«raqamlashtirish» tegli maqolalar


Mahallalar raqamlashtirilib, “Xalq nazorati” platformasiga e’tibor kuchaytiriladi
20 dekabr 2023, 22:19

Mahallalar raqamlashtirilib, “Xalq nazorati” platformasiga e’tibor kuchaytiriladi

Prezident IT sohasiga doir yig‘ilishda mahalla qo‘mitalari xodimlari planshet va kompyuterlar bilan ta’minlansa ham, raqamli yechimlardan to‘liq foydalanilmayotganini tanqid qildi. “Raqamli mahalla” tizimini ishga tushirish, “Xalq nazorati” platformasini takomillashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

O‘zbekistonda “mahalla yettiligi” tashkil etildi. Tizim esa to‘liq raqamlashtiriladi
27 sentabr 2023, 10:18

O‘zbekistonda “mahalla yettiligi” tashkil etildi. Tizim esa to‘liq raqamlashtiriladi

Mahallalarning boshqaruv xodimlari soni soliqchi va ijtimoiy xodim qo‘shilishi hisobiga 5 tadan 7 taga ko‘paydi. Mahallaning o‘zida 70 dan ortiq masala, jumladan, moddiy yordam va kreditlar hal etiladi. Tizim esa to‘liq raqamlashtiriladi. Shuningdek, mahalla raisining vakolatlari kengayadi.

“O‘zbekneftgaz” — konlar va quduqlarni raqamlashtirish haqida
16 avgust 2023, 18:52

“O‘zbekneftgaz” — konlar va quduqlarni raqamlashtirish haqida

“O‘zbekneftgaz” konlarda quduq qazish jarayonidagi geologik xatarlarni kamaytirish, shuningdek, konlar, geologik va texnik ma’lumotlarni raqamlashtirish hisobiga 64,4 mln dollar iqtisodiy foyda ko‘rgani haqida ma’lumot berdi.

Xalq nazorati platformasi O‘zbekistonning yana 7 ta shahrida ishga tushadi
26 may 2023, 15:30

Xalq nazorati platformasi O‘zbekistonning yana 7 ta shahrida ishga tushadi

O‘zbekistonning yettita shahrida Xalq nazorati platformasi ishga tushiriladi, xalqaro IT sertifikatlarini olish xarajatlari davlat tomonidan qoplanadi hamda 47 turdagi ma’lumotning talab etilishi bekor qilindi.

Hududlarda Raqamli tashqi reklama portali ishga tushiriladi
23 fevral 2023, 11:22

Hududlarda Raqamli tashqi reklama portali ishga tushiriladi

Prezident raqamlashtirishni jadallashtirish uchun hududlarda Raqamli tashqi reklama portali ishga tushishini ma’lum qildi. Tashqi reklamadan tushgan pulning 20 foizi viloyatlarning o‘zida sohani rivojlantirishga yo‘naltiriladi.

O‘zbekistonda yangi avtomobillarni ro‘yxatdan o‘tkazish va davlat raqamlarini olish onlaynga o‘tkaziladi
22 fevral 2023, 20:40

O‘zbekistonda yangi avtomobillarni ro‘yxatdan o‘tkazish va davlat raqamlarini olish onlaynga o‘tkaziladi

O‘zbekistonda yangi avtomobillarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va raqam berishning elektron tizimini yaratish rejalashtirilmoqda. Prezident hali ko‘plab sohalar raqamlashtirilmaganini tanqid qildi. Masalan, odamlar «086-shakl» olish uchun har safar poliklinikaga murojaat qilishga majbur bo‘lmoqda.

Shavkat Mirziyoyev raqamlashtirishda kamchilikka yo‘l qo‘ygan tizimlarni sanadi
22 fevral 2023, 18:03

Shavkat Mirziyoyev raqamlashtirishda kamchilikka yo‘l qo‘ygan tizimlarni sanadi

Shavkat Mirziyoyev raqamlashtirish bo‘yicha xalqni rozi qiladigan tizim to‘liq yaratilmaganini tanqid qildi. Aholi eng ko‘p murojaat qiladigan ichki ishlar idoralarida 34 ta, adliyada 32 ta, sog‘liqni saqlashda 11 ta xizmat elektron shaklga o‘tkazilmaganini ta’kidladi.

Prezident mamlakatni raqamlashtirishning «yuragi»ga tashrif buyurdi (foto)
27 avgust 2022, 15:46

Prezident mamlakatni raqamlashtirishning «yuragi»ga tashrif buyurdi (foto)

Toshkent viloyati Zangiota tumanida «Elektron hukumat» tizimi ma’lumotlarini saqlash va qayta ishlash yagona markazi bunyod etildi. 20 petabayt xotiraga ega tizim ma’lumotlarni saqlash va texnik qo‘llab-quvvatlash xarajatlarini kamaytiradi. Prezident markazni mamlakatni raqamlashtirishning «yuragi» deb atadi.

Germaniya O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash tizimini raqamlashtirishga sarmoya kiritadi
25 avgust 2022, 09:53

Germaniya O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash tizimini raqamlashtirishga sarmoya kiritadi

O‘zbekiston️ va Germaniya o‘rtasida sog‘liqni saqlash tizimini raqamlashtirish bo‘yicha kelishuv imzolandi. Unga muvofiq, ️Germaniya taraqqiyot banki soha rivoji uchun O‘zbekistonga qariyb 62 mln yevro investitsiya kiritadi.

«Odamlar O‘zbekistonda korrupsiya yo‘qligiga ishonishi kerak» — prezident
29 may 2021, 13:16

«Odamlar O‘zbekistonda korrupsiya yo‘qligiga ishonishi kerak» — prezident

«Endi tizim bundan ham qattiq bo‘ladi, mana shuni bilinglar. Qonun ustuvor — jazo muqarrar bo‘lishi kerak. Odamlar O‘zbekistonda korrupsiya yo‘qligiga ishonishi kerak. Hamma hokim xulosa qilishi kerak», — deya ta’kidladi Shavkat Mirziyoyev. Prezident korrupsiyaning oldini olish uchun sohalarni raqamlashtirish zarurligini qayd etdi.

Sud hokimiyati organlari faoliyatini raqamlashtirish bo‘yicha dastur qabul qilindi
4 sentabr 2020, 11:35

Sud hokimiyati organlari faoliyatini raqamlashtirish bo‘yicha dastur qabul qilindi

Prezident sud hokimiyati organlarining faoliyatini raqamlashtirish bo‘yicha dasturni tasdiqladi. Yil oxiriga qadar sud majlislarida qatnashish imkoniyatini beruvchi mobil ilovani yaratish bo‘yicha ko‘rsatma berildi. 2021 yildan boshlab barcha sudlardagi majlislarni audioyozuvga yozib olish mumkin bo‘ladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting