«ipoteka kreditlari» tegli maqolalar


IQMK banklarga ipoteka kreditlari uchun resurslar ajratish to‘xtatilganini rad etdi
22 may 2024, 18:04

IQMK banklarga ipoteka kreditlari uchun resurslar ajratish to‘xtatilganini rad etdi

Ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi banklarga ikkilamchi uy-joy sotib olish bo‘yicha kreditlar berish uchun imtiyozli resurslar ajratish to‘xtatilmaganini ma’lum qildi.

Narx pufaklari salbiy ta’sirining oldini olish uchun ipoteka kreditlariga maksimal chegara qo‘yganmiz — MB raisi
1 avgust 2023, 10:56

Narx pufaklari salbiy ta’sirining oldini olish uchun ipoteka kreditlariga maksimal chegara qo‘yganmiz — MB raisi

Markaziy bank raisi narx pufaklari yorilayotgan vaqtida banklarga bo‘ladigan salbiy ta’sirning oldini olish uchun ipoteka kreditlari ajratishda maksimal chegaralar belgilanganini aytdi. Avvalroq Toshkent shahridagi uy-joy narxlarining bozor va fundamental qiymatlari o‘rtasidagi farq 210 mln so‘mga yetgandi.

1-chorakda ikkilamchi uy-joylarni ipoteka asosida sotib olish uch barobardan ko‘proqqa ortdi
15 may 2023, 10:16

1-chorakda ikkilamchi uy-joylarni ipoteka asosida sotib olish uch barobardan ko‘proqqa ortdi

I chorakda O‘zbekiston aholisining ipoteka kreditlariga bo‘lgan talabi yuqoriligicha qoldi, deyiladi Markaziy bank hisobotida. Bu davrda jami 3 trln 260 mlrd so‘mlik kreditlar berilgan. Yangi binolarda uy-joy sotib olish uchun ajratilgan mablag‘lar hajmi esa kamaygan, ikkilamchi bozorda uch baravarga ko‘paygan.

O‘zbekistonda 1-maydan daromadi yetarli bo‘lmagan aholiga ham ipoteka kreditlari beriladi
5 aprel 2023, 16:54

O‘zbekistonda 1-maydan daromadi yetarli bo‘lmagan aholiga ham ipoteka kreditlari beriladi

1-maydan daromadi yetarli bo‘lmagan aholi ham ipoteka krediti olishi mumkin bo‘ladi. To‘lov qobiliyatini aniqlashda bank kartasidagi aylanma, ijara, kommunal va boshqa xarajatlarga to‘langan pullar hisobga olinadi. Aholiga hovlisini kengaytirish va uy sotib olish uchun 3,2 trln so‘m kredit ajratiladi.

Ipoteka va ta’lim kreditlarining foiz stavkalari yil oxirigacha o‘zgarishsiz qoladi
11 aprel 2022, 09:11

Ipoteka va ta’lim kreditlarining foiz stavkalari yil oxirigacha o‘zgarishsiz qoladi

Moliya vazirligi tomonidan tijorat banklariga ipoteka va ta’lim krediti uchun ajratiladigan resurs mablag‘lari bo‘yicha amaldagi foiz stavkalari 2022 yil yakuniga qadar saqlanib qoladi. Bu haqda prezident qarorida ko‘zda tutilgan.

Ikkilamchi bozordan uy sotib olish uchun ajratilgan ipoteka kreditlarini qayta moliyalashtirish davom ettiriladi
2 fevral 2022, 11:41

Ikkilamchi bozordan uy sotib olish uchun ajratilgan ipoteka kreditlarini qayta moliyalashtirish davom ettiriladi

2022 yilning birinchi choragida tijorat banklari tomonidan ajratilgan ipoteka kreditlari 42 mln dollar miqdorida Moliya vazirligi mablag‘lari hisobidan qayta moliyalashtiriladi. «O‘zbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi» AJ o‘z faoliyatini tiklab, ikkilamchi bozordan uy-joy sotib olish uchun ipoteka kreditlarini qayta moliyalashtirishni davom ettiradi.

Ikkilamchi bozordan uy sotib olish uchun ipoteka kreditlarini qayta moliyalashtirish vaqtinchalik to‘xtatildi
31 yanvar 2022, 19:38

Ikkilamchi bozordan uy sotib olish uchun ipoteka kreditlarini qayta moliyalashtirish vaqtinchalik to‘xtatildi

Ikkilamchi bozordan uy-joy sotib olish uchun ajratiladigan maqbul ipoteka kreditlarini qayta moliyalashtirish vaqtincha to‘xtatildi. Bunga ikkilamchi bozor uchun kreditlarga talab yuqori bo‘lganligi bois OTBning 150 mln dollarlik mablag‘lari muddatidan oldin o‘zlashtirilishi sabab qilib ko‘rsatildi.

2021-yilda jami 9,8 trln so‘mga yaqin ipoteka kreditlari ajratilgan
12 yanvar 2022, 14:46

2021-yilda jami 9,8 trln so‘mga yaqin ipoteka kreditlari ajratilgan

2021-yilda tijorat banklari tomonidan 59,5 mingdan ziyod fuqaroga qariyb 9,8 trln so‘m miqdorida ipoteka kreditlari ajratilgan. Oxirgi 5 yilda esa aholiga jami 35,6 trln so‘m miqdorida shu turdagi kreditlar berilgan. Shuningdek, ipoteka kreditlari qoldig‘i 35,8 trln so‘mga yetgan.

O‘zbekiston kredit olish bo‘yicha MDHda oxirgi o‘rinni egalladi
24 dekabr 2021, 16:52

O‘zbekiston kredit olish bo‘yicha MDHda oxirgi o‘rinni egalladi

O‘zbekiston ipoteka kreditlarini olish bo‘yicha reytingda 111 davlat ichida 104-o‘rinni, MDHda esa oxirgi pog‘onani egalladi.

Uy-joyga muhtoj xotin-qizlarga ipoteka kreditining boshlang‘ich badali to‘lab beriladi
7 dekabr 2021, 10:49

Uy-joyga muhtoj xotin-qizlarga ipoteka kreditining boshlang‘ich badali to‘lab beriladi

Hukumat qarori bilan uy-joyga muhtoj xotin-qizlarni uy bilan ta’minlash tartibi belgilandi. Unga ko‘ra, muhtoj xotin-qizlarga ipoteka kreditining 15 foizi miqdorida boshlang‘ich badali to‘lab beriladi. Shuningdek, ular vaqtincha ijtimoiy uylarga ijaraga qo‘yilishi ham mumkin. Imkoniyati cheklangan shaxslarga esa birinchi qavatdagi uylar ijaraga beriladi.

Ipoteka krediti olishda qarindosh bo‘lmagan fuqarolar kafilligiga ham ruxsat beriladi
2 dekabr 2021, 21:26

Ipoteka krediti olishda qarindosh bo‘lmagan fuqarolar kafilligiga ham ruxsat beriladi

O‘zbekistonda ipoteka krediti va subsidiya olishda uy-joy maydoni va narxi bilan bog‘liq cheklovlar bekor qilinadi. Ehtiyojmand aholiga dastlabki badalning bir qismini qoplash uchun 32 mln so‘m subsidiya to‘lanadi. Shuningdek, ipoteka krediti olishda qarindosh bo‘lmagan fuqarolarning kafilligiga ham ruxsat beriladi.

Iyul oyida ko‘chmas mulkka bo‘lgan talab nima sababdan kamaydi?
19 avgust 2021, 08:41

Iyul oyida ko‘chmas mulkka bo‘lgan talab nima sababdan kamaydi?

Iyulda O‘zbekiston ko‘chmas mulk bozorida talabning pasayishi kuzatildi, deya xabar qildi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi. Bunga epidemiologik vaziyatning yomonlashgani va ipoteka kreditlari hajmining kamayishi sabab qilib ko‘rsatildi.

O‘zbekiston ipoteka bozoridagi vaziyat qanday?
12 avgust 2021, 10:04

O‘zbekiston ipoteka bozoridagi vaziyat qanday?

Markaziy bank 2021 yilning birinchi yarmida ipoteka bozoridagi vaziyat yuzasidan izoh berdi. Unga ko‘ra, oxirgi yilda ipoteka kreditlari bo‘yicha qoldiqlar 25,2 foizga — 30,8 trln so‘mga qadar oshdi, muammoli ipoteka kreditlari qoldiqlari ham 4 barobardan ko‘proqqa o‘sib, 480 mlrd so‘mga yetdi. Har oltinchi kvartira ipoteka asosida sotib olinmoqda. Ikkilamchi bozorda ipoteka kreditlari keskin ko‘paydi.

Hokimliklar ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarning ipoteka kreditlari bo‘yicha kafillik beradi
24 iyul 2021, 12:30

Hokimliklar ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarning ipoteka kreditlari bo‘yicha kafillik beradi

Hukumat qarori bilan, 2022 yil 1 avgustgacha tajriba tariqasida ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga ajratiladigan ipoteka kreditlari bo‘yicha mahalliy hokimliklarning kafilliklari beriladi. Kafillik berilganligi uchun hokimliklar tomonidan to‘lov undirilmaydi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting