«imtiyozlar» tegli maqolalar


Moliya vazirligi raqobat va biznes qarorlariga ta’sir qiluvchi imtiyozlarni bekor qilishni taklif qilmoqda
25 yanvar 2022, 11:42

Moliya vazirligi raqobat va biznes qarorlariga ta’sir qiluvchi imtiyozlarni bekor qilishni taklif qilmoqda

Xalqaro moliya institutlarining kreditlari hisobiga tovarlar olib kirishda nazarda tutilgan soliq imtiyozlari bekor qilinishi mumkin. Moliya vaziri o‘rinbosari Dilshod Sultonovning fikricha, ular O‘zbekistonda biznes qarorlarini qabul qilish va raqobat muhitiga ta’sir qiladi.

2026-yilgacha dori ishlab chiqarish hajmi 3 barobarga oshiriladi
24 yanvar 2022, 16:33

2026-yilgacha dori ishlab chiqarish hajmi 3 barobarga oshiriladi

Farmasevtika tarmog‘ini rivojlantirish bo‘yicha prezident farmoniga ko‘ra, 2026-yilgacha dori vositalarini ishlab chiqarishni 3 barobarga oshirish vazifasi belgilandi. Shuningdek, mahalliy mahsulotlar ichki bozorning 80 foizini egallashi ko‘zda tutilmoqda. Farmasevtika sohasida rejalashtirilgan muhim o‘zgarishlar haqida.

«Bu — o‘limning boshlanishi». Mahalliy ishlab chiqaruvchi — go‘sht importiga QQS va bojning bekor qilinishi haqida
20 yanvar 2022, 15:25

«Bu — o‘limning boshlanishi». Mahalliy ishlab chiqaruvchi — go‘sht importiga QQS va bojning bekor qilinishi haqida

Hukumat bir qator oziq-ovqat mahsulotlari, jumladan, go‘sht importi va sotuvida QQSning nol stavkasini 30 aprelgacha uzaytirishni rejalashtirmoqda. Mahalliy ishlab chiqaruvchilar Jizzax Organic va Promeat chorvachilik va go‘sht yetishtirish sohasida ahvolning qanday kechayotgani, QQSdan ozod qilish qanday oqibatlar va xavf-xatarlarga olib kelishi, go‘sht narxi oshishining oldini olish uchun qanday muqobil yechim taklif qilishlari haqida so‘zladi.

Texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlaganlar OTMlarga suhbat asosida qabul qilinishi mumkin
12 yanvar 2022, 15:31

Texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlaganlar OTMlarga suhbat asosida qabul qilinishi mumkin

2021/2022 o‘quv yilidan texnikumlarni “a'lo” va “yaxshi” baholarga tugatganlar o‘z sohasiga mos bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish imtihonlarisiz OTMlarning 2-bosqichiga to‘lov-kontrakt asosida qabul qilinishi mumkin. Ushbu tartib bitiruvchi texnikumni tamomlagan yildan boshlab ikki yilgacha amal qiladi.

Tashkent Central Park loyihasi uchun individual imtiyozlar 2022 yil oxirigacha uzaytirildi
30 dekabr 2021, 20:32

Tashkent Central Park loyihasi uchun individual imtiyozlar 2022 yil oxirigacha uzaytirildi

Hukumat mehmonxona va ikkita biznes markazni o‘z ichiga olgan Tashkent Central Park (Trilliant) majmuasining investor va pudratchilari uchun individual imtiyozlar muddatini yana bir yilga uzaytirdi. Ular 2022 yil oxirigacha barcha turdagi soliqlar, majburiy to‘lovlar va bojxona bojlaridan ozod qilindi. Avvalroq Antimonopoliya qo‘mitasi bunga qarshi chiqqandi.

O‘tgan 3 yilda 4 001 nafar yoshlar sportdagi yutuqlari uchun imtiyoz asosida OTMlarga o‘qishga kirgan
1 noyabr 2021, 10:41

O‘tgan 3 yilda 4 001 nafar yoshlar sportdagi yutuqlari uchun imtiyoz asosida OTMlarga o‘qishga kirgan

2018−2020 yillarda jami 4 001 nafar yoshlar sportdagi yutuqlari uchun imtiyozdan foydalanib, OTMlarga o‘qishga kirgan. Bosh prokuratura o‘rganishlariga ko‘ra, imtiyozdan foydalanuvchilar sonini sun’iy oshirish maqsadida ayrim sport musobaqalarining soni orttirilgan. Turizm va sport vazirligi bunda asosiy aybdor musobaqa bosh hakamlari ekanligini ta’kidlab, ular sport federatsiyalari tomonidan belgilanishini qayd etdi.

Yuk mashinalari importiga imtiyozlar joriy qilinmoqda
20 avgust 2021, 16:29

Yuk mashinalari importiga imtiyozlar joriy qilinmoqda

2025 yilga qadar O‘zbekistonga ayrim turdagi yuk mashinalarini olib kirganda bojxona boji, utilizatsiya va avtotransport yig‘imlarining nol stavkalari qo‘llaniladi.

676 turdagi texnologik uskunalar importi boj va QQSdan ozod qilindi (ro‘yxat)
7 iyun 2021, 20:53

676 turdagi texnologik uskunalar importi boj va QQSdan ozod qilindi (ro‘yxat)

Hukumat O‘zbekistonga import qilishda bojxona to‘lovlari va QQSdan ozod qilingan 676 turdagi texnologik uskunalar ro‘yxatini tasdiqladi. Ular orasida yadro reaktorlari, qandolatchilik sanoati, kakao kukuni yoki shokolad ishlab chiqarish uchun uskunalar, yo‘lovchi samolyotlari, tibbiy asbob-uskunalarning ayrim turlari va boshqalar bor.

Pandemiya davrida tadbirkorlarga berilgan ayrim imtiyozlar 2021 yil oxirigacha saqlab qolinishi mumkin
18 yanvar 2021, 21:18

Pandemiya davrida tadbirkorlarga berilgan ayrim imtiyozlar 2021 yil oxirigacha saqlab qolinishi mumkin

Prezident farmoni bilan pandemiya davrida tadbirkorlarga berilgan ayrim imtiyozlar 2021 yil oxirigacha saqlab qolish taklif etilmoqda. Unga ko‘ra, 20 mingta tadbirkorning 400 mlrd so‘m solig‘i to‘lovi kechiktiriladi. Loyiha muhokamasi 27 yanvarga qadar davom etadi.

19 ta tovarlarga bojxona boji bo‘yicha imtiyozlar uzaytirildi
31 dekabr 2020, 19:33

19 ta tovarlarga bojxona boji bo‘yicha imtiyozlar uzaytirildi

Go‘sht, baliq, sut, tuxum, yog‘ va boshqa tovarlarni mamlakatga import qilishda bojxona bojining nol stavkalari 2021 yil oxirigacha uzaytirildi.

Ayrim bojxona imtiyozlari bekor bo‘lishi natijasida 3 trln so‘mga yaqin qo‘shimcha mablag‘lar undirildi
23 noyabr 2020, 18:19

Ayrim bojxona imtiyozlari bekor bo‘lishi natijasida 3 trln so‘mga yaqin qo‘shimcha mablag‘lar undirildi

Ayrim bojxona imtiyozlarining bekor bo‘lishi natijasida davlat byudjetiga 3 trln so‘mga yaqin qo‘shimcha mablag‘lar kelib tushdi. Ushbu mablag‘larning qariyb yarmi avtotransport ishlab chiqaruvchilarga tegishli imtiyozlarning bekor bo‘lishi natijasida undirilgan. Shuningdek, so‘nggi ikki-uch yilda bojxona sohasida faoliyat yuritgan 10 dan ortiq uyushgan jinoiy guruhlar fosh etilgani ma’lum qilindi.

AQSH O‘zbekiston uchun savdo imtiyozlarini saqlab qoldi
3 noyabr 2020, 12:52

AQSH O‘zbekiston uchun savdo imtiyozlarini saqlab qoldi

AQSH Savdo vakolatxonasi O‘zbekistondagi ishchilar huquqlarini ta’minlash bo‘yicha tekshiruvlarni yakunladi va mamlakatning AQSHga umumiy imtiyozlar tizimi bo‘yicha bojsiz mahsulot jo‘natish huquqini saqlab qoldi.

Prezident qarori: yoshlar va xotin-qizlarga mikrokreditlar ta’minotsiz ajratiladi
14 oktabr 2020, 13:29 4

Prezident qarori: yoshlar va xotin-qizlarga mikrokreditlar ta’minotsiz ajratiladi

Nodavlat ta’lim tashkilotlari maxsus sertifikatini olgan yoshlar va xotin-qizlarga o‘z biznesini tashkil etish uchun 33 million so‘mgacha mikrokreditlar ta’minotsiz ajratiladi.

Qoraqalpog‘istondagi korxonalar soliq va bojxona imtiyozlariga ega bo‘ladi
2 oktabr 2020, 19:23

Qoraqalpog‘istondagi korxonalar soliq va bojxona imtiyozlariga ega bo‘ladi

Qoraqalpog‘istondagi 16 ta tumanning har birida 2 tadan faoliyat turi o‘ziga xos «o‘sish nuqta"si etib belgilandi. Ushbu faoliyat turlari bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik sub’ektlari uch yil muddatga bir qator soliqlarni to‘lashdan ozod etildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting