AQSh prezidenti Jo Bayden va Xitoy yetakchisi Si Szinpin so‘nggi bir yilda birinchi marta shaxsan uchrashib, “konstruktiv” muzokaralar olib bordi. Uchrashuv samarali kechmadi, lekin tomonlar kelishmovchiliklarga qaramay muloqotni davom ettirmoqchiligini bildirdi. “Bu muhim progress”, — dedi AQSh prezidenti.
AQSh prezidenti Jo Bayden Falastinning HAMAS guruhini butunlay yo‘q qilish kerakligini, ammo G‘azo sektorining Isroil tomonidan bosib olinishi, uning fikricha, “katta xato” bo‘lishini hamda Falastin davlatini yaratish yo‘llarini izlash lozimligini ma’lum qildi.
Nyu-Yorkda Markaziy Osiyo davlatlari va AQSh rahbarlarining “C5+1” formatidagi 1-sammiti bo‘lib o‘tdi. Muzokaralarda terrorizmga qarshi kurash, mintaqaviy iqtisodiy aloqalar va energiya xavfsizligi masalalariga e’tibor qaratildi. AQSh “C5+1” doirasida yangi platformalar yaratishni taklif qildi. Tafsilotlar.
AQSh prezidenti Jo Bayden O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevni “Markaziy Osiyo — AQSh” (“C5+1”) formatidagi birinchi sammitga taklif qildi. U sentabr oyi oxirida Nyu-Yorkda BMT Bosh Assambleyasi sessiyasining ochilish kunlarida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
O‘zbekistonning AQShdagi elchisi Furqat Sidiqov prezident Jo Baydenga ishonch yorliqlarini topshirdi. “Xalqlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlikni mustahkamlash, strategik sherikligimizni yanada mustahkamlashga intilaman”, — deydi diplomat.
O‘zbekiston prezidenti Qarshidagi harbiy aviatsiya bilim yurti kursantlari bilan tushlikda Rossiya va AQSh prezidentlari nutqlarini tilga oldi. «Har bir davlat o‘z suvereniteti, o‘z xalqi manfaatlari haqida o‘ylashi uchun kuchli mudofaa bo‘lishi kerak. Shunda davlat o‘zini hurmat qilishga majbur qiladi», — dedi u.
AQSh prezidenti O‘zbekiston prezidentiga yo‘llagan maktubida AQSh uchun O‘zbekiston bilan iqtisodiyot va energetika sohalarida aloqalarni rivojlantirish, shuningdek, mamlakat siyosiy tizimini modernizatsiya va isloh qilish bo‘yicha sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlash ustuvor vazifa hisoblanishini ta’kidladi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev AQSh prezidenti Jo Baydenga «Ien» to‘foni qurbonlari va vayronagarchiliklari munosabati bilan hamdardlik bildirdi.
AQSh prezidenti Jo Bayden Ukrainaga yengillashtirilgan tartibda qurol yetkazish imkonini beruvchi lend-liz bo‘yicha qonunni imzoladi. Bu qurollarni yetkazishda byurokratik to‘siqlarni chetlab o‘tish imkonini beradi.
AQSh prezidenti Jo Bayden Davlat departamentiga Ukraina uchun 600 mln dollarlik yordam ajratishni topshirdi. Ushbu mablag‘larning 350 mln dollar mudofaa sohasiga yo‘naltiriladi.
Jo Baydening Rossiya Ukrainaga hujum qilmasa, Putin bilan uchrashishga rozi bo‘lgani, Yaponiyada mamlakatdagi ilk vodorod poyezdi sinovdan o‘tkazilgani, Ozarbayjon Armanistonning sobiq prezidentlari Kocharyan va Sargsyanga qidiruv e’lon qilgani, DXR va LXR Rossiyadan respublikalarning mustaqilligini tan olishini so‘ragani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
Armanistonning Ozarbayjon bilan chegarada 12 askarni asirga olingani, AQSh prezidenti Jo Bayden XXR raisi Si Szinpinga Xitoyga qarshi blok yaratmaslikka va’da bergani, o‘zbek millatiga mansub rossiyalik MMA jangchisining AQShda shifokorni o‘ldirib qo‘ygani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
AQSh prezidenti Jo Bayden 13 nafar amerikalik harbiy halok bo‘lgan Kobuldagi portlashlar uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olgan ISHID rahbarlari va obyektlariga zarba berishni buyurdi. «Biz kechirmaymiz. Biz unutmaymiz. Biz sizni qidirib topamiz va javob berishga majbur qilamiz», — dedi u.
AQSh prezidenti Afg‘onistondan harbiylarni olib chiqib ketayotganidan afsusda emasligini aytib, Amerika Afg‘onistonda o‘z maqsadiga erishganini ma’lum qildi. «Bizning Afg‘onistondagi yagona hayotiy va muhim manfaatimiz AQShga nisbatan terrorchilik hujumlarining oldini olish bo‘lgan va shunday bo‘lib qoladi», — dedi u.
AQSh prezidenti Jo Bayden Oq uyda Belarus muholifati yetakchisi Svetlana Tixanovskayani qabul qildi. Bayden AQSh «Belarus xalqini demokratiya yo‘lida qo‘llab-quvvatlashini» ta’kidladi.
AQSh Afg‘onistondan qo‘shinlarini chiqarishni 31 avgust kuni yakunlaydi. Amerika prezidenti Jo Bayden AQSh «Al-Qoida» rahbarini yo‘qotib, mamlakatdagi o‘z maqsadlariga erishganligini ta’kidladi. «Afg‘onistonning keyingi taqdirini hal qilish — faqat afg‘on xalqining huquqi va mas’uliyati», — dedi u.
AQSh va Rossiya prezidentlari Jenevada yuzma-yuz ko‘rishib, kiberxavfsizlik, inson huquqlari, mintaqaviy mojarolar va boshqa mavzularni muhokama qildi. Jo Bayden suhbat ohangini «yaxshi va ijobiy» deb atagan bo‘lsa, Vladimir Putin «sammitda hech qanday dushmanlik bo‘lmaganini» ta’kidladi.
Rossiya va AQSH prezidentlari 16 iyun kuni Jenevada muzokaralar olib boradi. Bu Jo Bayden AQSH prezidenti etib tayinlanganida so‘ng ikki davlat rahbarlari o‘rtasidagi birinchi uchrashuv bo‘ladi.
AQSH prezidenti Jo Bayden Usmonli imperiyasida armanlarning ommaviy qirg‘in qilinganini rasman tan oldi. Turkiya tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘li buni «siyosiy opportunizm» deb atadi. Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan bu qaror uchun Baydenga minnatdorchilik bildirdi.
AQSH 1 maydan boshlab Afg‘onistondan o‘z harbiylarini olib chiqishni boshlaydi va bu jarayonni 11 sentyabrgacha yakunlashni rejalashtirmoqda. ««Abadiy urush»ga yakun yasash vaqti keldi», — dedi AQSH prezidenti Jo Bayden, AQSHning mamlakatga gumanitar yordam ko‘rsatishda davom etishini va Afg‘oniston hukumatini qo‘llab-quvvatlashini ta’kidlagan holda.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting