O‘zbekistonda zo‘ravonlikka qarshi kurashuvchi Nemolchi.uz loyihasi asoschisi Irina Matviyenko o‘zining Facebook`dagi sahifasida unga o‘lim bilan tahdid qilingani, shu sababli bir muddat mamlakatni tark etganini bildirdi.

“O‘lim bilan tahdid qilinganidan keyin xatti-harakatlarim o‘zgardi. Men buni kimningdir ahmoqona hazilidek qabul qilishga harakat qildim, lekin pod’ezdga kirish, koridor bo‘ylab ofisga borish qo‘rqinchli bo‘lib qoldi. Ichkariga kirib, qo‘limda uchi tashqariga qaragan (yo‘naltirilgan) kalit bilan masofadan turib har bir burchakni ko‘zdan kechirdim. Zinadan liftda emas, piyoda yuqoriga va pastga tushib chiqdim. Erimdan maydonchamizga chiroq o‘rnatishni, umumiy eshikka qulf osib qo‘yishini so‘radim”, — deb yozadi u.

Muallif tahdidli xabarlarni psixologga ko‘rsatgan, u xabarning yozilish uslubini ruhiy kasal odamnikiga o‘xshash deb baholagan.

nemolchi.uz, ирина матвиенко

Irina Matviyenko psixolog bilan maslahatlashganidan so‘ng O‘zbekistondan bir necha haftaga Gruziyaga ketishga qaror qilgan. “Men, albatta, tez orada qaytib kelaman deb o‘ylayman. Hozircha xavfsiz joyda tinchlanib olishim kerak”, — deya xulosa qildi u.

Irina Matviyenko o‘z izohida, shuningdek, 28-aprel kuni tahdidlar kelib tushgani yuzasidan O‘zbekiston IIVga murojaat qilganini qayd etgan.

Ichki ishlar vazirligi munosabati

IIVning ma’lum qilishicha, Irina Matviyenkoning shaxsiy akkauntiga yuborilgan tahdidli xabar vazirlikning Tezkor qidiruv departamenti Kiberxavfsizlik markazi tomonidan o‘rganilmoqda.