Toshkent viloyatida 4R12 «Bektemir-Chorbog‘» avtomobil yo‘lida o‘tkazilgan «Mototsikl» reyd tadbiri davomida 20 dan ortiq mototsikllar to‘xtalib, o‘nga yaqin ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi. Beshta mototsikl jarima maydoniga qo‘yilgan bo‘lsa, uchta davlat raqam belgilarini yashirish holati aniqlandi, deya xabar qildi O‘zbekiston IIV YHXBB matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, maxsus avtomatlashtirilgan foto qayd etish texnika vositalari yordamida ushbu avtoyo‘lda joriy yilning yoz oyi boshidan buyon 65 ta mototsiklchi tomonidan tezlikni me’yoridan oshirish holati aniqlangan. Barcha holatlarda aholi yashash joyida ya’ni 70 km/soat tezlik belgilangan joyda 110 km/soat tezlikdan ortiq, 140 dan 166km/soat tezlikkacha harakatlangan.


Misol uchun, joriy yilning 6 avgust kuni Yuqorichirchiq tumanidan o‘tuvchi «Bektemir-Chorbog‘» avtomobil yo‘lining 16 kilometrida Honda rusumli mototsikl 70 km/soat tezlik belgilangan joyda 166 km/soat tezlik bilan harakatlangan bo‘lsa, 10 iyul kuni ushbu avtomobil yo‘lining 34 kilometrida Suzuki rusumli mototsiklda 146 km/soat tezlik bilan harakatlangan.

Ushbu mototsikl haydovchilariga nisbatan O‘zbekiston Ma’muriy javobgarlik kodeksining 128-moddasi 3 qismiga binoan bazaviy hisoblash miqdorining 9 barobarida jarimalar belgilanib, jarima qarorlari yashash manzillariga jo‘natilgan.