O‘zbekistonga ayrim turdagi yuk mashinalarini olib kirish uchun bojxona boji va utilizatsiya yig‘imi 2025 yilgacha bekor qilindi. Bu haqda tegishli prezident qarori қабул qilindi.

Hujjat bilan yuk tashish uchun mo‘ljallangan, ishlab chiqarilganiga 7 yildan oshmagan ayrim transport vositalarini 2025 yil 1 yanvarga qadar O‘zbekistonga import qilishda ularga bojxona bojining, utilizatsiya yig‘imining va avtotransport vositalarini sotib olganlik uchun avtotransport yig‘imlarining nol stavkalari qo‘llaniladi. Bular:

  • «Yevro-5» va undan yuqori ekologik toifa talablariga mos keladigan avtotransport vositalari (TIF TN kodlari 8701 20, 8704 22 (samosvallardan tashqari);
  • tirkamalar va yarim tirkamalar (TIF TN kodlari 8716 31, 8716 39).

Shuningdek, Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida ishlab chiqarilgan, ishlab chiqarilganiga 7 yildan oshmagan quyidagi transport vositalarini 2025 yil 1 yanvarga qadar O‘zbekistonga import qilishda majburiy sertifikatlashdan ozod qilinadi:

  • «Yevro-5» va undan yuqori ekologik toifa talablariga mos keladigan yuk va maxsus avtotransport vositalari;
  • avtomobil transportida yuk tashish uchun foydalaniladigan tirkamalar va yarimtirkamalar.