Tashkent Central Park loyihasi (hozirdaTrilliant nomini olgan) investorlari uchun individual soliq yengilliklari yana bir yilga uzaytirildi, deyiladi Vazirlar Mahkamasining 28 dekabrdagi qarorida (VMQ №783).

2018 yilning dekabrida «Gazeta.uz» hukumat qarori asosida Turkiyada sentabrda ro‘yxatga olingan Taşkent Merkez Park Gayrimenkul Yatirim A. Ş. Kompaniyasi (Çalık Enerji sho‘’basi) tomonidan milliy UzTur Investment and Development kompaniyasi bunyod etilgani, ushbu kompaniya tomonidan besh yulduzli mehmonxona, savdo-ko‘ngilochar markaz, tijoriy banklar uchun ma’muriy binolar va boshqa inshootlarni qurish ko‘zda tutilgani haqida xabar qilgan edi.

Majmua hozirda Yunusobod tumanining Amir Temur shoh ko‘chasi, Shahrisabz va Istiqlol ko‘chalari chegarasidagi (Ucell bosh idorasi qarshisidagi avtoturargoh) 2,5 ga maydonda barpo etilmoqda.

Manba: KTYADR

Loyihada uchta 15 qavatli bino: mehmonxonalar va ikkita ikki qavatli yer osti avtoturargohli biznes markazi hamda yashil sayrgoh hududi qurilishini nazarda tutadi.

Foto: trillianttashkent.uz

To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hajmi 400 mln dollarga baholangan.

Investorlar vapudratchi tashkilotlar 2021 yil so‘ngiga qadar barcha turdagi soliqlar vamajburiy to‘lovlar, yagona ijtimoiy to‘lov vabojxona bojlari (yig‘imlar bundan mustasno), O‘zbekiston norezidentlari amalga oshirgan xizmat vaishlar bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilingan.

Foto: Toshkent hokimligi matbuot xizmati

Hukumat yangi qaror bilan imtiyozlarni 2022 yil 31 dekabrgacha uzaytirdi.

Bundan tashqari, hujjatning 6-bandi «a» kichik bandining 4 va 5-xatboshilari qayta ko‘rib chiqilib, unga ko‘ra, loyihani amalga oshirish doirasida 2022 yil 31 dekabrgacha investorlar va pudratchi quyidagi to‘lovlardan ozod qilinadi:

  • • belgilangan tartibda shakllantiriladigan ro‘yxatlar bo‘yicha olib kelinadigan materiallar (shu jumladan mebel va jihozlar), xomashyo, uskunalar, texnologik hujjatlar, butlovchi buyumlar va ehtiyot qismlar, shuningdek, metall prokati, asboblar-uskunalar uchun bojxona to‘lovlari to‘lashdan;
  • • belgilangan tartibda tasdiqlangan ro‘yxatlar bo‘yicha «vaqtincha olib kirish» bojxona rejimida olib kiriladigan qurilish texnikasi, mashina va mexanizmlar, asbob-uskunalar, vaqtinchalik bino va inshootlar, transport vositalari davriy bojxona to‘lovlari to‘lashdan.

Bundan tashqari, hukumat investorlar, pudratchilar va subpudratchilarga investitsiya loyihasi doirasida import qilinadigan tovarlarni o‘z omborlariga joylashtirishga ruxsat berdi.

2020 yil avgust oyida Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (ITSV) Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasiga yuqoridagi o‘zgartirishlarni taklif qiluvchi prezident qarori loyihasini kiritgan, biroq soliq va bojxona imtiyozlarini 2024 yil 1 yanvargacha uzaytirish rejalashtirilgan edi. Monopoliyaga qarshi qo‘mita «Raqobat to‘g‘risida»gi qonun hamda prezident farmon va qarorlariga asoslanib, mazkur loyihani nomaqbul deb topgan edi.

Eslatib o‘tamiz, vaqtinchalik imtiyozlar prezident hujjatlari bilan uch yildan ortiq bo‘lmagan muddatga beriladi. Individual imtiyozlar istisno tariqasida xususiy sektorda sarmoya kiritishga qiziqish bo‘lmagan sohalarda ijtimoiy yoki iqtisodiy asoslarga ega bo‘lgan yoki O‘zbekistonning xalqaro shartnomalari bilan muvofiq kelgan ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirishda taqdim etiladi.