«isroil-falastin» tegli maqolalar


Isroil G‘azoda jangovar harakatlarni qayta boshladi
1 dekabr 2023, 11:10

Isroil G‘azoda jangovar harakatlarni qayta boshladi

Olti kun davom etgan sulhdan so‘ng Isroil G‘azo sektoriga zarba berdi, oqibatda bir necha kishi halok bo‘ldi. Jangovar harakatlarni qayta boshlashga HAMAS birinchi bo‘lib raketa hujumi uyushtirgani, bu esa sulhga zid ekani sabab sifatida ko‘rsatildi.

BMT bosh kotibi HAMAS hujumi yo‘q joydan paydo bo‘lmaganini aytdi. Isroil bu fikr uchun Guterrishning iste’fosini so‘ramoqda
25 oktabr 2023, 12:48

BMT bosh kotibi HAMAS hujumi yo‘q joydan paydo bo‘lmaganini aytdi. Isroil bu fikr uchun Guterrishning iste’fosini so‘ramoqda

BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish Xavfsizlik kengashi yig‘ilishida HAMASning Isroilga hujumi “yo‘q joydan paydo bo‘lmaganini” aytdi. Bu fikr Isroil hukumati tomonidan qattiq tanqidga uchradi va mamlakat rasmiylari Guterrishning iste’fosini so‘radi. Bayonotdan so‘ng Isroil BMT vakillariga viza berishni to‘xtatdi.

Isroil — Falastin urushining 13-kuni. Asosiy yangiliklar
19 oktabr 2023, 12:31

Isroil — Falastin urushining 13-kuni. Asosiy yangiliklar

Bayden HAMASning Isroilga hujumini 11-sentabr voqealariga qiyosladi. AQSh va Isroil razvedkasi “Al-Ahli” kasalxonasidagi portlashda “ko‘pi bilan bir necha o‘n nafar” odam o‘lgan deb hisoblamoqda. Misr va AQSh rahbarlari gumanitar yordam koridorini ochish bo‘yicha kelishib oldi.

Isroil — Falastin urushining 12-kuni. Asosiy yangiliklar
18 oktabr 2023, 12:54

Isroil — Falastin urushining 12-kuni. Asosiy yangiliklar

G‘azodagi “Al-Ahli” shifoxonasiga qilingan hujum mamlakatlar va xalqaro tashkilotlar tomonidan keskin qoralandi. Voqeadan so‘ng Yaqin Sharqning bir qancha davlatlarida ommaviy noroziliklar boshlandi. Iordaniyada o‘tishi kerak bo‘lgan AQSh prezidenti hamda Misr va Falastin rahbarlari sammiti bekor qilindi.

Isroil — Falastin urushining 11-kuni. Asosiy yangiliklar
17 oktabr 2023, 12:32

Isroil — Falastin urushining 11-kuni. Asosiy yangiliklar

HAMAS ilk marta garovga olinganlardan birining videosini e’lon qildi, Eron diplomati Isroil bombardimon qilishni to‘xtatsa, HAMAS G‘azoda garovga olinganlarni ozod qilishga tayyorligini aytdi. AQSh va Isroil G‘azoga gumanitar yordam yetkazish rejasini tayyorlashga kelishib oldi.

Isroilda 1990-yillarda ko‘chib ketgan 5 nafar o‘zbekistonlik halok bo‘lgan — elchixona
16 oktabr 2023, 22:48

Isroilda 1990-yillarda ko‘chib ketgan 5 nafar o‘zbekistonlik halok bo‘lgan — elchixona

HAMASning Isroildagi hujumlari natijasida 1990-yillarda u yerga ko‘chib ketgan besh nafar asli o‘zbekistonlik halok bo‘lgan. Ularda amaldagi O‘zbekiston pasportlari bo‘lmagan. O‘zbekistonning Tel-Avivdagi elchixonasi Isroil TIVning halok bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolari haqidagi xabariga shunday izoh berdi.

“G‘azo sektorining bosib olinishi katta xato bo‘lardi” — Jo Bayden
16 oktabr 2023, 21:01

“G‘azo sektorining bosib olinishi katta xato bo‘lardi” — Jo Bayden

AQSh prezidenti Jo Bayden Falastinning HAMAS guruhini butunlay yo‘q qilish kerakligini, ammo G‘azo sektorining Isroil tomonidan bosib olinishi, uning fikricha, “katta xato” bo‘lishini hamda Falastin davlatini yaratish yo‘llarini izlash lozimligini ma’lum qildi.

Isroil — Falastin urushining o‘ninchi kuni. Asosiy yangiliklar
16 oktabr 2023, 13:09

Isroil — Falastin urushining o‘ninchi kuni. Asosiy yangiliklar

BMT tinchlikparvar kuchlarining Livandagi shtab-kvartirasi o‘qqa tutildi, Isroil hukumati G‘azo sektori bilan chegaradosh shaharlardan tinch aholini evakuatsiya qilish ishlarini deyarli yakunladi, G‘azo sektorida quruqlikdagi operatsiya boshlansa, Eron vaziyatga aralashishi mumkin.

Isroil — Falastin urushining oltinchi kuni. Asosiy yangiliklar
12 oktabr 2023, 17:00

Isroil — Falastin urushining oltinchi kuni. Asosiy yangiliklar

Isroil HAMAS hujumi oqibatida halok bo‘lgan xorijliklar bo‘yicha ma’lumot berdi, G‘azo sektorida elektr energiyasi ishlab chiqarish uchun yoqilg‘i tugagani sababli hududdagi yagona elektr stansiyasi faoliyatini to‘xtatdi. Hududdagi shifoxonalarda antibiotiklar, yoqilg‘i va boshqa kerakli buyumlar tugab qolgan.

O‘zbekiston elchixonasi Isroildagi vatandoshlarni ehtiyot choralarini ko‘rishga chaqirdi
8 oktabr 2023, 10:27

O‘zbekiston elchixonasi Isroildagi vatandoshlarni ehtiyot choralarini ko‘rishga chaqirdi

O‘zbekistonning Tel-Avivdagi elchixonasi Isroilda bo‘lib turgan fuqarolardan barcha zarur ehtiyot choralarini ko‘rish, xavfsiz joylarda bo‘lish va rasmiy xabar berilmaguncha u yerni tark etmaslikni qat’iy tavsiya qildi.

«Vaziyatdan chiqishning yagona yo‘li — Quddusni ikki davlatning ham poytaxti deb tan olish» — BMT bosh kotibi
17 may 2021, 14:19

«Vaziyatdan chiqishning yagona yo‘li — Quddusni ikki davlatning ham poytaxti deb tan olish» — BMT bosh kotibi

BMT bosh kotibi Antoniu Guterresh Isroil va Falastin tomonlarini jangovar harakatlarni zudlik bilan to‘xtatishga chaqirmoqda. Uning so‘zlariga ko‘ra, mavjud vaziyatdan chiqishning yagona yo‘li — BMT rezolyutsiyalari va oldingi kelishuvlar bo‘yicha muzokaralarga qaytish va Quddusni ikki davlatning ham poytaxti deb tan olishdan iborat.

O‘zbekiston Isroil va Falastinni zo‘ravonlikka chek qo‘yishga chaqirdi
12 may 2021, 17:44

O‘zbekiston Isroil va Falastinni zo‘ravonlikka chek qo‘yishga chaqirdi

O‘zbekiston TIV Isroil-Falastin mojarosi ishtirokchilarini zo‘ravonlikka chek qo‘yish, Al-Aqso masjidi va Quddusdagi boshqa muqaddas qadamjolarning daxlsizligini — status-kvoga rioya etilishini ta’minlashga chaqirdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting