O‘zbekistonda 2024-yilda FIFAning futzal bo‘yicha Jahon chempionati o‘tkazilishi munosabati bilan 24−26-may kunlari Samarqanddagi Registon maydonida ushbu musobaqaning qur’a tashlash jarayonlari bo‘lib o‘tadi. Bu haqda viloyat Turizm boshqarmasi xabar berdi.

Tashkilotning qayd etishicha, shu sababli Registon ansambliga kirishga cheklovlar joriy etilmoqda:

  • 24-may — soat 15:00 dan;
  • 25-may — soat 17:00 dan maydonga kirish to‘xtatiladi (Tillakori madrasasi kun bo‘yi yopiladi);
  • 26-may — majmua umuman tashrif buyuruvchilarni qabul qilmaydi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonning uch shahri — Toshkent, Buxoro va Andijon futzal bo‘yicha 2024-yilgi FIFA jahon chempionatiga mezbonlik qiladi.

Markaziy Osiyoda ilk bor o‘tadigan FIFA shafeligidagi musobaqada dunyoning eng kuchli 24 terma jamoasi futzal bo‘yicha jahon chempionligi uchun kurash olib boradi. Tarixda 10-bor tashkil etilayotgan musobaqa 14-sentabrdan 6-oktabrgacha davom etadi.