Zangiota tumanida ro‘mol o‘ragan va matodan niqob taqib yurgan ayol jamoat joyida yuzini berkitib yurganlik moddasi bilan jarimaga tortildi. U sudda mebel sexida ishlashini va changga allergiyasi borligi uchun niqob taqishini aytdi.
So‘nggi haftalarda ko‘plab mamlakatlarda COVID-19 bilan kasallanish holatlari ko‘paygani sababli Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti odamlarni yana niqob taqish va vaksina olishga chaqirdi.
Senatorlar jamoat joylarida tanish imkonini bermaydigan darajada yuzni to‘sganlik uchun javobgarlik ko‘zda tutilgan qonunni ma’qulladi. Shu bilan birga, qonun bilan jamoat joylarida ibodat liboslarida yurganlik uchun belgilangan ma’muriy javobgarlik bekor qilinmoqda.
Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan ko‘p xotinlikni targ‘ib qilganlik, xotin-qizlar va erkaklar teng huquqliligini ochiqdan-ochiq inkor etganlik, shuningdek, jamoat joylarida shaxsini tanish imkonini bermaydigan darajada yuzni to‘sganlik uchun javobgarlik ko‘zda tutilgan qonun loyihasi qabul qilindi.
Oxirgi vaqtlar koronavirusga chalinayotganlarning 90 foizi — emlanmagan kishilar. SES hozircha niqob rejimi joriy etilmagani, biroq «salomatlik va xavfsizlik uchun» niqob taqish tavsiya etilishini ma’lum qildi. Prezident ishtirokidagi yig‘ilishlarda rasmiylar niqob ko‘rinish bermoqda.
Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekistonda qat’iy karantin qayta tiklanishiga oid audiolar tarqalmoqda. SES boshlig‘i o‘rinbosari Nurmat Otabekov bu xabar eskiligi va karantin uchun kunlik kasallanishlar soni juda kamligini aytdi. 27 iyundan esa prezident ishtirokidagi tadbirlarda amaldorlar yana niqob taqa boshladi.
Chorshanba kuni Respublika maxsus komissiyasining navbatdagi yig‘ilishida 1 martdan e’tiboran O‘zbekistonda niqob taqib yurish majburiyati talabi bekor qilindi. «Chunki mana viloyatlarda ham defakto hech kim niqob taqmay qo‘ydi», — dedi bosh vazir Abdulla Aripov. Qolaversa, jamoat transporti, bozorlar, ta’lim muassasalari, teatr, muzeylar, masjidlarda niqob taqish tavsiyaviy xarakterga ega bo‘ladi.
Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi Habibulla Oqilovning aniqlik kiritishicha, niqob taqmagan fuqarolar avvaliga ogohlantiriladi, qo‘pol qoidabuzarlar esa jarimaga tortiladi. IIV matbuot kotibi Shohrux G‘iyosov esa 9 yanvar kuni karantin qoidalarini buzgan 899 kishidan, 721 nafari ogohlantirilgani, qolgan 178 nafari esa jarimaga tortilganini ma’lum qildi.
Ijtimoiy tarmoqlarda YPX xodimi 1 noyabrdan niqob taqish bekor qilinganligini aytgan video tarqaldi. Ichki ishlar vazirligi «Gazeta.uz»ga tibbiy niqob taqish majburiyati bekor qilinmaganligini ma’lum qildi. Xodimning harakatlariga huquqiy baho beriladi.
Bangladeshda olib borilgan tadqiqotlarga ko‘ra, jamiyat orasida niqob taqishni targ‘ib qilish niqoblardan foydalanish darajasini 29 foiz bandga, ijtimoiy masofalanish darajasini esa 5 foiz bandga oshirgan. Shuningdek, niqob taqish COVID-19 bilan kasallanish holatlarini kamaytirishi ham aniqlandi. Tadqiqotchilar aholi orasida niqob taqish darajasini qanday oshirish mumkinligi haqidagi tavsiyalar bilan ham bo‘lishishdi.
25 iyundan boshlab COVID-19 bilan kasallanganlar sonining o‘sishi munosabati bilan Isroil yopiq joylarda niqob taqish rejimiga qaytmoqda. 7 yoshgacha bo‘lgan bolalar, shuningdek, sport bilan shug‘ullanilayotgan vaqtda niqob taqish majburiy emas.
Respublika maxsus komissiyasi yo‘nalishli avtobus va metroga niqobsiz bo‘lgan shaxslarni transport vositalari saloniga chiqarmaslik bo‘yicha qarorni qabul qildi. Temir yo‘l vokzallari va aeroportlarda esa karantin choralariga rioya qilinishi qat’iy nazoratga olinadi.
Farg‘ona viloyatida kuzatuv kameralari orqali bir kecha-kunduzda 156 nafar niqob rejimini buzgan shaxs aniqlandi. Mazkur holatlar bo‘yicha ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, fuqarolarning yashash manziliga pochta orqali yuboriladi.
Prezident joylarda “yashil”, “sariq” va “qizil” hudud tamoyili to‘liq ishlamayotganini ta’kidladi. Bundan tashqari, aholi orasida karantin choralariga yengil qarash, jumladan, niqoblarni noto‘g‘ri taqish, qo‘l berib ko‘rishish va oilaviy tadbirlarni o‘tkazish holatlari uchramoqda. “Bunday xatarli ofatga aslo beparvo qarab bo‘lmaydi”, — dedi davlat rahbari xalqqa murojaat qilar ekan.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting