21 iyul kuni Toshkent vaqti bilan 10:08 da O‘zbekiston hududida kuchsiz zilzila qayd etildi. Bu haqda O‘zbekiston FVV saytida xabar qilindi.

FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazining ma’lum qilinishicha, zilzila o‘chog‘i Qirg‘izistonda, Toshkentgacha masofa 225 km janubiy-sharqiy yo‘nalish bo‘yicha.

Zilzila koordinatalari: 40,17 gradus shimoliy kenglik; 71,46 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=3,8. Chuqurlik 10 km.

Zilzila O‘zbekiston hududida:

  • Namangan : 94 km, 2 ball.
  • Andijon : 101 km, 2 ball.
  • Farg‘ona : 36 km, 4 ball.