Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanida ko‘p qavatli uylardan birining yo‘lagida katta yoshli erkak 7 yoshli qizga uyatsiz harakatlar qildi. Bu haqda zo‘ravonlikka qarshi Sukut Saqlama (NeMolchi.uz) loyihasi ma’lum qildi.

Xabarda qayd etilishicha, 7-iyun soat 17:00 da Mirzo Ulug‘bek tumanida (Musavvirlar bekati) begona erkak 7 yashar qiz orqasidan pod’ezdga kiradi. O‘sha uyda turadigan qiz shu uyning 1-qavatida turadigan dugonasining oldiga keladi.

Erkak qizni qo‘rqitib, ro‘paradagi eshik oldiga olib borib (ko‘cha eshigidan birov ko‘rib qolmasligi uchun), qizni o‘pib, intim joylarini ushlaydi va boshqa uyatsiz hatti-harakatlar qiladi. Erkakni ochilgan eshik uni qo‘rqitib yuboradi va joyni tark etadi. Vaziyatdan xabar topgan jabrlanuvchining ota-onasi darhol ichki ishlar organlariga murojaat qiladi.

Toshkent shahar IIBB ma’lum qilishicha, gumonlanuvchi erkak 55 yoshda va u ushlangan. Holat yuzasidan Mirzo Ulug‘bek tumani IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 119-moddasi (Jinsiy ehtiyojni zo‘rlik ishlatib g‘ayritabiiy usulda qondirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumonlanuvchiga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llangan. Tergov davom boshlangan.