«jarima» tegli maqolalar


IIV va SSV: Tez tibbiy yordam mashinalariga yozilgan jarimalar bekor qilinadi
9 yanvar 2023, 18:27

IIV va SSV: Tez tibbiy yordam mashinalariga yozilgan jarimalar bekor qilinadi

Tez tibbiy yordam avtomobillariga jarima belgilanayotgani va ular bekor qilinmayotgani haqida xabarlar tarqaldi. IIV va SSV holat bo‘yicha qo‘shma bayonot e’lon qilib, ushbu turdagi jarimalar bekor qilinishini ma’lum qildi.

Boris Jonson karantin qoidalarini buzganligi uchun jarima to‘ladi
13 aprel 2022, 14:12

Boris Jonson karantin qoidalarini buzganligi uchun jarima to‘ladi

Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson 2020-yilda karantin qoidalarini buzganligi uchun jarimaga tortildi. U mamlakat tarixida qoidabuzarlik uchun jazolangan birinchi bosh vazirga aylandi. Shuningdek, bosh vazirning rafiqasi va g‘aznachilik kansleri ham ushbu ish yuzasidan jarima to‘lagan.

Buxoroda tovus patini yulgan qizning onasiga bayonnoma tuzildi
30 mart 2022, 12:49

Buxoroda tovus patini yulgan qizning onasiga bayonnoma tuzildi

Buxorodagi «Sitorai Mohi Xossa» tarixiy muzey-majmuasida tovus patini yulib olgan qizning onasiga bolalarni tarbiyalash borasidagi majburiyatlarni bajarmagani uchun bayonnoma tuzildi.

Niqob taqmaganlar avvaliga ogohlantiriladi, qo‘pol qoidabuzarlar esa jarimaga tortiladi
11 yanvar 2022, 11:56

Niqob taqmaganlar avvaliga ogohlantiriladi, qo‘pol qoidabuzarlar esa jarimaga tortiladi

Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi Habibulla Oqilovning aniqlik kiritishicha, niqob taqmagan fuqarolar avvaliga ogohlantiriladi, qo‘pol qoidabuzarlar esa jarimaga tortiladi. IIV matbuot kotibi Shohrux G‘iyosov esa 9 yanvar kuni karantin qoidalarini buzgan 899 kishidan, 721 nafari ogohlantirilgani, qolgan 178 nafari esa jarimaga tortilganini ma’lum qildi.

«Jarima to‘g‘risida gap yo‘q». Habibulla Oqilov niqob taqmaganlar jarimaga tortilishi haqida
10 yanvar 2022, 18:20

«Jarima to‘g‘risida gap yo‘q». Habibulla Oqilov niqob taqmaganlar jarimaga tortilishi haqida

Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi Habibulla Oqilov bosh vazir Abdulla Aripov boshchiligida o‘tgan Respublika maxsus komissiyasi yig‘ilishida niqob taqmaganlar jarimaga tortilmasligi, aksincha ogohlantirilishi ta’kidlanganini ma’lum qildi. «Yo‘lda to‘xtatgan militsiya, Milliy gvardiya xodimi o‘zi niqobni „iltimos shuni taqib oling“ deb beradi. Hech qanday jarima to‘g‘risida gap yo‘q», — dedi u.

Yakkasaroyda 81 tup noqonuniy kesilgan daraxt uchun to‘langan jarima Ekoqo‘mitaga o‘tkazib berildi
28 dekabr 2021, 13:28

Yakkasaroyda 81 tup noqonuniy kesilgan daraxt uchun to‘langan jarima Ekoqo‘mitaga o‘tkazib berildi

Yakkasaroy tumanida 81 tup daraxt kesilgani uchun quruvchidan 1 mlrd 890 mln so‘m undirilgan edi. Deputat Rasul Kusherbayev departament bu pullarni Ekoqo‘mitaga o‘tkazmayotgani haqida post qoldirib, biroz vaqtdan so‘ng uni o‘chirib tashlagandi. 28 dekabr kuni Toshkent shahar ekologiya va atrof — muhitni muhofaza qilish boshqarmasi jarima puli Ekoqo‘mitaga o‘tkazilganini ma’lum qildi.

Noqonuniy ravishda kesilgan daraxtlar uchun jarima ikki baravar oshirildi
4 dekabr 2020, 19:30

Noqonuniy ravishda kesilgan daraxtlar uchun jarima ikki baravar oshirildi

O‘rmon va daraxtlarga zarar yetkazish va ularni kesish, ekinlarni yo‘q qilish uchun jarimalar miqdori 50−100 BHM dan 100−150 BHM gacha oshirildi. Shuningdek, yuridik shaxslarga qarashli yoki biriktirilgan hududlarda daraxtlarni muhofaza qilish va asrab-avaylash choralari ko‘rilmaganligi uchun javobgarlik joriy etildi.

Toshkent viloyatida 70 km/s o‘rniga 170 km/s gacha tezlikda harakatlangan 65 nafar baykerga chora ko‘rildi
24 avgust 2020, 19:23

Toshkent viloyatida 70 km/s o‘rniga 170 km/s gacha tezlikda harakatlangan 65 nafar baykerga chora ko‘rildi

Toshkent viloyatida yoz oylari davomida 70 km/s tezlik cheklovi o‘rnatilgan joylarda 170 km/s gacha tezlikda harakatlangan 65 nafar mototsikl haydovchisi jarimaga tortildi.

O‘qituvchilar faoliyatiga aralashganlik uchun javobgarlik belgilandi
22 iyul 2020, 11:37

O‘qituvchilar faoliyatiga aralashganlik uchun javobgarlik belgilandi

O‘zbekistonda o‘qituvchilar faoliyatiga aralashgan fuqarolar yoki mansabdor shaxslar BHMning 10 baravarigacha jarimaga tortiladi. Tegishli modda «Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida» gi kodeksiga kiritildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting