Tashkent City hududidagi qurilayotgan binolarning birida qurilish jihozlari saqlanayotgan 15 kv.metr maydonda yong‘in sodir bo‘ldi, deya xabar qildi FFV matbuot xizmati.
4 noyabr kuni soat 15:37 da Toshkent FVB dispetcherlik xizmatiga Shayxontoxur tumani Furqat ko‘chasida qurilish ishlari olib borilayotgan Tashkent City`ning 7-lotida 6 qavatli yangi qurilayotgan binoning 3-qavatida ishchi-xizmatchilarning vaqtincha foydalanayotgan omborxonasida yong‘in sodir bo‘lgani to‘g‘risida xabar kelib tushgan.
Foto: FVV
Mazkur holat yuzasidan shahar FVB yong‘in o‘chirish ekipaji soat 15:42da voqea joyiga yetib borib, soat 15:52da to‘liq bartaraf etilgan.
Telegramdan foydalanasizmi? Muhim yangiliklarni o‘tkazib yubormaslik uchun kanalimizga a’zo bo‘ling.
Yong‘in oqibatida 15 kv metr maydonda ustalarning qurilish jihozlari zarar ko‘rgan. Yong‘indan jarohat olgan hamda vafot etgan fuqarolar yo‘q.