Prezident Shavkat Mirziyoyev 30 avgust kuni Ko‘ksaroyda Mustaqillikning 30 yilligi munosabati bilan vatandoshlarni mukofotlarni topshirish marosimida birinchi prezident Islom Karimov amalga oshirgan ulkan ishlarni yodga oldi.

«Vaqt shiddat bilan o‘tyapti. Mustaqillik onlarida tug‘ilgan farzandlarimiz bugun 30 yoshga kiryapti. Birinchi prezidentimiz tomonidan amalga oshirilgan ulkan ishlar bugun yodimizda turibdi. Biz hech qachon o‘tgan davrdagi ishlarni yomonlamaganmiz, kelgusida ham bunday qilmaymiz», — dedi davlat rahbari (iqtibos Kun.uz saytidan olindi).

Uning so‘zlariga ko‘ra, mukofotlovchi farmonga imzo chekish juda og‘ir masala.

«Chunki hamma tavsiya qiladi, lekin mas’uliyat bir odamda. Shu odam xalqni rozi qilish uchun imzo chekadi. Xalqimiz mukofotlanganlarni ko‘rib, „Munosib insonlar taqdirlanibdi“ deyishlari lozim», — dedi

Prezident 2020 yil O‘zbekiston uchun katta-katta sinovlar yili bo‘lganini ta’kidlab o‘tdi.

«Ammo matonatli xalqimiz bilan bu sinovlarni yengib o‘tmoqdamiz. Bu sinovlar bizni ko‘p narsaga o‘rgatyapti, kuchli qilyapti», dedi prezident o‘z so‘zi boshida", — dedi u.

Islom Karimovning qanday siyosatchi bo‘lgani, 2016 yilda uning vafotidan keyingi voqealar haqida Senat raisi o‘rinbosari Sodiq Safoyev Alter Ego loyihasiga bergan intervyusida to‘xtalib o‘tgandi.