«Aholini tadbirkorlikka jalb qilish tizimini takomillashtirish va tadbirkorlikni rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda «Huquqiy axborot» telegram kanali xabar berdi.

Hujjatga ko‘ra, 2020 yil 15 noyabrdan yoshlar va xotin-qizlarni kasb-hunar va tadbirkorlik ko‘nikmalariga o‘qitishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning quyidagi tartiblari joriy etiladi:

  • Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi va Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi tomonidan tashkil etilgan o‘quv kurslarini tamomlagan har bir bitiruvchi uchun kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitish bo‘yicha nodavlat ta’lim tashkilotlariga sarflangan xarajatlarning 70 foizi, biroq har bir bitiruvchiga 1 million so‘mdan ortiq bo‘lmagan miqdori davlat tomonidan kompensatsiya qilinadi;
  • mazkur kurslarni muvaffaqiyatli tamomlab, sertifikat olgan shaxslarga o‘z biznesini tashkil etish uchun mikrokredit ajratiladi.

«Mikrokreditbank» ATB tomonidan nodavlat ta’lim tashkilotlari maxsus sertifikatini olgan:

  • tadbirkorlik tashabbusiga ega jismoniy shaxslar, shu jumladan, yoshlar va xotin-qizlarga o‘z biznesini tashkil etish uchun 33 million so‘mgacha mikrokreditlar ta’minotsiz ajratiladi;
  • mikrofirma va kichik korxona ta’sis etgan shaxslarga uchinchi shaxs kafilligi, sug‘urta polislari, kredit hisobiga sotib olinayotgan mol-mulklar garovi, Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasining kafilligi asosida 225 million so‘mgacha mikrokreditlar ajratiladi.

Muhimi, mikrokreditlar 3 yil muddatgacha 6 oylik imtiyozli davr bilan Markaziy bankning asosiy stavkasida ajratilishi ko‘zda tutilgan.

Qarorga ko‘ra, Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi tomonidan yoshlar va xotin-qizlarni kasb-hunar hamda tadbirkorlik ko‘nikmalariga o‘qitish orqali tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish maqsadlariga 100 million AQSH dollari ekvivalentida mablag‘ ajratiladi.

2022 yil 1 yanvardanTadbirkorlikka o‘qitishningyagona tizimi ishga tushiriladi.

2021 yil 1 yanvarga qadar «Mikrokreditbank» ATBning aholini, ayniqsa, yoshlar va xotin-qizlarnitadbirkorlikka keng jalb qilish bo‘yicha yangi biznes modeli ishlab chiqiladi.

Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligiaholini tadbirkorlikfaoliyatini qo‘llab-quvvatlash, ularni o‘qitish, mikrokreditajratish bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtiruvchi vakolatlidavlat organi etib belgilandi.