida nosozlik yuzaga keldi. Bu haqda shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Cho‘pon ota suv inshootidan kelayotgan deametri 1000 mm lik katta bosimdagi magistral suv quvuri teshilishi oqibatida ko‘chalarni suv bosdi. 20 ta ko‘cha, shuningdek, ularga tutash mahalla va hududlarda ichimlik suvi vaqtinchalik to‘xtatildi.

“Samarqand suv ta’minoti"ning ma’lum qilishicha, ushbu suv quvuri o‘tgan asrning 80 yillarida qurilgan bo‘lib, bugungi kunda shahar aholisining katta qismiga suv yetkazib beradi.

Soat 21:00 hisobiga ko‘ra, nosozlikni bartaraf etish ishlari davom etmoqda. Shaharning tarmoqdan uzilgan hududlarida grafik asosida maxsus texnikalar orqali aholiga ichimlik suvi yetkazib berilmoqda.

Foto

magistral suv quvuri, samarqand, suv bosishimagistral suv quvuri, samarqand, suv bosishimagistral suv quvuri, samarqand, suv bosishimagistral suv quvuri, samarqand, suv bosishimagistral suv quvuri, samarqand, suv bosishi