O‘zbekiston Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi zo‘ravonlikka qarshi kurashuvchi Nemolchi.uz loyihasi asoschisi, jurnalist Irina Matviyenkoga qilingan tahdidlarni qoraladi. Tashkilot vaziyatni o‘rganishni so‘rab, Bosh prokuraturaga murojaat yo‘lladi.
Zo‘ravonlikka qarshi kurashuvchi Nemolchi.uz loyihasi asoschisi Irina Matviyenko unga noma’lum shaxslar o‘lim bilan tahdid qilgani sababli O‘zbekistonni vaqtincha tark etganini ma’lum qildi. U bu haqda huquq-tartibot idoralariga ham ariza bilan murojaat yo‘llagan.
Jinsiy erkinlikka qarshi jinoyatlar va bolalarga nisbatan zo‘ravonlik uchun jazoni kuchaytirishni taklif etuvchi qonun loyihasida oiladagi zo‘ravonlik va ta’qiblar uchun ham moddalar mavjud. NeMolchi.uz hujjat tez orada quyi palataga yuborilishini eslatib, uning to‘liq nusxasi bilan tanishishni taklif qildi.
Toshkentga otasi bilan kelgan erkak o‘z ayolini majburan mashinaga solib olib ketdi. IIBB bunga oilaviy kelishmovchilik sabab bo‘lganini aytdi. Aniqlanishicha, ayol farzandini otasida qoldirib, Qashqadaryodan Toshkentga ketib qolgan. Ular ayolni Uchtepa tumanidan topgan va uyga olib ketgan.
Toshkent shahrida ikki nafar yoshlar ichki ishlar xodimlari tomonidan kaltaklangani aytilmoqda. Bosh prokuratura holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilayotganini ma’lum qildi.
Toshkentdagi 158-maktab psixologi 3 — 5-sinf qizlariga nisbatan nomaqbul xatti-harakatlarni qilganlikda gumonlanmoqda. U ruhiy kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan. Shuningdek, qizlarni ikki nafar katta yoshli erkak ginekolog tibbiy tekshiruvdan o‘tkazgani ular ruhiyatiga yanada ko‘proq salbiy ta’sir ko‘rsatgani aytilmoqda. Hodisa yuzasidan Bosh prokuratura, XTV va Toshkent IIBB bayonot berdi.
Ichki ishlar vazirligi O‘zbekistondagi zo‘ravonlikka qarshi Nemolchi.uz loyihasiga mamlakatda qiynoqqa solish, jismoniy va ruhiy zo‘ravonlik bilan bog‘liq moddalar bo‘yicha qo‘zg‘atilgan jinoyatlar soni to‘g‘risidagi ma’lumotni berishdan bosh tortdi. “So‘ralgan ma’lumotlarni taqdim etishni maqsadga muvofiq emas deb hisoblaymiz”, — deyiladi IIV javobida.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting