«qizil kitob» tegli maqolalar


Toshkentda Qizil kitobga kiritilgan laylak va lochinlarni noqonuniy sotishga uringan erkak jarimaga tortildi
31 may 2023, 12:29

Toshkentda Qizil kitobga kiritilgan laylak va lochinlarni noqonuniy sotishga uringan erkak jarimaga tortildi

Yunusobod tumanida erkak O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan ikki laylak va ikkita lochinni sotmoqchi bo‘ldi. Qushlar Toshkent hayvonot bog‘iga topshirilib, erkak 3,3 million so‘m jarimaga tortildi.

“Surxon” qo‘riqxonasidan noyob Buxoro tog‘ qo‘yini olib ketishga uringan brakonerlar ushlandi
2 may 2023, 23:08

“Surxon” qo‘riqxonasidan noyob Buxoro tog‘ qo‘yini olib ketishga uringan brakonerlar ushlandi

“Surxon” davlat qo‘riqxonasidan Buxoro tog‘ qo‘yining bolasini noqonuniy olib ketishga uringan ikki erkak ushlandi. Tezkor reyd tadbiri davomida qo‘lga olingan huquqbuzarlar Qashqadaryoning Dehqonobod tumanida istiqomat qilishi aniqlandi. Ularga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

“Bu — vahshiylik”. Aziz Abduhakimov — Qashqadaryoda noyob ayiqning otib o‘ldirilgani haqida
13 aprel 2023, 14:32

“Bu — vahshiylik”. Aziz Abduhakimov — Qashqadaryoda noyob ayiqning otib o‘ldirilgani haqida

Tabiat resurslari vaziri Aziz Abduhakimov Qashqadaryoda noyob ayiq otib o‘ldirilganiga munosabat bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ayiq aslida aholiga xavf tug‘dirmagan, hokimiyatga esa uni o‘ldirmaslik haqida tavsiya berilgan. Vazirning fikricha, tabiatga bunday munosabat “vahshiylik” va juda katta jinoyat.

Jizzaxda oqqush ovlagan va bo‘ri so‘ygan fuqarolar aniqlandi
13 fevral 2023, 16:46

Jizzaxda oqqush ovlagan va bo‘ri so‘ygan fuqarolar aniqlandi

Jizzaxda Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi hududidan O‘zbekiston «Qizil kitob»iga kiritilgan 1 bosh oqqush va qashqaldoqlarni ovlagan fuqarolar aniqlandi. Ularga salkam 20 mln so‘m jarima belgilandi. Yangiobod tumanida yana bir fuqaro bo‘rini so‘ygani uchun 3 mln so‘m jarimaga tortildi.

Arnasoyda Qizil kitobga kiritilgan saqoqushni o‘ldirgan shaxs ushlandi
2 fevral 2023, 21:14

Arnasoyda Qizil kitobga kiritilgan saqoqushni o‘ldirgan shaxs ushlandi

O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan pushti saqoqushni o‘ldirgan erkakning shaxsi aniqlandi. U butun O‘zbekiston xalqidan kechirim so‘rab, bu holat boshqa qaytarilmasligini aytdi.

«Qizil kitob»ga kiritilgan saqoqushni o‘ldirganlarga qonuniy chora ko‘riladi — Tabiat resurslari vazirligi
2 fevral 2023, 10:38

«Qizil kitob»ga kiritilgan saqoqushni o‘ldirganlarga qonuniy chora ko‘riladi — Tabiat resurslari vazirligi

Jizzax viloyati Arnasoy tumanidagi ko‘lda «Qizil kitob»ga kiritilgan saqoqushni tutib, o‘ldirgan shaxsning ma’lumotlari qonuniy chora ko‘rish uchun prokuraturaga yuborildi. U «Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida»gi va «Ov qilish to‘g‘risida»gi qonunlarni buzgan.

Qoraqalpog‘istonda brakonyerlar 13 bosh jayronni otib o‘ldirdi
27 yanvar 2023, 15:57

Qoraqalpog‘istonda brakonyerlar 13 bosh jayronni otib o‘ldirdi

Qoraqalpog‘istonning “Borsakelmes” qo‘riqxonasida “Qizil kitob"ga kiritilgan 13 bosh jayronni otib o‘ldirgan brakonyerlar qo‘lga olindi.

Tasqara qushini o‘ldirgan ovchilar qidirilmoqda
11 noyabr 2022, 20:44

Tasqara qushini o‘ldirgan ovchilar qidirilmoqda

Internetda ikki erkakning Qizil kitobga kiritilgan tasqara qushi bilan tushgan surati paydo bo‘ldi. Ekologiya davlat qo‘mitasi va Bosh prokuratura tomonidan ovchilarga qidiruv e’lon qilindi.

Qo‘riqxonalardagi fotoqopqonlarga tushgan ayiq, to‘ng‘iz va shoqol tasvirlari e’lon qilindi
10 avgust 2022, 21:51

Qo‘riqxonalardagi fotoqopqonlarga tushgan ayiq, to‘ng‘iz va shoqol tasvirlari e’lon qilindi

Davlat ekologiya qo‘mitasi Zomin va Qizilqum qo‘riqxonalaridagi fotoqopqonlarga tushib qolgan ayiq, to‘ng‘izva shoqol tasvirlarini namoyish qildi.

«Qizil kitob» ga kiritilgan jayron va quyonlarni ovlagan shaxslarga jinoyat ishi ochildi
15 dekabr 2021, 10:34

«Qizil kitob» ga kiritilgan jayron va quyonlarni ovlagan shaxslarga jinoyat ishi ochildi

Qoraqalpog‘istonda to‘rt kishi «Qizil kitob» ga kiritilgan 14 ta jayron va 5 dona yovvoyi qo‘yonni ovlagani aniqlandi. Ular tabiatga 190 mln so‘mlik zarar yetkazgani aytilmoqda. Gumondorlarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Qizil kitobga kiritilgan 8 bosh lochinni sotishga uringan shaxs qo‘lga olindi
14 oktabr 2021, 16:11

Qizil kitobga kiritilgan 8 bosh lochinni sotishga uringan shaxs qo‘lga olindi

Qizil kitobga kiritilgan lochinlarni 280 mln so‘mga sotmoqchi bo‘lgan shaxs va xaridor qo‘lga tushdi. Davlat bojxona qo‘mitasining ma’lum qilishicha, «qushlarning 6 nafari Qizil kitobga Itolg‘i nomi bilan kiritilgan bo‘lib, ular tobora yo‘qolib borayotgan tur hisobanadi». Lochinlar vaqtincha Toshkent hayvonot bog‘iga topshirildi.

Eng qadimiy jonzotlardan biri — Amudaryo katta kurakburuni butunlay qirilib ketish arafasida
8 iyun 2021, 14:45 1

Eng qadimiy jonzotlardan biri — Amudaryo katta kurakburuni butunlay qirilib ketish arafasida

Amudaryo katta soxta kurakburuni hozirgacha saqlanib qolgan jonzotlar ichida eng qadimiylardan biri hisoblanadi. Ushbu baliq turi xalqaro «Qizil kitob»ga «butunlay yo‘q bo‘lib ketish arafasidagi tur» maqomi bilan kiritilgan. Biroq, gidrobiolog Baxtiyor Sheraliyevning ta’kidlashicha, dunyoda faqatgina Amudaryo suvlarida uchraydigan ushbu baliq mahalliy aholi tomonidan ovlanmoqda va Ekologiya qo‘mitasi ushbu baliq turini saqlab qolish uchun yetarlicha e’tibor qaratmayapti.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting