17 oktyabrdan boshlab Farg‘ona viloyatida kuzatuv kameralari tibbiyot niqobisiz yurgan fuqarolarni aniqlashni boshladi. Farg‘ona viloyati IIB ma’lumotiga ko‘ra, ikki kecha-kunduzda 1364 nafar (17 oktyabrda — 156 nafar, 18 oktyabrda — 1208 nafar) shaxs niqobsiz yurgani aniqlangan.

Ularning shaxsi ma’lumotlar bazasi orqali aniqlanmoqda. Ushbu qoidabuzilish holatlari bo‘yicha IIO va Davlat sanitariya epidemiologiya nazorati markazi xodimlari tomonidan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirib, pochta orqali fuqaroning yashash manziliga yuboriladi.

Foto: Farg‘ona viloyati IIB.

Eslatib o‘tamiz, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 54-moddasi 1-qismiga binoan (epidemiyalarga qarshi kurashish qoidalarini buzish) vakolatli organning maxsus talablariga zid ravishda karantin paytida jamoat joylarida niqobsiz yurish BHMning 5 baravari (1 mln 115 ming so‘m) miqdorida jarimaga tortiladi.