«islom karimov» tegli maqolalar


Birinchi prezidentning yordamchisi Georgiy Kraynov vafot etdi
6 iyun 2022, 12:00

Birinchi prezidentning yordamchisi Georgiy Kraynov vafot etdi

O‘zbekiston birinchi prezidentining yordamchisi sifatida faoliyat yuritgan Georgiy Kraynov 88 yoshida vafot etdi. U so‘nggi yillarda Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasida yetakchi ilmiy xodim lavozimida ishlab kelayotgandi.

Foto: Prezident Imom Buxoriy va Islom Karimov qabrini ziyorat qildi
10 fevral 2022, 15:52

Foto: Prezident Imom Buxoriy va Islom Karimov qabrini ziyorat qildi

Samarqandga tashrifi chog‘ida Shavkat Mirziyoyev an’anaga ko‘ra, Imom Buxoriy va Islom Karimov qabrini ziyorat qildi. Unga muftiy Nuriddin Xoliqnazarov hamda viloyat hokimi Erkinjon Turdimov hamrohlik qildi. Qolaversa, davlat rahbari Imom Buxoriy majmuasi qurilishi bilan ham tanishdi. Bu yerda qariyb 10 ming kishilik masjid, 4ta minora, ayvonlar, yerostida galereyasi barpo etilmoqda.

Shavkat Mirziyoyev birinchi prezident Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qo‘ydi — foto
30 yanvar 2022, 12:57

Shavkat Mirziyoyev birinchi prezident Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qo‘ydi — foto

Shavkat Mirziyoyev 30-yanvar kuni Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qo‘ydi. Shuningdek, marosimda Oliy Majlis palatalari, prezident Administratsiyasi va hukumat vakillari, ilm-fan va madaniyat namoyandalari, ziyolilar, shahar jamoatchiligi ishtirok etdi.

Islom Karimovning noyob fotosuratlari
30 yanvar 2022, 11:29

Islom Karimovning noyob fotosuratlari

30 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti Islom Karimovning tug‘ilgan kuni. Bu yil u 84 yoshni qarshilagan bo‘lardi. «Gazeta.uz» so‘roviga binoan prezident bilan 25 yil ishlagan, birinchi davlat rahbarining shaxsiy fotografi Farhod Qurbonboyev tahririyatga uning noyob fotosuratlarini taqdim etdi.

«Islom Karimovning sodiq shogirdi va siyosiy farzandi». Shavkat Mirziyoyevga prezidentlik yuklatilgan majlisdan 5 yil o‘tdi
8 sentabr 2021, 12:40

«Islom Karimovning sodiq shogirdi va siyosiy farzandi». Shavkat Mirziyoyevga prezidentlik yuklatilgan majlisdan 5 yil o‘tdi

2016 yil 8 sentabr kuni O‘zbekiston parlamenti palatalarining qo‘shma majlisida mamlakatning o‘sha vaqtdagi bosh vaziri Shavkat Mirziyoyevga O‘zbekiston prezidenti vazifa va vakolatlari vaqtincha yuklatildi. Majlisda o‘sha vaqtdagi Senat raisi Nig‘matilla Yo‘ldoshev rahbarlik lavozimlarida yetarli tajribaga ega emasligi sababli prezidentlikni bajarishni unga yuklamasliklarini so‘ragan edi. Sobiq moliya vaziri esa Shavkat Mirziyoyevni Islom Karimovning «sodiq shogirdi va siyosiy farzandi» deya ta’riflagan edi.

Shavkat Mirziyoyev Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qo‘ydi
2 sentabr 2021, 14:19

Shavkat Mirziyoyev Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qo‘ydi

Shavkat Mirziyoyev, Tatyana Karimova, prezident Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasi vakillari, parlament a’zolari va davlat organlari rahbarlari birinchi prezident Islom Karimovni xotirlashdi. Davlat rahbari birinchi prezident haykali poyiga gulchambar qo‘ydi.

«Biz hech qachon o‘tgan davrdagi ishlarni yomonlamaganmiz» — Shavkat Mirziyoyev Islom Karimovni yodga oldi
30 avgust 2021, 20:51

«Biz hech qachon o‘tgan davrdagi ishlarni yomonlamaganmiz» — Shavkat Mirziyoyev Islom Karimovni yodga oldi

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov amalga oshirgan ulkan ishlarni qayd etdi. «Biz hech qachon o‘tgan davrdagi ishlarni yomonlamaganmiz, kelgusida ham bunday qilmaymiz», — deya ta’kidladi u.

«Texnik xatolik». Mahalla telekanali — Islom Karimovning xiralashtirilgan surati haqida
30 avgust 2021, 16:42

«Texnik xatolik». Mahalla telekanali — Islom Karimovning xiralashtirilgan surati haqida

Birinchi prezident Islom Karimovning xiralashtirilgan surati Mahalla telekanalida efirga uzatilayotgan serialda namoyish etildi. Kanal rahbariyati videomontaj vaqtida portretga xira tortilganini «texnik xatolik» deb atadi.

«U bilan kelishish juda qiyin bo‘lgan». Nursulton Nazarboyev — Islom Karimov haqida
6 iyul 2021, 17:32

«U bilan kelishish juda qiyin bo‘lgan». Nursulton Nazarboyev — Islom Karimov haqida

Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarbayev O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov bilan o‘zbek-qozoq chegarasini shakllantirish bo‘yicha qanday muzokaralar olib borganini so‘zlab berdi. «Har doim o‘zining qarashi bor edi. U bilan kelishish juda qiyin bo‘lgan», — dedi u.

Foto, video: 1999 yil 16 fevralda Toshkentdagi portlashlar
16 fevral 2021, 22:43

Foto, video: 1999 yil 16 fevralda Toshkentdagi portlashlar

1999 yil 16 fevralda Toshkentda, shu jumladan Mustaqillik maydonidagi hukumat binosi yaqinida bir qator kuchli portlashlar sodir bo‘ldi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 13 kishi halok bo‘lgan, 100 dan ortiq odam jarohat olgan. O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov teraktning diniy ekstremistlar tomonidan uyushtirilgani, ularning maqsadlaridan biri uning hayotiga suiqasd uyushtirishdan iborat bo‘lganini ta’kidlagan edi. «Gazeta.uz» o‘sha kuni muhrlangan tasvirlarni e’lon qilmoqda.

Shavkat Mirziyoyev Islom Karimov xotirasiga hurmat bajo keltirdi
30 yanvar 2021, 12:35

Shavkat Mirziyoyev Islom Karimov xotirasiga hurmat bajo keltirdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahridagi birinchi prezident Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qo‘ydi.

Islom Karimovning siz ko‘rmagan 19 ta fotosurati
30 yanvar 2021, 12:06

Islom Karimovning siz ko‘rmagan 19 ta fotosurati

30 yanvar — O‘zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti Islom Karimovning tug‘ilgan kuni. Ushbu sana munosabati bilan “O‘zarxiv” agentligi tomonidan taqdim etilgan mustaqil O‘zbekistonning birinchi rahbarining 19 ta fotosurati bilan bo‘lishamiz.

«Shavkat Mirziyoyev Karimovdan qolgan diktaturani yo‘qotdi» — Qirg‘iziston prezidenti
29 yanvar 2021, 15:42 1

«Shavkat Mirziyoyev Karimovdan qolgan diktaturani yo‘qotdi» — Qirg‘iziston prezidenti

Qirg‘izistonning yangi saylangan prezidenti Sadir Japarov BBC’ga bergan intervyusida prezidentlik muddati davomida avtoritar hokimiyat o‘rnatish xohishi yo‘qligini aytib, O‘zbekiston misolini keltirdi. «Karimov davrida kuchli diktatura edi. Shavkat Mirziyoyev kelgach, diktaturani olib tashlab, dunyoga eshigini ochdi. Agar diktatura o‘rnataman desa, Karimovning diktaturasini davom ettirsa bo‘lardi. Davom ettirmadi-ku. Bu har bir odamning o‘ziga bog‘liq», — dedi Japarov.

Qashqadaryoda Islom Karimov byusti uchun o‘qituvchilardan pul yig‘ilayotgani rad etildi
25 yanvar 2021, 10:24

Qashqadaryoda Islom Karimov byusti uchun o‘qituvchilardan pul yig‘ilayotgani rad etildi

Qashqadaryo viloyatida Islom Karimov xotirasini abadiylashtirish uchun tashkilot va muassasalarga har biri 450 ming so‘mdan 200 ta byust tarqatilgani xabar qilindi. Viloyat XTV o‘qituvchilardan byustlar uchun pul yig‘ilganini rad etdi.

O‘zbekistonda Birinchi prezident xotirasi yodga olindi
2 sentabr 2020, 11:55

O‘zbekistonda Birinchi prezident xotirasi yodga olindi

Toshkent, Samarqand va Qarshida O‘zbekistonning Birinchi prezidenti Islom Karimov xotirasi yodga olindi. Prezident Shavkat Mirziyoyev, shuningdek, parlament va hukumat vakillari poytaxtdagi yodgorlik poyiga gulchambar qo‘yib, uning xotirasiga hurmat bajo keltirdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting