«obodonlashtirish» tegli maqolalar


Toshkentda obodonlashtirish boshqarmalarining ko‘chalarni tozalash va ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha vazifalari auksionga qo‘yiladi va xususiy sheriklarga beriladi
29 mart 2024, 22:53

Toshkentda obodonlashtirish boshqarmalarining ko‘chalarni tozalash va ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha vazifalari auksionga qo‘yiladi va xususiy sheriklarga beriladi

Toshkentda 15-apreldan boshlab tuman obodonlashtirish boshqarmalarining ko‘chalarni tozalash, ko‘kalamzorlashtirish va yo‘llarga xizmat ko‘rsatish vazifalari auksion orqali xususiy sheriklarga o‘tkaziladi. Viloyatlarda daraxt ekish, ariq tozalash va ko‘chalarni yoritish ishlari chiqindi korxonalariga beriladi.

Toshkent viloyatidagi 34 gektar yer daraxt ekish uchun obodonlashtirish boshqarmalariga beriladi
29 mart 2024, 11:47

Toshkent viloyatidagi 34 gektar yer daraxt ekish uchun obodonlashtirish boshqarmalariga beriladi

Toshkent viloyatidagi 34 gektar yer 30 yil muddatga obodonlashtirish boshqarmalariga beriladi. Har 1 gektar uchun mahalliy budjetdan 100 mln so‘m ajratilib, tomchilatib sug‘orish tizimi joriy etiladi. Yer tayyor qilinib, daraxt ekish xohishi bor aholiga o‘zi istagan turdagi ko‘chatni ekishi uchun sharoit yaratiladi.

“Maqsadimiz — har bir xonadonga, har bir insonga yetib borish”. Prezident Toshkentdagi mahalla ahlini Navro‘z bayrami bilan tabrikladi (+foto)
20 mart 2024, 01:11

“Maqsadimiz — har bir xonadonga, har bir insonga yetib borish”. Prezident Toshkentdagi mahalla ahlini Navro‘z bayrami bilan tabrikladi (+foto)

Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahri Yakkasaroy tumanidagi “Dilbuloq” mahallasida bo‘lib, mahalla “yettiligi” va aholi tomonidan tashkil etilgan korxonalar faoliyati bilan tanishdi. Shuningdek, fuqarolarni yaqinlashib kelayotgan Navro‘z bayrami bilan tabrikladi. Foto.

Toshkentning Istirohat ko‘chasi aholisi qariyb ikki yil avval boshlangan xiyobonni obodonlashtirish ishlarini oxiriga yetkazishni so‘ramoqda
1 dekabr 2023, 21:34

Toshkentning Istirohat ko‘chasi aholisi qariyb ikki yil avval boshlangan xiyobonni obodonlashtirish ishlarini oxiriga yetkazishni so‘ramoqda

Poytaxt hokimligi 2022-yili Istirohat ko‘chasidagi xiyobonda obodonlashtirish ishlarini boshlagandi. Yetti oyda yashil hududning yarmida bolalar va sport maydonchalari, piyodalar yo‘lkalari va chiroqlar paydo bo‘ldi. Biroq ko‘chaning qolgan qismi chiqindi omboriga aylandi. Aholi ishni oxiriga yetkazishni so‘ramoqda.

O‘zbekiston prezidenti kuzgi daraxt ekish mavsumini e’lon qildi
11 oktabr 2023, 23:21

O‘zbekiston prezidenti kuzgi daraxt ekish mavsumini e’lon qildi

O‘zbekistonda 25-oktabrdan 1-dekabrgacha kuzgi daraxt ekish mavsumi doirasida 85 mln tup ko‘chat ekish rejalashtirilmoqda. Prezident bu borada avval yo‘l qo‘yilgan xatolarni takrorlamaslik shart ekanini ta’kidladi. U obodonlashtirish bo‘limlarini xususiy sektorga o‘tkazish bo‘yicha tajriba o‘tkazishni ma’qulladi.

Toshkent shahri kengashi gul ekish uchun 12 mlrd so‘m ajratishni ma’qulladi
20 sentabr 2023, 14:06

Toshkent shahri kengashi gul ekish uchun 12 mlrd so‘m ajratishni ma’qulladi

Toshkent shahri kengashi deputatlari poytaxtda mavsumiy gul ekish uchun 12 milliard so‘m ajratish to‘g‘risidagi qarorni ma’qulladi.

Jahongir Ortiqxo‘jayev Toshkent shahar Obodonlashtirish boshqarmasi boshqaruvchisiga hayfsan berdi
16 noyabr 2022, 17:59

Jahongir Ortiqxo‘jayev Toshkent shahar Obodonlashtirish boshqarmasi boshqaruvchisiga hayfsan berdi

Toshkent shahar hokimi poytaxt Obodonlashtirish bosh boshqarmasi boshqaruvchisi Anvar Umarovga boshqarma «balansida bo‘lgan texniklardan samarali foydalanmagani va ishda yo‘l qo‘yayotgan kamchiliklari» uchun hayfsan berdi.

Qashqadaryoda obodonlashtirish tashkiloti 573 mln so‘mni o‘zlashtirgani aytilmoqda
25 avgust 2022, 17:38

Qashqadaryoda obodonlashtirish tashkiloti 573 mln so‘mni o‘zlashtirgani aytilmoqda

Qashqadaryoda ko‘p qavatli uylarni obodonlashtirish uchun ajratilgan 573,2 mln so‘m mablag‘ talon-toroj qilingani aniqlandi. Gumonlanuvchilar bu mablag‘ni bajarilmagan ishlarni qo‘shib yozish orqali o‘zlashtirgan. Ularga nisbatan tegishli moddalar bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

«Buncha katta bordyur qilib nima qilasan?» Prezident — Toshkentdagi mahallalarning asfaltlanishi haqida
27 sentabr 2021, 18:01

«Buncha katta bordyur qilib nima qilasan?» Prezident — Toshkentdagi mahallalarning asfaltlanishi haqida

Shavkat Mirziyoyev xalqning puli samarasiz sarflanayotgani, hali o‘g‘riliklar va korrupsiya ko‘pligini ta’kidladi. U poytaxt mahallalarini asfaltlashtirishni misol qilib keltirdi. «Yo‘llarga katta qilib yarim metrli bordyur qilyapti. Baraka topgur, mashinalar poyga o‘ynaydimi, buncha katta qilib, bordyur qilib nima qilasan?» — dedi prezident. Toshkentliklar bir necha oylardan buyon shu kabi bordyurlardan shikoyat qilib kelmoqda.

Bosh prokuratura tuman prokurori uyidagi majburiy mehnat haqidagi xabarni o‘rganmoqda
10 avgust 2021, 22:03

Bosh prokuratura tuman prokurori uyidagi majburiy mehnat haqidagi xabarni o‘rganmoqda

Bosh prokuratura obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari Andijon viloyatining Qo‘rg‘ontepa tumani prokurori uyida majburiy mehnatga jalb qilingani to‘g‘risidagi xabarni tekshirmoqda. Viloyat prokuraturasi uch nafar xodim o‘z xohishi bilan ishlaganini ma’lum qildi.

Jizzaxda obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari tomonidan 7 ta it otib o‘ldirilgani aytilmoqda
10 avgust 2021, 11:30

Jizzaxda obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari tomonidan 7 ta it otib o‘ldirilgani aytilmoqda

«Jizzaxliklar» Telegram-kanalida Jizzax shahridagi Olmazor mahallasida daydi itlar ko‘payib ketgani haqida murojaat e’lon qilingan. Shundan so‘ng, Obodonlashtirish boshqarmasi «it ovlov brigadasi» tomonidan 7 ta it otib o‘ldirilgani aytilmoqda.

«Odamlarning xohish-istaklari inobatga olinishi kerak». Deputat — mahallalarni obodonlashtirish haqida
9 avgust 2021, 19:25

«Odamlarning xohish-istaklari inobatga olinishi kerak». Deputat — mahallalarni obodonlashtirish haqida

Deputat Nodir Abduvaliyev Toshkent aholisi mahallalarni obodonlatirish borasida bekorda shikoyat qilmayotganini ma’lum qildi. Uning fikricha, ayrim holatlarda qurilish ishlaridan keyin «mahallalar bor fayzu tarovatidan mahrum bo‘lmoqda».

«Ular hamma narsani qadrsizlantirishdi». Toshkent aholisi — poytaxtdagi «shafqatsiz» obodonlashtirish to‘g‘risida
8 iyun 2021, 14:07

«Ular hamma narsani qadrsizlantirishdi». Toshkent aholisi — poytaxtdagi «shafqatsiz» obodonlashtirish to‘g‘risida

Toshkentda mahallalarni obodonlashtirishning yangi to‘lqini boshlandi. Aholi to‘siqlarni kelishilmagan holda demontaj qilinayotgani va uyga tutash gulzorlarni buzib tashlanayotganidan shikoyat qilmoqda. «Gazeta.uz» hovlilar qanday ko‘rinishga ega bo‘lishi lozimligi borasida rasmiylar fikri va shahar aholisining bunga munosobatini o‘rgandi. Shuningdek, biz shaharshunos Arkadiy Gershman bilan suhbatlashdik, u nima uchun namunaviy obodonlashtirish xato ekanligini va nima uchun qarorlarni hukumat emas, balki aholi qabul qilishi kerakligi haqida gapirdi.

Toshkent shahar hokimligi 300 ga yaqin bino fasadlarini yangilamoqda
18 may 2021, 13:36

Toshkent shahar hokimligi 300 ga yaqin bino fasadlarini yangilamoqda

Toshkent shahar hokimligi poytaxtdagi Navoiy, Nukus va Shota Rustaveli ko‘chalarida 300 ga yaqin bino fasadlarini ta’mirlamoqda. «Gazeta.uz» loyiha tafsilotlarini va ko‘p qavatli uylarda istiqomat qilayotgan aholi fikrini o‘rgandi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting