Qamchiq dovonida kalava ip ortilgan IVECO rusumli yuk mashinasi kabina qismida yong‘in sodir bo‘ldi. Hodisada hech kim jabrlanmadi.
O‘zbekistonda yaqin kunlarda yana zilzila kuzatilishi haqida tarqalgan xabarlar asossiz. Seysmologiya instituti xodimi Qaharbay Abdullabekov bir hududda bo‘lgan zilzila ikkinchisini keltirib chiqarmasligi, faqat uning ortidan ayrim aftershoklar kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi qutqaruvchilari Parkent tumani Qiziltog‘ shaharchasi atrofidagi adirliklarda kuchli yomg‘ir sabab qolib ketgan fuqarolarni xavfsiz joyga olib tushdi.
18 kun davomida Turkiyadagi zilzilalar oqibatlarini bartaraf etishda ko‘maklashgan, 18 nafar tirik insonni qutqargan va 200 ga yaqin jasadni olib chiqqan FVV qutqaruvchilari Toshkentga qaytdi. «Gazeta.uz» aeroportda ular bilan suhbatlashib, ko‘rgan-kechirganlari va qutqaruv ishlari haqida so‘radi (video).
O‘zbekistonlik FVV xodimlari qutqaruv ishlarini olib borayotgan Turkiyaning Hatay viloyatida yangi zilzilalar qayd etildi. Vazirlik matbuot kotibining «Gazeta.uz»ga ma’lum qilishicha, mutaxassislarga zarar yetmagan. Vayrongarchilik joylarida ishlar davom etmoqda.
Bir kun avval yopilgan Qamchiq dovoni bo‘ylab avtotransportlar harakati tiklandi. O‘tgan kun davomida ayrim hududlarda qor massalari erishi kuzatildi. Bundan tashqari, qor ko‘chkilarini majburiy tushirish ishlari amalga oshirildi.
Turkiyaning Hatay va Antakiya hududlarida o‘tayotgan qutqaruv ishlarida o‘zbekistonlik FVV xodimlari yana 2 kishini vayronalar orasidan tirik holda olib chiqdi. Ularga Meksika va Turkiya qutqaruvchilari hamrohlik qildi.
Turkiyaga ketgan O‘zbekiston FVV xodimlari qutqaruv ishlari boshlangandan buyon 13 nafar jarohatlangan va 38 nafar halok bo‘lganlarni vayronalar ostidan olib chiqdi. Jarayon davom etmoqda.
Turkiyaga ketgan o‘zbekistonlik FVV xodimlari tonggacha vayronalar ostidan 21 kishini chiqarib oldi. Ularning 12 nafari vafot etgan. Qolganlari turli tan jarohatlari olgan.
FVV O‘zbekiston va unga chegaradosh hududlarda magnitudasi 5 dan yuqori bo‘lgan zilzilalar darakchilari aniqlanmagani hamda kuchli zilzilalar sodir bo‘lish ehtimoli mavjud emasligini ma’lum qildi.
FVV Andijon tumandagi uchta xonadonda portlash sodir bo‘lganini inkor etib, faqat xonadonlarning birida yong‘in kelib chiqqanini ma’lum qildi. Buning oqibatida uyning 50 kv. metr maydoniga zarar yetgan, jarohatlangan va halok bo‘lganlar yo‘q.
O‘zbekiston bo‘ylab ariq, daryo, ko‘l, hattoki sharsharalar muzlashi kuzatildi. FVV muz qoplamalari qalin bo‘lmagani uchun yorilish ehtimoli yuqori ekanini bildirib, fuqarolarni ko‘l ustidagi muzlarda uchmaslikka chaqirdi.
Sergeli tumanidan o‘tgan «Qipchoq» kanaliga Cobalt tushib ketdi. Mashina FVV qutqaruvchilari tomonidan olib chiqildi.
Rasmiylar aholiga muzlar erib tushishi va daraxt shoxlarining qulashidan ehtiyot bo‘lishni, hushyorlik uchun ko‘chada quloqchin taqib yurmaslikni, aholi turar joylariga kirishda transport vositalarining tezligini kamaytirishni tavsiya qildi.
G‘ijduvon tumanidagi savdo majmuasida yong‘in kelib chiqdi. 8 ta qutqaruv ekipaji 2,5 soat davomida yong‘inni o‘chirdi. Hodisa oqibatida majmuaning 250 kvadrat metr maydoni yondi.
Bir guruh fuqarolar Bo‘stonliq tumanidagi tog‘ga dam olish maqsadida chiqib, ulardan biri soyga tushib ketdi. FVV xodimlari uni qutqarib qoldi va pastga olib tushdi.
Chortoq tumanida boshqaruvni yo‘qotib, kanalga tushib ketgan Nexia-2 FVV qutqaruvchilari tomonidan olib chiqildi. Mashina salonida ikki kishi bo‘lgan.
Buxoro shahrida 7 qavatli uy qulab tushgani haqida xabar tarqalgandi. FVV va Qurilish vazirligi buni rad etib, aslida 7-qavatdagi 3 dona beton plita tushib ketganini ma’lum qildi. Bu holatda hech kim jarohat olmagan.
FFV qutqaruvchilari Toshkent viloyatidagi Xo‘jakent tog‘larida 1700 metr balandlikda ahvoli yomonlashib qolgan sayyohga yordam ko‘rsatdi.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi fuqarolarni Chimyonda qor ko‘chishi xavfidan ogohlantirdi. Ehtiyot choralarini ko‘rish bilan birga «Diqqat! Qor ko‘chkisi xavfi mavjud» belgisi bilan cheklangan joylarga kirmaslikni so‘radi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting