2023-yilda O‘zbekistondagi 140 ta muzeyga 5,7 mln kishi tashrif buyurgan. Registon ansambli va Samarqand davlat muzey qo‘riqxonasining har biriga milliondan ortiq odam kelgan.
Toshkentda Qovoq uy-muzeyi ochilganiga salkam 20 yil bo‘ldi. Unda qovoqning 50 dan ortiq turi bor; mahorat darslari, qo‘g‘irchoq teatrlari bo‘ladi. “Gazeta.uz” muzey asoschilari bilan uning ochilish tarixi, xizmatlari va alohida e’tiborga muhtoj bolalar bilan ishlashning o‘ziga xosliklari haqida suhbatlashdi.
Prezident davlat idoralari xodimlari va rahbarlar teatrlarga tashrif buyurishi uchun har oyning bir kunini “Teatr kuni” deb e’lon qilishni taklif etdi. Muzeylar faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha 7 yillik dasturni qabul qilish va Fransiya bilan birga Milliy restavratsiya markazini tashkil etish reja qilinmoqda.
2-sentabrdan Xitoyning Xanchjou shahridagi Milliy ipak muzeyida an’anaviy o‘zbek so‘zanalari, chopon va zargarlik buyumlarini o‘z ichiga olgan 20 ta eksponat namoyish etiladi. “Rang-barang Osiyo: Osiyo liboslari ko‘rgazmasi”da mintaqa mamlakatlarining 150 ga yaqin libosi ham taqdim etiladi.
Astronomlardan biri planetariylarni “osmon jismlari aktyorlik qiladigan teatr va kino” deya ta’riflagandi. Bolalar bilan shunday “teatr va kinoga tushish” esa foydadan xoli bo‘lmas. “Gazeta.uz” yosh avlodning astronomiya va kosmonavtikaga qiziqishini oshirishi mumkin bo‘lgan ushbu muassasadan reportaj tayyorladi.
Muqimiy teatri oldidan boshlanadigan Arpapoya ko‘chasi bo‘ylab biroz yursangiz, G‘afur G‘ulom yashagan ikki qavatli g‘ishtin binoga duch kelasiz. Xalq shoirining uyi 1983-yili xalqqa taqdim etilgan — muzeyga aylantirilgan. Adib tavalludiga 120 yil to‘lishi munosabati bilan “Gazeta.uz” muxbirlari muzeyda bo‘ldi.
Bundan 102 yil avval O‘zbekistonda gidrometerologiya xizmati tashkil etilgan edi. Xizmatning 75 yillik yubileyida — 1996-yilning 7-may kuni O‘zgidromet muzeyi ochilgan. “Gazeta.uz” 400 ga yaqin eksponati bilan O‘zgidrometning bir asrdan ko‘proq davom etgan faoliyatini ko‘rsatib beruvchi muzey bilan tanishtiradi.
Mart oyida professional o‘zbek raqsi asoschilaridan biri, qo‘shiqchi, raqqosa, baletmeyster Tamaraxonim tavalludiga 117 yil to‘ldi. “Gazeta.uz” xonimni xotirlash maqsadida uning Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan uy-muzeyida bo‘ldi.
1905 yilning 10 yanvarida shoir, adib, jamoat arbobi — Muso Toshmuhammad o‘g‘li Oybek tug‘ilgan. Ijodkorni kelajak avlod ham yaqindan tanishi uchun asarlari qatori uy-muzeyi, undagi moddiy meros alohida qiymatga ega bo‘ladi. «Gazeta.uz» shoirni xotirlash maqsadida uning uy-muzeyida bo‘ldi.
Farg‘ona viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyida o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida umumiy bahosi 2,5 mlrd so‘mlik 70 dona noyob eksponat qalbakilari bilan almashtirilgani aniqlandi.
O‘zbekiston muzeylarida eksponatlarning ommaviy o‘g‘rilanishi va qalbakilashtirilishi haqidagi xabarlardan so‘ng, prezident muzey ashyolari va kolleksiyalarini to‘liq inventarizatsiyadan o‘tkazish, ularni muhofaza qilishni kuchaytirish bo‘yicha topshiriq berdi. Toshkentdagi uchta muzeyni xorijiy muzeylar tajribasi asosida rekonstruksiya qilish, jihozlash, raqamlashtirish va yangi ekspozitsiyalar yaratish ishlari olib borilmoqda. Qolaversa, Madaniy meros kodeksi ishlab chiqilishi kutilmoqda.
O‘zbekistonda 1 iyuldan «Milliy merosga mening hissam!» umumxalq aksiyasi tashkil etiladi. Uning doirasida aholidan mustaqillik yillarida yaratilgan, yuksak badiiy qiymatga ega tasviriy va amaliy san’at asarlari xarid qilinadi. Buning uchun har yili 3,5 mlrd so‘m, talabga ko‘ra undan ham ko‘proq mablag‘ ajratib boriladi. Qolaversa, «Moziyga sayohat» dasturi ham o‘tkaziladi, daftarlarga kiritilgan fuqarolar uchun muzeylarga kirish bepul bo‘ladi.
Turkiyaning Outdoor Factory kompaniyasi Toshkentdagi uchta davlat muzeyini rekonstruksiya qilish loyihasi doirasida tendersiz loyiha hujjatlarini ishlab chiqish va pudrat ishlarini amalga oshirish huquqini qo‘lga kiritdi.Kompaniya «Istiqlol» majmuasi, «Yangi O‘zbekiston» istirohat bog‘i va universiteti, Toshkentning Eski shahar hududidagi sayyohlik markazi va boshqalarni loyihalash va qurishda ishtirok etgan.
Ilmiy darajaga ega davlat muzeylari, muzey-qo‘riqxonalari, uy muzeylari xodimlari maoshi oshirildi. Fan doktorlari va yoki xorijiy davlatlarning ilmiy darajalarga ega bo‘lganlar maoshi 2,5 koeffitsiyentga, fan nomzodi ilmiy darajasiga yoki falsafa doktori bo‘lganlarniki esa 2 koeffitsiyentga oshirildi.
Hukumat komissiyasi yaponiyalik arxitektor Tadao Ando tomonidan ishlab chiqilgan San’at muzeyi binosini rekonstruksiya qilish loyihasi konsepsiyasini tasdiqladi. Muzeyga ajratilgan qo‘shimcha hududda yangi ko‘rgazma galereyasi quriladi. Mavjud binoning tomida esa yangi va eski binolarni ulash uchun xizmat qiluvchi oraliq joy — yashil terrasa barpo etiladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting