Toshkentning Olmazor tumanidagi «Jami» bozori yaqinida joylashgan bir nechta qurilish do‘konlarida yong‘in chiqdi, deya xabar berdi Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati.

Ma’lum qilinishicha, Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi yong‘in signalini navbatchi bo‘linma tomonidan soat 15: 35da qabul qilingan. Yong‘in Qorasaroy ko‘chasi, 314-uydagi «Qurilish mollari» do‘konida boshlandi.

Yong‘inni o‘chirish uchun oltita o‘t o‘chirish va qutqaruv guruhlari jalb qilingan. Yong‘in soat 16:01da mahalliylashtirilgan va soat 16:14da to‘liq o‘chirilgan.

Alanga 200 kv. m lik qurilish inshootlari va mulkni vayron qildi va 2000 kv. m ga yaqin atrofda joylashgan do‘konlarning xonalari saqlanib qolindi.

«Mutaxassislar tomonidan yong‘in sabablari va moddiy zarar miqdori o‘rganilmoqda», — deyiladi xabarda.