27 noyabr kuni soat chamasi 12:00 da Toshkent shahri Yashnaobod tumanida joylashgan «Texnokontinental» MCHJ korxonasidagi ishlab chiqarish jarayonida ishlatiladigan siqilgan gazning sizib chiqishi natijasida yong‘in yuzaga keldi, deya xabar berdi FVV matbuot xizmati.

Natijada voqea joyida ishlayotgan korxona xodimlaridan bir guruhi termik jarohat olgan. Voqea joyiga yong‘in-qutqaruv bo‘linmalari yetib borguniga qadar korxona xodimlarning sa’y-harakatlari bilan yong‘in bartaraf etilgan.

Jarohat olgan xodimlar zudlik bilan Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam markaziga joylashtirilib, ularga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.

Ayni paytda hodisa ro‘y bergan joyda vaziyatni o‘rganish va bartaraf etish uchun Favqulodda vaziyatlar vazirining birinchi o‘rinbosari boshchiligida tuzilgan respublika ishchi guruhi faoliyat olib bormoqda.

Korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat reestri ma’lumotlariga ko‘ra, Techno Sontinental 2018 yil yanvar oyida ro‘yxatdan o‘tgan. kompaniya elektr jihozlarini ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi. Korxonaning asoschilari Artel Electronics (62,5%) Ilk Sabah Insaat Anonim Sirketi (37,5%).